Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə40/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish. Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga konstitutsiyaviy maqom berilgan. O‘zbekistonda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki, jumladan, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jamoatchilik nazoratining shakllanishi va rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Bir tomondan, jamoatchilik nazoratining rivojlanishi fuqarolik jamiyatining rivojlanishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sari jamoatchilik nazorati uchun kengroq imkoniyat va istiqbollar paydo bo‘ladi. Rivojlangan va keng quloch yoygan jamoatchilik nazoratini fuqarolik jamiyatisiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini ham jamoatchilik nazoratisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamoatchilik nazoratining mavjudligi va qanchalik keng tarmoq yoygani, aytish mumkinki, fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasidan guvohlik beruvchi eng muhim mezonlardan biridir.
Fuqarolik jamiyati jamoatchilik nazorati rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishining sababi shundaki, tom ma’nodagi samarali, mustaqil va xolis nazoratni iqtisodiy va siyosiy jihatdan erkin fuqarolar va ularning birlashmalarigina amalga oshirishi mumkin.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, modernizatsiya sharoitida jamoatchilik nazorati mazmunida muhim o‘zgarishlar o‘z ifodasini topadi. Bu esa, faoliyat sub’ekti bo‘lgan har bir shaxs o‘z zimmasiga muayyan majburiyatlarni olish bilan birga, boshqalardan, davlat hokimiyati organlaridan ularning zimmasidagi majburiyatlarni, vazifalarni bajarishlarini talab qilish huquqini beradi.
Mamlakatning barqaror rivojlanishida jamiyat va shaxsning munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy mexanizmlardan biri bo‘lgan davlat nazorati muhim rol o‘ynaydi. Ayni paytda jamiyat, undagi fuqarolik institutlari va barcha fuqarolar jamoatchilik nazorati orqali davlat va boshqaruv sub’ektlarining faoliyatini mavjud ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar, huquqiy andozalar yordamida nazorat qiladi.
Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining zarurligini buyuk faylasuflar asoslab berishgan. Masalan, Aristotel o‘zining asarlarida xalqning mansabdor shaxslar va hukmdorlar ustidan nazoratini davlatning siyosiy baqarorligi hamda gullab-yashnashining eng muhim shartlaridan biri deb hisoblagan.
Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida ham hukmdorlarning aholi oldida hisob berib turishlari va ularning qonunlarga so‘zsiz buysunishlari zarurligi alohida ta’kidlanadi.
Jamoatchilik nazoratining maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining mavjud qonunlarga mosligini tekshirishdan iborat. Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, mahalla va boshqa jamoat birlashmalar hisoblanadi.
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning 2016 yil kuzidan boshlangan yangi bosqichi jamoatchilik nazoratini rivojlantirishga yangi talablar qo‘ydi va ayni paytda yangi imkoniyatlar ham ochdi. Jamoatchilik nazorati oldiga yangi talablar qo‘yilishi shu bilan izohlanadiki, belgilangan yangi vazifalar, Harakatlar strategiyasini to‘la amalga oshirish jamoatchilik nazoratini keskin kuchaytirishni taqozo etadi. Ikkinchi tomondan, Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning dolzarbligini yanada oshirib yubormoqda.
Jamoatchilik nazoratining eng muhim shartlaridan hisoblanadigan “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining oshkoraligi to‘g‘risida”gi qonun 2013 yilda qabul qilingan va uni bajarish bo‘yicha 2013-2014 yillarda Samarqand va Buxoro viloyatlarida o‘tkazilgan eksperiment ijobiy natijalar bergan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bunday oshkoralikni butun mamlakat miqyosida ta’minlash uchun asos yaratdi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda. Birinchidan, davlat o‘zining bosh boshqaruv sub’ekti maqomini saqlagan holda, jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni yangi asosga o‘tkazmoqda. Endi davlat o‘zining muayyan funksiyalarini, bir qator vakolatlarini, huquq va resurslarni jamoat tashkilotlariga o‘tkazmoqda. SHu yo‘l bilan davlat jamoat tashkilotlarining o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ikkinchi tomondan, jamiyat jamoat tashkilotlarini rivojlantirish orqali ularning ulkan salohiyatini mamlakatni boshqarish yo‘nalishida faollashtirmoqda. Endi davlat fuqarolar bilan munosabatlarni yangicha asosga o‘tkazish uchun yangi tipdagi munosabatlar, ya’ni shartnoma va boshqa munosabatlarni siyosiy, ma’muriy-buyruqbozlik munosabatlari o‘rniga tadbiq etmoqda.
