Mustaqil ishning maqsadi. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish zarurati haqida to’liq tushunchaga erishish hamda Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish zarurati uslublarini o’rganish.
Mustaqil ishning vazifalari. Referat ishining vazifalari Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish zaruratini o’rganish ilmiy-amaliy jihattan tavsiflash hamda Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish zarurati usullarini tahlil etish.
Mustaqil ishning obyekti.Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish zarurati usullari.
Mustaqil ishining hajmi: Mustaqil ish tuzulishining hajmi 24 betdan iborat bo’lib kirish, bitta bob, xulosa va takliflardan iborat.
Xulosa qismida mulohazalar hamda fikrlarni umulashtirgan holda takliflar berilgan.
1.1 О‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadi Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’’ ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitni vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Uzoq yillar mobaynida Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan davlatlar qatori bizning Respublikamiz iqtisodiyotida ham umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat ahzolari o’rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning mahlum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, O’zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabrg’, 425-XII-son)2 quyidagicha tahrif beriladi: