Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 674 International Conference o„zbek tili qonun-qoidalari asosida yasalmoqda. Masalan: auktsion-kimoshdi,
makler-dallol, kommersant-tijoratchi, komissionnie voznagrajdeniya-vositachilik
haqi, ekonomika-iqtisodiyot, chek na pred‟yavitelya-oq chek, shaxssiz chek,
aktsioner-aktsiyador, biznesmen-bizneschi va hokazolar.
2. Yana bir usul dunyoning ko„pchilik mamlakatlarida ishlatilib
kelinayotgan baynalmilal terminlarning o„zbek tiliga ham o„z holicha
o„zlashtirilishidir. Bu o„rinda shuni ta‟kidlamoq zarurki, yangidan kirib
kelayotgan terminlarning hammasiga ham o„zbekcha muqobilini topish qiyin.
Shuning uchun ularning asosiy qismi dunyoning ko„pchilik mamlakatlari
tillarida bir shaklda o„z asl holicha ishlatiladi va bu qo„llanish dunyo
bizneschilari axborot almashinuvi uchun qulay. Masalan: korrupsiya, kredit ,
eksport , grant ,auditor, avizo, valyuta, lizing, menedjer, litsenziya , biznesmen,
norezident.
Quyida iqtisodiyot sohasida keng ishlatiladigan bir nechta terminlarni
keltiramiz. Ularning ba‟zilari o‟zbekcha so‟zlar bo‟lsa, ba‟zilari esa boshqa
tillardan bevosita kirib kelib tilimizda qo‟llanilmoqda.
AUKSION - (lat.auction) - "kimoshdi" savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo
xizmati mahsulotni eng yuqori narxga ko'targan xaridor sotib oladi.
BANK - yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtiga qarab pul mablag'larini bir
davolash yig'uvchi va uzluksiz aylanib turushini ta'minlovchi, korxonalarga va
umuman pulga tekshirishga kredit, suda qilingan, tomonlar ishlash to'lovi va
boshqa hisob-kitob ishlarida vositachilik qilib turuvchi, oltin vachet el valyutasi
bilan bog'liq operatsiyalarni bajaruvchi kredit-moliya muassasi. B. pul
qo'yuvchilarga ma'lumot foizini to'lash, qarz olganlardan davomiy foiz stavkasini
undiradi va ana shu foizlar bo'yicha farq qiladigan bank foydasi mavjud.
BIZNES- (inglizcha business-ish, faoliyat, mashg'ulot ) boylik, foyda
orttirishga yo'naltirilgan ish, faoliyat. Biznes xo'jalik yuritish ko'lamiga qarab yirik,
o'rta va mayda turlarga bo'linadi. Xodimlarning o'rtacha soni va mahsulot hajmiga
qarab ajratiladi.
BIZNESMEN - (inglizcha business-ish, man-odam)- biznes bilan
shug'ullanuvchi shaxs, korchalon.
BIRJA - (goll.beurs, nem. Borse-hamyon)- 1) mahsulot, valyuta va
qimmatbaho qog'ozlarni ayirboshlashda, hisob va ma'lumot xizmatlarini amalga
oshirishda faol qatnashuvchi tashkilot. Xizmat ko'rsatgani uchun vositachilik
yig'imini oladi; 2) birja savdo-sotig'i bo'ladigan joy.