Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə49/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish. Hozirgi kunda sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish – odil sudlov kafolati hisoblanadi.
Darhaqiqat, sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar e’tiborga loyiq. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 2 avgustdagi “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni49, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 dekabrdagi “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 346-sonli Qarori50 qabul qilinishi sud ishlarini yuritish tezkorligini oshirish uchun sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etishda muhim qadam bo‘ldi. SHuningdek, 2013 yildan boshlab xo‘jalik sudlariga hamda 2015 yildan e’tiboran fuqarolik sudlariga murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlarni axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etish imkoniyati yaratildi.
Biroq, sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlarni etarli deb bo‘lmaydi. SHu boisdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4850-sonli51, 2017 yil
7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-sonlifarmonlarining qabul qilinishi52 sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kengroq joriy etishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi.
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham 2017 yil 3-chorakda sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilab berildi:
1. Sudyalar o‘rtasida ishlarni avtomatik ravishda taqsimlash tartibini joriy qilish. Bu o‘z navbatida, ishlarning sudyalar o‘rtasida teng va xolisona taqsimlanishi, ayni paytda ushbu ishga muayyan vaqtini sarflovchi sud raisining vaqtini tejash imkonini beradi. Ushbu tizim ayni vaqtda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo sudida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri esa ushbu tizimni respublikamiz miqyosida yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin