Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish


О‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadi va mulkni tasarruf etish shakllari



Yüklə 180,99 Kb.
səhifə5/7
tarix19.04.2023
ölçüsü180,99 Kb.
#100598
1   2   3   4   5   6   7
О‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish

1.2 О‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadi va mulkni tasarruf etish shakllari

Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti davrida real hayotda bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli yo’nalishlari mavjud bo’ladi, unda rejalashtirish, prognozlash, aholini sostial himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSh iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotdan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko’rinadi.


Birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo’lida bo’lib, u iqtisodiyotda faol rol o’ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o’sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi etarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman etkazib bermaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini o’zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo’ladi.
Ikkinchidan, sof kapitalizmdan farq qilib amerika iqtisodiyotiga yirik korporastiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud.
Bu erda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud bo’lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo’lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sostializmi deb atalgan sobiq sostialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo’lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvestiya iqtisodiyotida ham 90%dan ortiq xo’jalik faoliyati xususiy firmalarda to’plangan bo’lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo’llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy o’sishga erishmoqda.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin.
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog`liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi.
Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqariladi. Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo’ysinuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari (egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi.
Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog`liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g`oyat muhim rol o’ynaydi. Bu rol shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo’ladi.
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g`in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi.
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi. Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo’ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’ekti bo’lib chiqadi.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin4.

Yüklə 180,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin