Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 673 International Conference Hozirda chet tillarini bilish nafaqat filologlar uchun, balki barcha soha
vakillari uchun juda ham zarur bo`lib kelmoqda. Qaysi sohada ish yurituvchi
bo`lsangiz ham , albatta , aynan XXI asrda kamida 2-3tacha xorijiy tillarni bilish
zamon talabi bo`lib kelmoqda. Hozirgi O‟zbekistonda ona tili bilan birga
ingliz va rus tillarini bilish mutaxasislik sohasida katta yordam beradi va
sohadagi yutuqlarni o‟rganishni kengaytiradi. Ayniqsa, ba`zi bir holatlarda ya`ni
bir davlat boshqa davlat bilan iqtisodiy shartnoma imzolayotganda yoki turli xil
diplomatik munosabatlar, xalqaro aloqalarni o`rnatish paytida xorijiy tillarni
biladigan soha vakillariga zarurat tug`iladi.
Ma`lumki har qanday jamiyatda iqtisodiyot muhim rol o`ynaydi. Shu sababli
iqtisodiyotga tegishli so`z va terminlar aniq, lo`nda va mantiqan asoslangan
bo`lmog`i lozim.
Fan va texnikaning shiddat bilan rivojlanishi iqtisodiyot sohasiga ham
o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmaydi, buning natijasida yana bir qancha
iqtisodiyot sohasida yangi neologizmlarni yuzaga kelishiga olib keladi .
Umuman baynalmilal iqtisodiy so„zlarni o„zbek tiliga qabul qilishda
ko„p jihatlarni e‟tiborga olmoq lozim. Iqtisodiy termin o„zbek tiliga kirib
kelayotganda uning quyidagi jihatlariga e‟tibor berish kerak bo„ladi:
terminning o„zbek tilini tovush tizimiga mosligiga; uning o„zbekcha muqobili
bor -yo„qligiga; kalka yoki tarjima qilish zaruriyatiga; iqtisodiy terminning
mazmuniga; uning sodda va ravonligiga; mohiyatiga va o„ng„ayligiga.
Boshqa tillardan o„zbek tiliga kirib kelayotgan iqtisodiy terminlar dastlab
mutaxassislar va atamaqo„m muhokamasidan o„tmog„i, so„ngra Oliy
Majlisning tegishli qo„mitasidan tasdiqlanmog„i lozim. Ana shundagina
bunday iqtisodiy terminlar qonuniy kuchga kiradi va ularni bemalol qo„llash
mumkin.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin bosqichma- bosqich bozor
iqtisodiyotiga o`tib bormoqda. Jamiyatda bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari joriy
qilinmoqda. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi neologizmlar yanada
ko`paymoqda. Bularning muayyan qismi ona tilimiz imkoniyatlari asosida
o„zbekchalashtirib berilmoqda, ma‟lum qismi esa baynalmilal o„zlashma sifatida
ishlatilmoqda.
Iqtisodiyot terminlarining o„zbek tilida qo„llanilishida quyidagi holatlarni
kuzatish mumkin:
1. Ko„plab terminlar tilimiz imkoniyatlari asosida o„zbekchalashtirilgan.
Bunda bir guruh terminlar o„zbek tilidagi tayyor muqobillari bilan
berilmoqda, ma‟lum qismi esa tarjima qilinib ishlatilmoqda, bir qismi esa