Harakat strategiyasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari jamoatchilik nazorati yordamida davlat organlariga xalaqit bermagan holda davlat boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirishga, korrupsiyaga qarshi salohiyatini oshirishga, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga katta yordam ko‘rsatadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro munosabatlari bir tomondan fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazorat shaklida bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ijtimoiy sheriklik shaklida ham bo‘ladi. Bu ikki shaklni tanganing ikki tomoniga o‘xshatish mumkin.
Ijtimoiy sheriklik davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi munosabatlarning yangi shakli bo‘lib, u rivojlangan mamlakatlarda XX asrning birinchi yarmida vujudga keldi. Insoniyat tarixida qilingan eng ulkan ijtimoiy ixtirolardan biri ijtimoiy sheriklikdir. Bu ixtiro kashf etilguniga qadar insoniyat tarixida isyon va qo‘zg‘olonlar, ijtimoiy taranglik va qonli oqibatlar bilan tugagan larzalar tez-tez yuz berib turdi. Ijtimoiy sheriklik nazariyasining vujudga kelishi va ijtimoiy amaliyotga tadbiq etilishi larzalarning keskin kamayishini ta’minladi. Insoniyat tarixida ana shunday buyuk rol o‘ynagan nazariya mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyin O‘zbekistonda ham jamiyat hayotiga keng tadbiq etila boshladi. U hayotga nafaqat tadbiq etildi, balki uning nazariy asoslari boyitildi va amaliy jihatlari rivojlantirildi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurati to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, jumladan, shunday deyiladi: “Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi”
Ijtimoiy sheriklikning nazariy masalalari Prezident Islom Karimovning qator asarlari, nutq va maqolalari, xususan, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida chuqurlashtirilgan bo‘lsa, bu boradagi amaliyotning rivojlantirilishi uni mamlakatimizda Prezident rahbarligida amalga oshirish jarayonida yuz berdi. YUqorida keltirilgan iqtibosda ijtimoiy sheriklikning mohiyati, maqsadlari, vazifalari ochib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunida ijtimoiy sheriklikning sub’ektlari va maqsadlari quyidagicha ta’riflangan: “Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan, tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir.”
Ijtimoiy sheriklik mafkurasi sinfiy ziddiyatlarni yumshatish, manfaatlarning uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan mafkura edi. Bu mafkuraning kelib chiqishiga asosiy sabab mehnat sohasidagi munosabatlar bo‘lib, bu mafkura birinchi navbatda mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida yaratildi. Ijtimoiy sheriklik yo‘lini tanlagan mamlakatlarda sinfiy ziddiyatlar tufayli kelib chiqadigan ijtimoiy larzalar soni keskin kamaydi, jamiyat taraqqiyoti uchun kengroq imkoniyatlar yaratildi.
O‘zbekiston mustaqillika erishgan dastlabki yillardan boshlab taraqqiyotning inqilobiy emas, tadrijiy tamoyilini tanladi. Bu yo‘l hayotga ijtimoiy sheriklikni tadbiq qilishni taqozo etar edi. SHuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab qabul qilingan me’yoriy-huquqiy va siyosiy hujjatlarda ijtimoiy sheriklikning asosiy tamoyillari aks etdi.
Mustaqil mamlakatimiz fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilib qo‘ygan ekan, bu holat ham ijtimoiy sheriklikni hayotga keng tadbiq qilishni taqozo etadi. CHunki, ijtimoiy sherikliksiz fuqarolik jamiyatini qurish xomxayol bo‘lib qoladi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish mamlakatdagi davlat hokimiyati organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi, turli millatlar va konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi sheriklikka tayanib amalga oshiriladi. Ijtimoiy sheriklikka turlicha yondashuvlarni amalga oshirayotgan tadqiqotchilarning deyarli barchasi uning asosiy maqsadi turli ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, sinflarning manfaatlarini muvofiqlashtirish va muhofaza qilish ekanini, shuningdek, dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy vazifalarni hal etishga ko‘maklashish, demokratiyani chuqurlashtirishga, huquqiy davlat, ochiq demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirishga ko‘maklashish ekanini e’tirof etishadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunida davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy sheriklik sub’ektlari sifatida belgilab qo‘yilgan.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin