Da’vo arizalaridan da’vo bahosi eng kam ish haqining:
20 barobarigacha bo‘lganda
|
da’vo bahosining 5 foizi miqdorida
|
20 dan 40 barobarigacha bo‘lganda
|
da’vo bahosining 10 foizi miqdorida
|
40 dan 80 barobarigacha bo‘lganda
|
da’vo bahosining 15 foizi miqdorida
|
80 barobaridan ko‘p bo‘lganda
|
da’vo bahosining 20 foizi miqdorida
|
YUqoridagi davlat boji stavkalaridan ko‘rinib turibdikki, jismoniy va yuridik shaxslar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilganida to‘laydigan davlat boji miqdori da’vo bahosiga qarab oshib bormoqda. Bu esa, ularning sud orqali himoyalanish huquqiga to‘sqinlik qilmoqda. SHuning uchun ham kelgusida davlat boji miqdorining kamaytirilishi ushbu to‘siqlarning bartaraf etilishiga, fuqarolarning o‘z huquqlarini himoya qilishni so‘rab sudlarga murojaat qilish imkonini oshirishga olib keladi.
SHuningdek, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida 2017 yil 4-chorakda sudlar faoliyatiga oid ma’lumot bilan fuqarolarni ta’minlashni nazarda tutuvchi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
Bu esa fuqarolarga sud tizimi va jarayoniga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqishga, ochiq sud majlislarida fuqarolarning ishtirokining ta’minlanishiga, sud majlislarining «on-layn» tarzda translyasiya qilinishiga, sud hujjatlari oshkoraligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan ishlar, o‘z navbatida, sudlar faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan fuqarolarni ta’minlashga, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining samarali himoya qilinishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |