Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə99/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Уеchish: O’lchov birligi sifatida minimal mehnat sarfiga ega bo’lgan №3 – mahsulot qabul qilinadi.Shunda shartli- natural o’lchovda mahsulot ishlab chiqarish ko’rsatkichlari qayidagicha bo’ladi:
Reja: 100 x 20/5 + 250x 15/5 + 750x 5/5 = 400+650+760 = 1910 dona
Hisobot: 120 x 20/5 + 225x 15/5 + 820x 5/5 = 480+675+820 = 1975 dona

Ishlovchilar soni o’zgarmaganligi uchun mahsulot ishlab chiqarishning oshishi mehnat unumdorligining o’sishiga proportsional:

MU o’sishi = (1975: 1910) x 100 – 100 = 3,4%

Qiymat usulidan foydalanib mehnat unumdorligini aniqroq o’lchash uchun doimiy o’zgaruvchan tarkibiy indekslar va tuzilmaviy o’zgarishlar hisoblanadi. O’zgaruvchan tarkib indeksi hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotni (V1) bazis davridagi ko’rsatkich bilan (Vo) solishtirish orqali aniqlanadi. Mazkur ko’rsatkich mahsulot assortimentigina emas, balki uning material talabligi strukturasidagi o’zgarishlarning ta’siri ostida bo’ladi.


Ushbu ta’sirlarni bartaraf etish uchun doimiy tarkibning indeksi mehnat unumdorligi xususiy indekslarining o’rta hisobdagi arifmetik ko’rsatkichi sifatida hisoblanib chiqarilsa, ushbu xususiy indekslar xodimlarning soni yoki hisobot davridagi ishlangan vaqt bo’yicha hisoblangan bo’ladi.
Xususiy indekslar korxonaning bo’linmalari bo’yicha yoki aniqrog’i taqqoslanadigan mahsulot va ishning ayrim turlari bo’yicha hisoblab chiqariladi.
Strukturaviy indeks o’zgaruvchan tarkib indeksining doimiy tarkib indeksiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Misol: mehnat sarflari turli bo’lgan uchta turdagi ishlar bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish haqida quyidagi ma’lumotlar mavjud:


Ish turi

Ishlar xajmi,
ming so’m

Ishlovchilar soni,kishi

Ishlab chiqarilgan mahsulot, so’m

Mehnat unumdorligi indeksi

reja

haqiqatda

reja

Haqiqatda

reja

Haqiqatda

Gazlamani bichish

110

115

18

19

6111

6053

0,99

Palto tikish

442

456

53

52

8340

8769

1,05

Paltoga ishlov berish

225

280

24

23

9375

12174

1,30

Jami

777

851

95

94

8179

9053

1,107

O’zgaruvchan va doimiy tarkib indeksini hamda strukturaviy siljishlar indeksini aniqlang.


Bu erda 1,107 o’zgaruvchan tarkib indeksi hisoblanadi. Doimiy tarkib indeksini aniqlash uchun uchta xususiy indekslardan iborat o’rtacha arifmetik o’lchov hisoblanadi:
Idoim = (19 · 0,99 + 52 · 1,05 +23 · 1,3/93) / 94=1,099
Strukturaviy siljishlar indeksi 1,007 ni tashkil qiladi (1,107 /1,099).
Bu mehnat unumdorligi strukturaviy siljishlar hisobiga 0,7% oshganligini bildiradi.
1.Mamlakat milliy iqtisodiyotida milliy daromadlar 4,2% o’sgan, moddiy ishlab chiqarishda ish bilan bandlar soni esa 0,6 % ga oshgan. Mazkur yil uchun ijtimoiy mehnat unumdorligi qanchaga oshganligini aniqlang.
2. 30 yilda milliy daromad 6 marta o’sdi, aholi soni 24 % ga oshdi, moddiy ishlab chiqarishda band bo’lgan aholining umumiy aholi sonidagi ulushi 10 %ga qisqardi. Ijtimoiy mehnat unumdorligi necha foiz o’sdi.
3. 5 yil davomida milliy daromad 290 dan 375 mlrd. so’mgacha o’sdi, bu vaqt davomida mehnatga layoqatli aholi soni 153,4 dan 170 mln. kishigacha o’sdi. Moddiy ishlab chiqarishda band bo’lganlar salmog’i 76,9 foizdan 75 foizga tushdi. Berilgan davrda ijtimoiy mehnat unumdorligi qanchaga o’sdi?
4.Agar milliy daromad yaratishda band bo’lgan mehnatga yaroqli aholi soni 9,5 mln.dan 9,3 mln. kishiga kamaygan. Yaratilgan milliy daromad hajmi joriy davrda 9664100 mln. so’mdan 9872100 mln. so’mga ko’paygan bo’lsa(shu davrda baholar 120% o’sgan), shu davr mobaynida ijtimoiy mehnat unumdorligini o’zgarishini aniqlang.
5. Agar milliy daromad 2048,4 dan 2233,1 mlrd so’mgacha oshsa (narx 120 % ga o’sgan bo’lsa), mehnatga layoqatli aholi sonidan, moddiy ishlab chiqarishda bandlar 8,5 mln.kishidan 7,3 mln. kishigacha kamaysa, ijtimoiy mehnat unumdorligi qanchaga o’zgargan?
6.Yalpi Milliy mahsulot taqqoslama baholarda 2048 dan 9664 mlrd so’mgacha o’sdi. Ushbu davrda iqtisodiyotda bandlar 18% ga o’sdi,ulardan moddiy ishlab chiqarishda bandlar esa 72% dan 65% ga tushdi. Moddiy ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi qanday o’zgargan?
7. Jadvaldagi shartli misol asosida jonli va ijtimoiy mehnat unumdorligining o’sish sur’atlarini aniqlang. Xulosa yozing.


Ko’rsatkich

Bazis yili ming so’m

Hisobot yili ming so’m

Ishlab chiqarish xajmi

45600

42248

Jonli mehnat sarfi

10250

10762

O’tmishdagi mehnat sarfi

25100

26602

8.Poyafzal fabrikasidagi mehnat unumdorligi rejasining bajarilishini shartli natural o’lchovda aniqlang.


Poyafzal turi

Ishlab chiqarish hajmi, ming so’m

Mehnat sarfi,ming kishi soat

reja

Haqiqatda

reja

Haqiqatda

Ishchi botinkalar

100

112

200

218

Xrom botinkalar

400

350

840

725

Lakli model tuflilar

300

385

900

1155

«Ishchi botinkalar» birligini qabul qilib, shartli juftlarga o’tkazish koeffitsentini rejadagi mehnat sarfi bo’yicha aniqlang.


9.Tsexdagi 20 ta dastgohni modernizatsiyalash imkoni bor, bu tadbir esa ularning unumdorligini 50 % oshiradi. Ishlab chiqarish uchastkasi 2 smenada ishlaydi. Tsexda jami 250 kishi ishlaydi. Ishlab chiqarish xajmi o’zgarmaganda tsexda mehnat unumdorligini qanchaga oshirish va qancha ishchi kuchini tejash mumkin bo’ladi?
10.Mahsulot tayyorlashning yangi texnologiyasiga o’tganda, tayyorlanadigan mahsulotning mehnat sarfi 3,25 soatdan 2,5 soatga kamayadi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasi –10 ming dona.
Bir ishchining ish vaqti jamg’armasi 1820 soat bo’lsa, mehnat unumdorligi qanchaga oshadi va qancha ish kuchi tejaladi? Normalar o’rtacha hisobda 120% bajarilgan uchastkadagi ishchilar sonini aniqlang.
11. Bir ishchi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish yiliga 7000 so’mdan 7420 so’mga etgan keyingi yilda 12740 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarishlishi belgilangan. Mehnat unumdorligi necha foiz oshadi va qancha ishchi kuchi tejaladi?
12. Kvartal davomida yog’och tayyorlash va tashib chiqarish unumdorligi o’sishini natural o’lchovda hisoblang.
a) reja bo’yicha ishlovchilar soni 1260 kishi haqiqatda – 1120 kishi;
b) yog’ochlarni tayyorlash va tashib chiqarish reja bo’yicha 245,7 ming m3, haqiqatda 260,4 ming m3.
13.Agar koronada 3 xil mahsulot ishlab chiqarilsa mehnat unumdorligi o’sishini shartli-natural usulda hisoblang. Elektr kofeyanchgich me’yoriy mehnat sarfi 12 norma-soat; elektr go’sht qiymalagich me’yoriy mehnat sarfi 18 norma-soat, sharbat siqib chiqargich me’yoriy mehnat sarfi 24 norma-soat. Ishlab chiqarish va mehnat sarflari quyidagi ma’lumotlarda aks etgan.


Mahsulot turlari

Soni, dona

Mehnat sarfi, kishi-smena

Reja

haqiqatda

reja

haqiqatda

Kofe yangich

1200

1150

1700

1530

Go’sht qiymalagich

700

735

1500

1545

Sharbat chiqargich

920

935

2700

2680

14. Keltirilgan ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish xajmi va mehnat unumdorligi (mehnat o’lchovida) rejasini bajarilishini aniqlang.


Mahsulot turi

Soni, dona

1 donaga vaqt normasi kishi-soat

reja

haqiqatda

MG-8 asbob qutisi

1000

1100

0,5

Boshqaruvchi rele

800

500

1,2

Induktsion g’altak

1200

1700

0,3

1400 kishi-soat ishlangan, ishlab chiqarish normalarini 5% oshirib bajarish rejalashtirilgan.


15. Mehnat unumdorligining o’sishi tovar mahsuloti bo’yicha o’lchanganda birlashma bo’yicha rejaga nisbatan 104,2% ni tashkil qilgan. Birlashmaning har bir korxonalarida esa mos ravishda 102; 103,4 va 96%. Birlashma bo’yicha ishlovchilar soni 1176 kishi, shu jumladan 1-korxonada 630; 2-korxonada 356 va 3-korxonada-190 kishi. Mehnat unumdorligining doimiy tarkibi dinamikasi indeksini hisoblang va birlashma ishlab chiqarish dasturi tuzilmasining o’zgarishi mehnat unumdorligiga qanday ta’sir qilganligini aniqlang.
16. Tsexlar bo’yicha mehnat unumdorligi quyidagicha o’zgargan: 1-tsex (150 ishchi)-10% oshgan; 2-tsex (130 ishchi)-5% kamaygan; 3-tsex (90 ishchi)-8% oshgan. Assortimentdagi siljishlar hisobiga tuzilmaviy indeks 1,09 ni tashkil qilgan. Butun korxona bo’yicha mehnat unumdorligi dinamikasini aniqlash kerak. (Hisob-kitob o’zgaruvchan tarkib indeksi asosida tovar mahsulot bo’yicha amalga oshiriladi).
17. Qandolatchilik fabrikasida hisobot yilida mehnat unumdorligi tsexlar bo’yicha va umuman fabrika bo’yicha xajm ko’rsatkichlari va ishlovchilar soniga qarab o’zgargan.


Tsex

Mahsulot xajmi, ming so’m

Ishlovchilar soni, kishi

Reja

haqiqatda

reja

Haqiqatda

№1 –karamel

2750

2810

112

115

№2-vaflili

1675

1710

93

93

№3-shokoladli

3870

3710

69

66

Jami

8295

8230

274

274

Mehnat unumdorligining o’zgaruvchan, doimiy tarkibi va tuzilmaviy siljishlar dinamikasi indekslarini hisoblang va xulosa qiling.
18. Mahsulotning normativ mehnat sarfi 500 norma-soat, haqiqatdagi mehnat sarfi esa 420 soatni tashkil qilgan. Tashkiliy-texnik tadbirlarni joriy qilish rejasi bo’yicha normativ mehnat sarfini 440 soatga (normalar 110% bajarilishini rejalashtirganda) kamaytirish ko’zda tutilgan. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi qancha % oshishini va normalar bajarilishi darajasini o’zgarishini aniqlang.
19. Bir korxonada o’rtacha kunlik tovar ishlab chiqarish 54800 so’m, boshqasida 59730 so’m. O’rnatilgan mehnat tartib qoidalariga ko’ra ish smenasi davomiyligi birinchi korxonada 7 s 40 min., ikkinchisida 8 s. 12 min. Agar ikkila korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni solishtirish mumkin bo’lsa ularning qaysi birida mehnat unumdorligi yuqori.
20. Ishchi bir dona detali tayyorlash uchun 10 minut sarflaydi. Ish vaqtidan unumli foydalanish hisobiga bir dona detal ketadigan vaqt sarfi 8 minutni tashkil etdi. Agar tsexda 8 soatlik ish rejimi tashkil etilgan bo’lsa, ishchining kunlik mehnat unumdorligi darrajasini va mahsulot birligiga ketadigan vaqt sarfini kamayishini aniqlang.
21. Korxonaning hisobot materiallari asosida tovar, shartli sof va sof mahsulotlar bo’yicha mehnat unumdorligining o’zgarishini hisoblang, natijalarni taqqoslang, moddiy xarajatlar va amortizatsion ajratmalar qiling.

Ko’rsatkich

Reja

Haqiqat

1. Tovar mahsulot mln.so’m

43,0

46,2

2.Moddiy xarajatlar, amortizatsiya
ajratmalarsiz mln.so’m.

30,4



34,2

3. Amortizatsiya ajratmalari mln.so’m.

2,5

3,5

Ishlovchilar soni, kishi

2860

2868

22.Agar mahsulot birligiga normativ daromad 29 so’m, ish haqi-21 so’m, reja bo’yicha mahsulot xajmi 100 ming dona, haqiqatda 103,5 ming dona, reja bo’yicha ishlovchilar soni-910, haqiqatda – 900 kishi bo’lsa mehnat unumdorligi rejasini bajarilishni normativ sof mahsulot o’lchov bo’yicha aniqlang.
23.Fabrikada mehnat unumdorligini turli usullarda o’lchanganda uning o’sishini quyidagi ko’rsatkichlari aniqlangan: yalpi mahsulot bo’yicha rejaga nisbatan 106%, tovar mahsulot bo’yicha –105,7% sotilgan mahsulot bo’yicha –105,9%, sof mahsulot bo’yicha-103%. Keltirilgan ko’rsatkichlar nisbatini hisoblang va ularning farqlanishi sabalarini tushuntiring.
24.quyidagi jadval ko’rsatkichlaridan foydalanib birlashmada unumdorligini o’zgarishini aniqlang.


Birlamchi firmalar

Hisobot yilida joriy yilga nisbatan mehnat unumdorligini o’zgarishi

Hisobot yilidagi ishlovchilar soni,kishi

I

q35

592

II

-8,3

79

III

0,6

126

IV

O’zgarmagan

30

25. Quyidagi jadval ma’lumotlarni asoslanib korxonalar bo’yicha mehnat unumdorligi o’zgarishini aniqlang.

Korxona
lar



Ishlab chiqarish o’lchovlari

Ishlab chiqarish hajmi

Ishlovchi-lar soni, kishi

Ishlab chiqarish hajmi

Ishlovchilar soni, kishi

Joriy davrda

Hisobot davrida

A

Tovar mahsulot-larning qiymati

3600 ming.so’m

300

4400 ming.so’m

360

B

NSO

900 ming so’m

150

1050 ming so’m

150

V

Ishlab chiqarish hajmining mehnat sig’imi

434 ming soat

388

427 ming.
Forma soat

393

G

Shartli natural birlikda

1645 ming.so’m

898

1750 ming.so’m

890

26. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib, ishchilarning kunlik va yillik unumdorligini o’zgarishini aniqlang.

Ko’rsatkichlari

Bazis yil

Hisobot yili

Soatlik unumdorlik, so’m

650

0

Ishchi kuchining davomiyligi, soat

7,5

7,2

1 ishchining yil davomida ishlagan kunlari

220

225


27. Tsex to’liq mehnat sarfi 9 kishi-soatni talab etadigan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.
Agar haqiqatdan oy davomida 10 ming dona mahsulot tayyorlanib, normativ texnologik mehnat sarfi 80 ming norma-soatni, asosiy ishchilarning ishlab chiqarish normasini bajarilishi 106%ni tashkil etgan bo’lsa, mehnat unumdorligini aniqlang.
Tsexda 6 ta yordamchi ishchi bo’lib, ulardan yarmisi oy davomida 8 soatlik ish rejasida 21 kun qoganlari esa oy davomida to’liq ishlagan. Boshqaruv xodimlarining mehnat sarfi ishlab chiqarilgan mahsulot salmog’ida 15%ni tashkil etgan.
28. Korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini joriy yilga nisbatan 2% ga oshirdi. Joriy va haqiqatda ishlagan ishlovchilar soni quyidagi jadvalda berilgan:

Ishchilar

Joriy yilda

Hisob yilida

Asosiy tsexlar

50

52

Ta’mirlash tsexi

5

6

Ombor va tarnsport

8

10

Boshqa yordamchi tsexlar

25

24

Boshqa personal

22

22

Korxona bo’yicha umuman mehnat unumdorligi darajasi qanday o’zgargan. Agar hisobot yilida ishlagan ishlovchilar soni saqlanib qolganda, mehnat unumdorligi darajasi qanday o’zgargan bo’lardi.
29. Hisobot davrida oziq-ovqat do’konining tovar aylanishi hajmi ilgari bahoda 134 mln. so’mni, sotuvchilar soni esa 20 kishini tashkil etgan. Joriy davrda har bir sotuvchiga unumdorlik 6,7 mln.so’mni tashkil etgan.
Hisobot davrida joriy davrda nisbatan baholar 3% ga kamaygan. Hisobot davrida joriy davrga nisbatan unumdorlik darajasini o’zgartirishini aniqlang.
30. Joriy yilda po’lat quyush tsexida 101,8 ming t. mahsulot tayyorlandi, ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni-60 kishi, ishlovchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni esa 70 kishini tashkil qiladi. Hisobot yilida ishlovchilarning umumiy soni o’zgarmagan holat po’lat quyish 3% ga oshgan, ishlovchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni 2 kishiga kamaygan.
Yillar bo’yicha har 1 ishchiga va ishlovchiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish darajasini hamda ishlab chiqarish indeksini o’zgarishini aniqlang.
31. Quyidagi jadval ko’rsatkichlaridan foydalanib tsexda ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi darajasi o’zgarishini hisoblang.


Mahsulot turi

Tayyorlangan mahsulot turi, dona

Mahsulot birligini belgilangan vaqt normasi, soat

Davr

Bazis

Hisobot

A

2400

2500

15

B

850

900

8

V

1750

1500

10

Joriy yilda ishlovchilar soni 120 kishidan 150 kishiga ko’paygan.



Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin