Respublika bo‘yicha mehnat bozori va aholi bandligito‘g‘risida ma’lumot (2016 yil)
№
Xududlar
nomi
Bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlar
shundan ishga joylash-tirilgan
foiz
Xaq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashgan
Kasbga tayyorlashga yuborilgan
Kvota o‘rinlariga ishga joylash-tirilgan
O‘zbekiston
133693
124558
93,2
4918
3462
36825
1.
Qoraqalpog‘iston
10142
9840
97,0
642
182
1286
viloyatlar:
2.
Andijon
12482
11921
95,5
309
244
1898
3.
Buxoro
9848
9412
95,6
95
89
2994
4.
Jizzax
5624
5044
89,7
200
111
506
5.
Qashqadaryo
9107
8205
90,1
283
141
1170
6.
Navoiy
5519
4738
85,8
102
77
1937
7.
Namangan
13304
12499
93,9
1244
250
2493
8.
Samarqand
17580
17044
97,0
521
306
3614
9.
Surxondaryo
5507
4948
89,8
133
144
1501
10
Sirdaryo
3023
2562
84,8
75
67
792
11
Toshkent
9832
9225
93,8
260
205
4895
12
Farg‘ona
19777
18931
95,7
551
565
6011
13
Xorazm
7771
7090
91,2
499
245
1175
14
Toshkent sh.
4177
3099
4,2
4
836
6553
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi ma’lumotlari // www.mehnat.uz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 117-sonli qaroriga ilovada ishsiz darajasini baholash mezoni keltirilgan. Unga ko‘ra, respublikada ishsizlik darajasi (5,2foyzi) mo‘‘tadil hisoblanadi. Ammo respublikada ishsizlik darajasi birmuncha yuqori bo‘lgan, tog‘li, chegara oldi hududlarida joylashgan, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha etarli darajada rivojlanmagan34 ta tuman mavjud. Mazkur tumanlarda ish o‘rni tashkil etishga aholi bandligini ta’minlash dasturlarini alohida e’tibor qaratilgan va 2017 yilda aynan shu tumanlarda 46,8 mingta ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan (4.1.2-rasm).
YAngi ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalarning ham o‘rni katta. Xususan, mamlakatimizda“Navoiy” “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi4931-sonli farmoni bilan «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi96. Bu iqtisodiy zonalarda meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga zamin yaratadi.
Aytish joizki, 2017 yilda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining 508,8 ming nafar bitiruvchisini ishga joylashtirish mo‘ljallangan.
YAqin kelajakda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
bitiruvchilarni biriktirish ishlarini puxta tashkil etish;
bitiruvchilar bandligini ta’minlashda yangi samarali shakllar va uslublarni davom ettirish;
bitiruvchilar bandligini ta’minlashda belgilangan imtiyozlardan kengroq foydalanish;
bitiruvchilarga o‘z binesini tashkil etishlari uchun mikrokreditlar ajratish amaliyotini davom ettirish.
Mehnat va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan tuman va shaharlar ro‘yxati aniqlanadi, unga muvofiq aholi bandligi dasturlarining manzilli ro‘yxatlari, kichik sanoat zonalari, xizmatlar sohasini rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik va issiqxona xo‘jaliklarini barpo etish, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun «start-ap» loyihalarini amalga oshirishga mikrokreditlar va lizing asosida ishlab chiqarish vositalarini ajratish ishlari amalga oshiriladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
SHuningdek, Harakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
Hududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish quyidagi sohalarda nazarda tutilgan:
fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish
qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht etishtirish
parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish
ixcham issiqxonalar tashkil etish
urug‘ va ko‘chatlar etishtirish
Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ko‘payadi.