Qishloq xo'jalik korxonalari va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar o'rtasidagi aloqalarning huquqiy va iqtisodiy sharoitlari
Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika ta’minoti va xizmatlar
Infratuzilmaning mohiyati, tarkibi va turkumlashtirilishi
Infratuzilma, bu iqtisodiy va ijtimoiy ishlab chiqarish uchun normal shartsharoitlarni ta’minlovchi tarmoq va sanoat majmuidir. Infratuzilmaga kiradigan tarmoqlar ishlab chiqarish jarayoniga bir xilda ta’sir ko'rsatmaydi va jamiyat ishlab 10 chiqarishida o'ziga xos o'rin egallaydi. Shu tufayli infratuzilma tarmoqlarini asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha turkumlashtirish muhim amaliy ahamiyatga ega.
Infratuzilmaning turkumlashtirilishi alohida elementlar bilan birga butun tarmoqlarning jamiyat ishlab chiqarish tizimidagi o'rinlarini belgilashga yordam beradi. U tarmoqlararo aloqalarni o'rganishga va asosiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko'rsatish tarmoqlari o'rtasida optimal muvozanatni belgilashda ko'maklashadi.
Infratuzilma elementlarining xarakterini ko'p tomonlama hisobga olgan holda uni konkret xususiyati bo'yicha turkumlashtirish mumkin emas. ASM infratuzilma elementlarini quyidagi to'rt xususiyati orqali turkumlashtirish mumkin:
ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri darajasi bo'yicha;
hududiy;
tarmoq;
funksional yo'naltirilganligi bo'yicha
ASM infratuzilmasini ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri darajasi bo'yicha quyidagi ikki guruhga bo'lish mumkin:
Hududiy xususiyati va ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish bo'yicha tarmoqlar quyidagilarga bo'linadi:
infratuzilmaning iqtisodiyot tarmoqlari;
mintaqaviy tarmoqlar.
Iqtisodiy infratuzilma butun iqtisodiyotning samarali ishlashiga xizmat qiladigan tarmoq va xizmatlardan iborat.
Mintaqaviy infratuzilma alohida iqtisodiy hududlarning rivojlanishi va hududiy ishlab chiqarish majmualarining shakllanishi bilan bog`liq.
Lokal yoki ishlab chiqarish infratuzilmasi alohida korxonalarning faoliyatini ta’minlaydigan element va ishlab chiqarishdan iborat.
Tarmoq xususiyatlari bo'yicha infratuzilma tarmoqlararo infratuzilma va tarmoq ichki infratuzilmasiga bo'linadi.
Qishloq xo'jalik korxonalari va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar o'rtasidagi aloqalarning huquqiy va iqtisodiy sharoitlari
Iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida xo'jalik yuritishning yangi uslublari asosida tahlil o'tkazishning nazariy negizi korxonalar, xo'jaliklar, uyushmalar ish tajribasini chuqurroq taraqqiy ettirishni talab etadi.
Chunki korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qonuniga muvofiq xususiy xo'jaliklar tashkil qilish va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng yo'l ochib berish tadbirlari belgilandi. Bu borada muhosiblik hisobi va tahlil vazifalari jiddiy ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo'jalik faoliyatiga to'g`ri baho berish va tarmoqni takomillashtirishga oid tadbirlarni ishlab chiqishda, mablag`lardan samarali foydalanishni yo'lga qo'yishda tahlil ishlarining ahamiyati katta.