Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitid hqaruv modellarining transformatsiyasi



Yüklə 310,45 Kb.
səhifə2/2
tarix04.10.2023
ölçüsü310,45 Kb.
#151979
1   2
resur

SANOAT ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MODDIY RESURSLARNI REJALASHTIRISH VA ULARDAN TEJAMLI FOYDALANISH

Kadirova Sharofat Amonovna, Xolboyev Abbos Olim o‘gIi


Toshkent davlat transport universiteti (Toshkent, O‘zbekiston)



Annotatsiya:


Kalit so‘zlar:
Zamonaviy sharoitda sanoat ishlab chiqarishda moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada sanoat ishlab chiqarish sohasida moddiy resurslarga ehtiyoj yuqori ekanligini hisobga olgan holda moddiy- texnik resurslardan foydalanishni tartibga solish mexanizmi va resur tejamkorlik usullarini qo‘llash lozimligi bayon etilgan.
resurs, me’yor, solishtirma xarajat, iste’mol xossasi, xarajat koeffitsienti, ishlab chiqarish omillari, ilg‘or me’yorlar

Sanoat ishlab chiqarish faoliyatida minglab insonlar band bo‘ladi, katta hajmda material, yoqilg‘i resurslari, energiya tashuvchilar, shuningdek ishlab chiqarish texnikasi — mashinalar, texnologik va quvvat uskunalari, transport vositalari, ishlab chiqarish maydonlari va boshqalardan foydalaniladi. O‘z o‘rnida ishlab chiqarish samaradorligi bu vositalardan qanday foydalanilishiga bog‘1iq.



Bugungi kunda resurslarni tejash muammosi eng muhim milliy muammolardan biri bo‘1ib, davlatning maqsadli faoliyat sohalaridan biriga aylanib bormoqda.
Resurslarni tejash iqtisodiyotining o‘ziga xos tadqiq predmeti va vazifasi iqtisodiyot tarmoqlarida moddiy-texnik resurslardan foydalanishni tartibga solish mexanizmi hamda resurs tejamkorlik usullarini qo‘llash, muammolarni o‘rganish va omillarni tasniflash hisoblanadi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida moddiy resurslarni tejash tadbirlari ishlab chiqarishda xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektr energiyadan foydalanish texnologiyasi bilan asoslanadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega[1].
Hozirgi vaqtda u yoki bu turdagi resurslardan, makro darajada esa ishlab chiqarish omillaridan foydalanish nisbati ko‘p jihatdan qo‘llaniladigan texnologiyalar, shuningdek ularning ortida turgan loyiha — konstruktorlik echimlari bilan aniqlanadi. O‘z navbatida texnologiyalarning rivojlanish darajasi foydalaniladigan resurslarning sifati va xilma-xilligiga bog‘1iq bo‘1adi. Bunda iqtisodiyotda foydalaniladigan mahsulot va resurslarning xilma-xilligi ham texnik, hann iqtisodiy rivojlanish darajasining muhim tavsifi hisoblanadi.
Moddiy resurslar ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan asosiy va yordamchi materiallar, yoqi1g‘i, elektr, issiqlik va boshqa turdagi energiya jamlanmasi sifatida aniqlanadi. Moddiy resurslarni tejash manbai har doim ma’1um bir sharoitlarga rioya qilgan holda: mashinalar, mexanizmlar, qurilmalar massasining kamayishi; chiqindisiz texnologiya, xom ashyo va materiallarning tejamli turlaridan foydalanishda resurslarning qandaydir qismini real, jismoniy, potensial mumkin bo‘lgan chiqarish hisoblanadi.
Moddiy resurslarni me’yorlash xom ashyo va materiallardan oqilona foydalanish va tejash bo‘yicha ishlarning muhim yo‘na1ishidir. Xom ashyo va materiallar xarajatini me’yorlash ularni ishlab chiqarish iste’molini rejaviy chorasini belgilash hisoblanadi, bunda iste’mol miqdori va sarflanishidan qat’iy nazar barcha turdagi xom ashyo va materiallarni me’yorlashtirish 1ozim[3].
Me’yorlash ishlab chiqarish va uning moddiy-texnik ta’minotini rejalashtirish amaliyotida me’yorning iqtisodiy mohiyati, roli va ahamiyati bo‘yicha bilimni nazarda tutadi. Ilmiy texnik taraqqiyot ta’sirida moddiy resurslarning solishtirtirma sarfi kamayadi, bu demakki, xarajatlar me’yori hann. Me’yorlarning o‘zgarishi orqali iqtisodiyotning rivojlanishiga ITTning ta’siri bevosita o‘tadi.
Moddiy resurslar sarfini takomillashtirish ularni tejashning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Faqatgina xom ashyo va materiallardan foydalanishning ilmiy asoslangan me’yor va normativlarini joriy qilish bilan yildan yilga o‘sib boruvchi ularga bo‘lgan talabni qondirish mumkin.
Xarajatlarning ilg‘or me’yorlarini ishlab chiqish metodikasi me’yorning tarkibi va tuzilmasini, me’yorni hosil qiluvchi elementlarning shakllanishi va ularni har birining miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni aniq bilishni talab etadi. Me’yorni hosil qiluvchi elementlarning yig‘indisi me’yor tarkibi, 100% deb qabul qilinadigan me’yorning umumiy qiymatidagi ularning nisbati me’yor tuzilmasi deb ataladi.
Har qanday xarajatning individual me’yori uning tarkibi va tuzilmasini hisobga olgan holda shakllantiriladi va eng umumiy ko‘rinishda quyidagi formula bilan ifodalanishi mumkin [2]:
bunda: — xarajat me’yori,
sof massa yoki foydali xarajat,

Xarajat me’yor1arini ishlab chiqishda muhim vazifa chiqindi va yo‘qotishlar qiymatini minimallashtirish hisoblanadi.
Moddiy resurslarning normativ bazasi ko‘rsatkichlar jamlanmasi hisoblanadi, ular asosida rejalashtirish hamda iqtisodiy tarmoqlar, sanoat va korxonalarning ishlab chiqarish xo‘ja1ik faoliyati tashkil etiladi.
Moddiy resurslardan foydalanish darajasini baholash uchun 2 ta guruh ko‘rsatkich1ari qo‘llani1adi: birlamchi va hisob-analitik. Birlamchi ko‘rsatkichlar tarkibida sarf-xarajat, foydali ishlatish, samaradorlik hamda xom ashyo va materiallarni tejash ko‘rsatkichlari bo‘ladi. Hisob-analitik bu — ikkilamchi ko‘rsatkich1ar bo‘lib, resurslarni iste’mo1 qilish tuzilmasi va dinamikasini miqdoriy tahlil qilishda foydalaniladi.
Amaliy faoliyatda umumiy xarajat, solishtirma xarajat, shuningdek asosiy iste’mol xossasining birligiga to‘g‘ri keluvchi material resursining solishtirma xarajat ko‘rsatkichlari qo‘l1aniladi.
Ishlab chiqarish uchun umumiy xarajat korxona tomonidan sarflanadigan material resurslarining barcha miqdorini qamrab oladi:

  • bevosita tayyor mahsudotni ishlab chiqarish bo‘yicha dasturning bajarilishi uchun;

  • ta’mirlashning ekspluatatsion ehtiyojlar uchun;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish;

  • sanoat-ishlab chiqarish tusidagi boshqa ishlar.

Umuman olganda, ishlab chiqarish uchun umumiy xarajat foydali xarajat va ular bilan bog‘1iq chiqindilar va yo‘qotishlarni o‘z ichiga oladi.
Aniq turdagi material resurslarining solishtirma xarajati — bu ishlab chiqarilgan yaroqli mahsulot birligi yoki bajarilgan ish birligi uchun ularning o‘rtacha xarajatidir. Hisobot davrida material resursining umumiy sarfini shu mahsulot yoki bajarilgan ish hajmining yaroqli birligining miqdoriga bo‘lish yordamida aniqlanadi:

Asosiy iste’mol xossasining birligiga to‘g‘ri keluvchi solishtirma xarajat quyidagicha aniqlanadi:

bunda: - mahsulotning iste’mol xossalari (xususiyatlari)ning umumiy hajmi.
YAroqli mahsulot chiqishi ko‘rsatkichi xom ashyoni birlamchi qayta ishlashda qo‘llani1adi. Bu ko‘rsatkich ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini haqiqatda sarflangan xom ashyo miqdoriga nisbatini aks ettiradi.

bunda: — ishlab chiqarilgan mahsulotning sof miqdori,
— sarflanadigan aniq turdagi xom ashyo yoki material miqdori.
Ushbu ko‘rsatkich qayta ishlash uchun rejalashtirilgan moddiy resurslardan mahsulot ishlab chiqarishda xom ashyo va materiallarda foydalanish samaradorligini baholash va rejalashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi uchun bosh1ang‘ich materiallarga bo‘lgan ehtiyojni baholash imkonini beradi.
Moddiy resurslarni foydali ishlatish darajasini tavsiflash uchun foydalanish koeffitsienti deb nomlanuvchi ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich foydali xarajatni ( ) mahsulot birligini ( tayyorlash uchun belgilangan materiallar xarajati me’yoriga nisbati bilan aniqlanadi[2]:

Foydalanish koeffitsienti chiqindilar va yo‘qotishlar sarfi me’yorida hisobga olingan miqdor darajasida birdan kam bo‘1adi. U me’yordan foizlarda ifodalanadigan chiqindilar va yo‘qotishlarni tizimli ravishda kamaytirish hisobigabirga intilishi kerak.
Xarajat koeffitsienti foydalanish koeffitsientiga teskari bo‘lgan ko‘rsatkichni aks ettiradi. U ham me’yorlanadigan yoki ulush birligi yohud foizlardagi haqiqiy yo‘qotish va chiqindilarning nisbiy miqdorini belgilaydi, lekin bu miqdor bir xi1 emas, sababi foydalanish koeffitsientida chiqindilar va yo‘qotish1ar xarajat me’yoriga, xarajat koeffitsientida esa — foydali xarajatga kiradi.

Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini miqdoriy o‘lchovida moddiy resurslarning haqiqiy sarfi va bajarilgan ish hajmi nisbati hamda teskari nisbat — ishlab chiqilgan mahsulot va moddiy xarajatlar baholanadi. Birinchi holatda mahsulotning material sig‘imi, ikkinchi holatda esa material qaytimi ko‘rsatkich1ari ahamiyati kasb etadi. Samaradorlik ko‘rsatkichlarining muhim xususiyati moddiy xarajatlarning qiymatda (narxda)gi ifodasi hisoblanadi.


YAngi va takomillashgan mahsulotni ishlab chiqarishni loyihalashtirishda muhim bo‘lgan moddiy resurslarni baholash uchun tayyor buyum uchun maksimal ruxsat etiladigan xom ashyo va materiallarni belgilovchi ko‘rsatkich — yakuniy xarajat normativi qo‘1laniladi. Normativni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin.
bunda: — bazis yilidagi xarajatning individual me’yori,
S — yakuniy tejalishga erishish bo‘yicha tadbirlarning hisobiga istiqbolli davr davomida foizlarda ifodalanadigan xarajat me’yorining umumiy o‘rtacha o‘zgarishi.
O‘z navbatida berilgan turdagi xom ashyo va materiallar xarajati me’yorining o‘rtacha pasayishi quyidagicha aniqlanadi:

bunda: — tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi bo‘yicha tejash,


— rejaviy yilda ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi.
Bu ko‘rsatkich moddiy-texnik ta’minot rejasi moddiy balanslarda va taqsimlash rejalarini ishlab chiqishda albatta hisobga olinishi lozim.
Sanoat ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirish omillari sifatida quyidagilarni aytish mumkin:

    • ishlab chiqarish jarayonida materiallar va mehnat sarfıning yo‘qoti1ishini kamaytirish va yakuniymahsulot yaratilishini ko‘paytirish;

    • ishlab chiqarishda ikkilamchi resurslardan maksimal foydalanish;

    • chiqindilarni boshqarish, kam chiqindi va chiqindisiz ishlab chiqarishni yaratish;

    • moddiy resurslarni tejash va majmuaviy foydalanish.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. H.H. TepëiiIHHä, H.A. EHHIIIKHH. CoBpeMeHHbIe ripo6neMsI 3KOHOMHKH

menesHopopOmHOFO T äHcHO]3T£t. — M.: MFYHC, 2014. — 92 c.

  1. fiepewn Boe nport3BO@GTBO: e6. noco6xe / A. B. BIBOB. — KOMCOMOnscK-Hä AMype:

GFBOY BHO ‹tJHAFTY», 2014. — 100 c.

  1. VepHHrOBll fi.H. OGHOBHsIe npo6neMbI Ha menesHopopOmHOM TQilHGnopTe. T.:

TamHHT, 2009. — 89 c.


Tqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi




Yüklə 310,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin