Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə41/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish demokratik davlat barpo etishning muhim shartidir. “Demokratiya” so‘zi “xalq hokimiyati” degan ma’noni anglatadi. Aynan fuqarolik jamiyati insonga u hokimiyat egasi, hokimiyatning birdan-bir manbai ekanini his qilish imkonini beradi. Demak, demokratiyaning rivoji fuqarolik jamiyatining ham taraqqiy etishini taqozo etadi.
Fuqarolik jamiyati erkin fuqarolarning o‘z salohiyatini namoyon qilish sohasi bo‘lib, ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilot va birlashmalardan tashkil topadi hamda davlatning aralashuvidan xoli bo‘ladi. Ijtimoiy harakatlar, OAV, partiyalar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijodiy uyushmalar – fuqarolik jamiyati institutlari hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatining asosiy maqsadi – insonning turli manfaat va ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, uning salohiyatini yuzaga chiqarishdan iborat. Zero, fuqarolik jamiyati institutlari jamiyatdagi ayrim muammolarni mustaqil ravishda, qonuniy yo‘l bilan, davlatning aralashuvisiz hal qilishga qodir bo‘ladi. O‘zini o‘zi boshqarish va qat’iy intizom – fuqarolik jamiyatining poydevorini hosil qiladi. Inson, uning manfaatlari, sha’ni va qadr-qimmati fuqarolik jamiyatining oliy qadriyatlari sifatida tan olinadi.
Fuqarolik jamiyatining mohiyatini chuqurroq anglash uchun uning davlat bilan o‘zaro munosabatiga oydinlik kiritish lozim. Davlat tuzilmalarida bir markazdan boshqarish, vertikal bo‘ysunish munosabatlari amal qilsa, fuqarolik jamiyatida o‘zaro tenglikka, ixtiyoriylikka, shaxsiy tashabbusga asoslangan gorizontal munosabatlar ustuvordir. Ayni paytda davlat va fuqarolik jamiyati bir-biriga qarama-qarshi bo‘lmay, bir-birini to‘ldiradi. SHuning uchun ham demokratik davlatlarda fuqarolik jamiyati institutlari qonun doirasida qo‘llab-quvvatlanadi va himoya qilinadi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. CHunki, davlat tomonidan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalasining strategik vazifa sifatida ilgari surilishi jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining 49-bandi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. Uning ijrosi hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy sheriklik loyihalari bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi.
Fuqarolik jamiyati ongli, faol fuqarolar tomonidan barpo etiladi. Faol fuqarolik pozitsiyasiga ega inson jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni kuzatadi, ularning sabab-oqibatlari haqida mushohada yuritadi, mavjud muammolarning echimini izlaydi. Bunday inson fuqarolik mas’uliyati tuyg‘usining kuchliligi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyati institutlariga a’zolik shaxsiy daromadni ko‘paytirishga xizmat qilmaydi. CHunki tashkilotning daromadi uning a’zolari o‘rtasida taqsimlanmasdan, shu tashkilot faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Faol fuqaro o‘z haq-huquqlari uchun kurashadi, o‘z kuchiga ishonadi, mavjud vaziyatni o‘zgartirishga qodirligini anglaydi. Bunday ko‘ngillilar faoliyati umumjamoa manfaatiga xizmat qiladi. Lekin bunday imkoniyatlardan kimdir foydalanishi, yana kimdir foydalanmasligi mumkin. CHunki, fuqarolik jamiyati institutlariga a’zolik har kimning o‘z ixtiyoridadir. SHunday ekan, nima insonni jamoat tashkilotlariga a’zo bo‘lishga undaydi, degan haqli savol tug‘iladi. Bular – mavjud vaziyatni o‘zgartirish istagi, jamiyatdagi muammolarni bartaraf etishga bel bog‘lash, boshqalarga naf keltirish xohishi, vatandoshlarga ko‘maklashish hissidir. Bundan tashqari, o‘z salohiyatini namoyon qilish, boshqalar bilan muloqotga kirishish istagi, ijtimoiy e’tirofga ehtiyoj, professional va hayotiy tajribani qo‘llash xohishi, o‘z g‘oyalarini tadbiq etishga intilish ham bunday ko‘ngilli faoliyatga chorlashi mumkin. Bunda inson o‘z shaxsiy manfaatlari bilan jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtira oladi. Bunday faollik insonning o‘zi uchun ham, davlat uchun ham ulkan ko‘mak bo‘ladi. CHunki, inson yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida payqashda, ularning echimini topishda, ularni hal qilishda davlatga yordam beradi.
Fuqarolik jamiyati institutlari jamoatchilik fikrini ifodalaydi, jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Jamoatchilik nazoratining mavjudligi demokratik davlatning asosiy belgisi sanaladi. Bir tomondan, jamoatchilik nazorati davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, fuqarolarni davlat organlari, mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilish mexanizmi vazifasini o‘taydi.
Jamoatchilik nazorati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish (har bir fuqaro davlat idorasining hujjati bilan bemalol tanishishi mumkin, fuqarolarning murojaatlari darhol ko‘rib chiqilishi va ularga zudlik bilan javob berilishi lozim);
davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuboriladigan petitsiyalar;
davlat va jamiyat ishlarida fuqarolarning bevosita qatnashishi (asosan mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati orqali amalga oshiriladi);
davlat siyosatiga ta’sir o‘tkazuvchi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, ilmiy ekspertizani amalga oshirish, tahliliy hujjatlar tayyorlash, publitsistik asarlar chop etish, ijtimoiy audit);
jurnalistik tekshiruv;
qonun loyihalari va davlat hayotiga oid muhim masalalarni oshkora muhokama qilish;
qonunchilik tashabbusi bilan chiqish (unga ko‘ra fuqarolar qonun loyihasini tegishli sub’ektlarga tavsiya etish huquqiga ega).
Jamoatchilik nazorati jamiyatdagi illatlarni bartaraf etishda muhim o‘rin tutadi, mavjud huquqbuzarliklarning oldini olishda samarali xizmat qiladi. Jamoatchilik nazoratida faoliyatning samaradorligi va natijasi, shuningdek, amalga oshirilgan nazorat amaliyotining ta’sirchanligi muhim o‘rin tutadi. Bu jihatdan jamoatchilik nazorati jamiyatda mavjud muammolar va o‘z echimini kutayotgan ziddiyatlar haqida ob’ektiv ma’lumot olish hamda ularning maqbul echimini topishga xizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, jamoatchilik nazoratining samaradorligini oshirishda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin