beshinchidan, qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni engillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo‘llash tartibini belgilash nazarda tutilgan. Bunda qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlarni kengaytirish, jinoyat sodir etilishi natijasida keltirilgan zarar qoplangan taqdirda, shaxsning jinoiy javobgarlikdan ozod etilishini nazarda tutuvchi alohida rag‘batlantiruvchi normalar kiritilishi belgilangan. SHuningdek, jazoni engillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo‘llash tartibi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorini qabul qilish va unda shaxsning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan, etkazilgan zararni qoplagan, chin ko‘ngildan amalda pushaymon bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat qonuni normalarini to‘g‘ri va birxilda qo‘llashga oid tushuntirishlar berishga alohida e’tibor qaratiladi;
oltinchidan, sudlanganlik holatining tugallanishi va olib tashlanishining amaldagi muddatlarini qisqartirish belgilangan. Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi natijasida sudlanganlik holatining tugallanishi va sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlarini yarmiga qisqartirish, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga etmagan shaxslar uchun sudlanganlik muddatini belgilamaslik to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutiladi. Sudlanganlik muddatining qisqartilishi, uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida shaxsning huquqiy holatini engillashtirish, ijobiy xulq-atvorini rag‘batlantirish bilan birga, shaxsga nisbatan davlat tomonidan ishonch bildirilayotganligining amaliy ifodasi hisoblanadi;
ettinchidan, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan “majburiy jamoat ishlari” jazosini kiritish nazarda tutilgan. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslar uchun jamiyatdan ajratmagan holda tarbiyalash, uning jinoiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, yangi jinoyat sodir etilishini oldini olish, kelgusida Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay rioya qilishga olib keladi. SHu bilan birga, mazkur jazo nafaqat jinoiy jazolarni liberallashtirishga, balki jinoiy jazolarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. E’tiborli tomoni shundaki, mazkur jazo shaxsning asosiy ish vaqtidan tashqari vaqtda ijro etilib, kuniga to‘rt soatdan oshmasligi belgilanadi.
YUqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinib, mazkur qonun natijasida sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish, jinoiy jazolarni insonparvarlashtirishga erishiladi.
Odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish.Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining sud tomonidan ishonchli himoyasini ta’minlash vama’muriy sud ish yurituvini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy normani amalda tadbiq etish zarurati ma’muriy sudlar tizimini tashkil etishni taqozo etmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4966-son Farmoniga ko‘ra, ilk marotaba 2017 yil 1 iyundan boshlab ma’muriy sudlar faoliyat olib borishi belgilandi. Ma’muriy sudlar ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega hisoblanadi.
Qayd etish joizki, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolar deganda, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar tushunilsa, ma’muriy huquqbuzarlik deganda, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ko‘rib chiqiladigan, ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Ma’muriy sudlarning tashkil etilishi fuqarolarning sudga shikoyat qilish kabi konstitutsiyaviy kafolatini amalda ta’minlash, tadbirkorlarning sud himoyasiga erishish darajasini oshirish, professional sud korpusini shakllantirish, pirovardida fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishning protsessual tartibini ta’minlash maqsadida qator normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, “Ma’muriy sud ishi yurituvi to‘g‘risida”gi va “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqiladi. Mazkur hujjatlar davlat organlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Harakatlar strategiyasida jinoyat sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirishga oid “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra:
- jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi. Bunday qadam albatta jinoyat protsessiga jalb qilingan shaxslarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga, jinoyat ishlari yurituvi muddatlarini oqilona qisqarishiga va eng muhimi, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro xujjatlar talablarining bajarilishiga xizmat qiladi.
- qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek, dastlabki tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartiriladi. Mazkur muddatlarning qisqarishi, eng avvalo, qamoqqa olish va uy qamog‘i choralari qo‘llanilayotgan shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilib, shu bilan birga, dastlabki tergov organlariga yanada jiddiy mas’uliyat yuklaydi.
- pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkaziladi. Mazkur tergov harakatlarini o‘tkazishga ruxsat berish huquqining sudlarga o‘tkazilishi orqali jinoyat protsessida Xabeas korpus instituti yanada kengaytiriladi, shaxsning daxlsizlik huquqlarining cheklanishi faqatgina sud qarori bilan amalga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risidagi xalqaro va konstitutsiyaviy talablar ta’minlanadi.
- sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilganida muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi beriladi.Mazkurhuquqning sudga berilishi sudning qaror qabul qilishda mustaqilligini va mas’uliyatini yanada oshiradi. Bunda muqobil ehtiyot chorasini sudning o‘zi qo‘llashi uning ishi ko‘rilayotgan insonning taqdiriga befarq emasligini anglatib, ishning holatlari va ayblanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlarga qarab oqilona ehtiyot chorasini qo‘llashga imkon beradi.
- tergovning to‘liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi. Qo‘shimcha tergovning bekor qilinishi jinoyat protsessining asosiy prinsiplari: aybsizlik prezumpsiyasi, tortishuv va taraflar tengligi, haqiqatni aniqlash prinsiplarining real ta’minlanishini kafolatlaydi. Eng muhimi, sud zimmasiga ko‘rib chiqilayotgan ish yuzasidan yakuniy qaror qabul qilish mas’uliyatini yuklaydi. YA’ni, sud yo ayblov, yo oqlov hukmini chiqarishi zarur, uchinchi variant bo‘lishi mumkin emas.
1. Sudgacha fuqarolik va xo‘jalik nizolarini hal etishning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, mexanizmlarini belgilovchi “YArashtiruv jarayonlari (mediatsiya) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi ishlab chiqiladi. Mazkur qonunning ishlab chiqilishi jismoniy va yuridik shaxslarga o‘zaro nizolarni suddan tashqari, muqobil hal etish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda fuqarolar va tashkilotlar nizolarni hal etish maqsadida hakamlik sudlariga ham murojaat etishmoqda. Ko‘plab xorijiy davlatlarda nizolarni muqobil hal etishning boshqa shakllari, xususan, mediatsiya institutlari ishlamoqda va ijobiy natija bermoqda. Masalan, Xitoyda 30 foiz, Slovakiyada 40 foiz nizolar sudga bormasdan hal etilsa, AQSHda nizoli holatlarda nizolashuvchilarning 75-85 foizi mediatsiya institutiga murojaat qiladi va ularning 90-95 foizi ijobiy hal etiladi. Mediatsiya institutining yana bir ijobiy xususiyati shundaki, unda taraflar sudga murojaat qilishdan ko‘ra kamroq xarajat qilib, nizoni hal etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Angliyada nizoni mediatsiya jarayonida hal etish sudga murojaat qilishdan 5 barobar arzonga tushadi. Hindistonda mediatorning qarori sudning qarori bilan bir xil kuchga ega ekani ham e’tiborga molik jihat hisoblanadi.
SHu sababli mamlakatimizda ham kelgusida “YArashtiruv jarayoni (mediatsiya) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi, fuqarolarga nizolarni qisqa muddatlarda hal etilishi bilan birga, ortiqcha xarajatlar sarflanishiga chek qo‘yish va turli ovoragarchiliklarning oldi olish hamda taraflar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishbilarmonlik munosabatlari saqlanib qolishiga xizmat qiladi.
2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilishdan avval e’tirozni majburiy taqdim etish tartibini o‘rnatish.