Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 675 International Conference BOJ- (arab.-o'lpon, soliq) - bojxona nazorati ostida davlat tomonidan
mamlakat chegarasidan olib o'tiladigan tovarlar, mol-mulk va qimmatbaho
qog'ozlardan undiriladigan pul yig'imlari.
BROKER - (ingl.broker)- mahsulot, qimmatbaho qog'ozlar, valyuta
sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi rasmiy dallol. O'zi yoki mijozlar nomidan
kelishuvlar, shartnomalar tuzish huquqiga ega shaxs.
VALYUTA - ( ital. valuta. lat. valere- qadrlanmoq, qiymat )- mamlakatning
pul birligi va uning tipi (oltin, kumush, qog'oz, pul)ga tenglashtirilgan to'lov
vositalari.
VEKSEL - (nem.Wechsel, aynan-ayirboshlash)- qarz majburiyatlari xususida
yozma holda berilgan maxsus ko'rinishdagi qimmatbaho qog'oz. qarz bergan
tomon vekselda ko'rsatilgan muddat tugashi bilan qarzni talab qilish huquqiga ega.
IMPORT - (lat.importo-kiritaman) - 1) mamlakat ichiga foydalanish yoki
sotish uchun chetdan olib kelingan xorijiy mahsulotlar; 2) kapital I.- xorijdan
mamlakatga kelayotgan kapital (kredit, zayom va boshqa); 3) chetdan olib kelingan
mahsulotlarning umumiy soni va qiymati.
INVESTISIYA - (nem.investitlion, lat. investere- kiyintirmoq)- investor
tomonidan biror bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag'larni,
sarmoyalarni joriy qilish, foyda olish maqsadida sarf qilish. I. mamlakat ichida
(ichki investisiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investisiya) amalga oshirilishi
mumkin. Moliya I.si- qimmatbaho qog'ozlarni xarid qilish, pul mablag'larini
jamg'arish va boshqalarni, real moddiy ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni
o'z ichiga oladi.
IPOTEKA - (yunon.hypotheke-garov)- qarz, kredit olish uchun biror-bir
muayyan ko'chmas mulkni (yer, imorat va hokazo) garovga qo'yish.
LISENZIYA
-
(lat.licentia-erkinlik,
huquq)-
ruxsatnoma;
1)
chet
mamlakatlardan mol keltirish yoki chet elga mol chiqarish uchun davlat organlari
tomonidan beriladigan ruxsatnoma; 2) biror narsadan yengil shartlar bilan yoki
bepul foydalanish huquqi; 3) chegaradan mol chiqarish yoki mol kiritishda boj
to'lovlarini kamaytirish. Patentlangan L.- ro'yxatga olinib, guvohnoma berilgan
kashfiyotdan foydalanish huquqini boshqalarga berish.
PATENT
-
(lat.
patens-guvohnoma,
yorliq)-
1)
xususiy
tarzda
tadbirkorlikning biror bir turi bilan shug'ullanishga ruxsat beruvchi guvohnoma,
tegishli hujjatlar asosida moliya organlari tomonidan beriladi; 2) ilmiy kashfiyot va
ixtiroga
mualliflikni
tasdiqlovchi
guvohnoma.
P.
davlat
tomonidan
patentlashtiriladi.