Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 372
w www.oriens.uz June 2021 munosabatlar, xalqaro aloqalarni o`rnatish paytida xorijiy tillarni biladigan soha
vakillariga zarurat tug`iladi.
Ma`lumki har qanday jamiyatda iqtisodiyot muhim rol o`ynaydi. Shu sababli
iqtisodiyotga tegishli so`z va terminlar aniq, lo`nda va mantiqan asoslangan
bo`lmog`i lozim.
Fan va texnikaning shiddat bilan rivojlanishi iqtisodiyot sohasiga ham o`z
ta`sirini o`tkazmasdan qolmaydi, buning natijasida yana bir qancha iqtisodiyot
sohasida yangi neologizmlarni yuzaga kelishiga olib keladi .
Umuman baynalmilal iqtisodiy so‘zlarni o‘zbek tiliga qabul qilishda ko‘p
jihatlarni e’tiborga olmoq lozim. Iqtisodiy termin o‘zbek tiliga kirib kelayotganda
uning quyidagi jihatlariga e’tibor berish kerak bo‘ladi: terminning o‘zbek tilini
tovush tizimiga mosligiga; uning o‘zbekcha muqobili bor -yo‘qligiga; kalka yoki
tarjima qilish zaruriyatiga; iqtisodiy terminning mazmuniga; uning sodda va
ravonligiga; mohiyatiga va o‘ng‘ayligiga.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI Boshqa tillardan o‘zbek tiliga kirib kelayotgan iqtisodiy terminlar dastlab
mutaxassislar va atamaqo‘m muhokamasidan o‘tmog‘i, so‘ngra Oliy Majlisning
tegishli qo‘mitasidan tasdiqlanmog‘i lozim. Ana shundagina bunday iqtisodiy
terminlar qonuniy kuchga kiradi va ularni bemalol qo‘llash mumkin.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin bosqichma- bosqich bozor
iqtisodiyotiga o`tib bormoqda. Jamiyatda bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari joriy
qilinmoqda. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi neologizmlar yanada ko`paymoqda.
Bularning muayyan qismi ona tilimiz imkoniyatlari asosida o‘zbekchalashtirib
berilmoqda, ma’lum qismi esa baynalmilal o‘zlashma sifatida ishlatilmoqda.
Iqtisodiyot terminlarining o‘zbek tilida qo‘llanilishida quyidagi holatlarni
kuzatish mumkin:
1. Ko‘plab terminlar tilimiz imkoniyatlari asosida o‘zbekchalashtirilgan. Bunda
bir guruh terminlar o‘zbek tilidagi tayyor muqobillari bilan berilmoqda,
ma’lum qismi esa tarjima qilinib ishlatilmoqda, bir qismi esa o‘zbek tili qonun-
qoidalari asosida yasalmoqda. Masalan: auktsion-kimoshdi, makler-dallol,
kommersant-tijoratchi, komissionnie voznagrajdeniya-vositachilik haqi, ekonomika-
iqtisodiyot, chek na pred’yavitelya-oq chek, shaxssiz chek, aktsioner-aktsiyador,
biznesmen-bizneschi va hokazolar.
2. Yana bir usul dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida ishlatilib
kelinayotgan baynalmilal terminlarning o‘zbek tiliga ham o‘z holicha
o‘zlashtirilishidir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlamoq zarurki, yangidan kirib
kelayotgan terminlarning hammasiga ham o‘zbekcha muqobilini topish qiyin.
Shuning uchun ularning asosiy qismi dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari tillarida
bir shaklda o‘z asl holicha ishlatiladi va bu qo‘llanish dunyo bizneschilari axborot