1.Mehnat resurslari va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bir tomondan, moddiy resurslar (xom ashyo, asbob-uskunalar va hokazolar)dan va ikkinchi tomondan, inson resurslaridan, ya’ni kasb-malakalari va bilimlariga ega bo’lgan xodimlardan iborat bo’ladi. Boshqacharoq qilib aytganda, mamlakat aholisining bir qismi bo’lgan inson resurslari moddiy resurslar bilan bir qatorda iqtisodiy rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo’ladi. Biroq bu omillar o’z xususiyatlariga qarab bir-biridan muhim belgilari bilan farqlanadi.
Inson resurslari – bular odamlardan, ular faqat moddiy ne’matlar yaratib qolmay, shu bilan birga ularni iste’mol ham qiladilar. Odamlar o’zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan unchalik bir emaslar. Bunda ularning jinsi, yoshi, sog’lig’i, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, ruhiy-fiziologik sifatlari sabab bo’ladi, shuning uchun bir kishi ikkinchisiga o’xshamaydi.
Mehnat sohasida odamlarning muhim ehtiyojlari ham ro’yobga chiqavermaydi. Shuning uchun ham mehnatdan samarali foydalanish uchun insonning shaxs sifatidagi talablarini esda tutish muhimdir. Boshqacha aytganda, iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishishuni taqozo qiladiki, murakkab xo’jalik mexanizmini samarali faoliyat ko’rsatishi uchun amalga oshirilgan hamma sohada inson va iqtisodiyot manfaatlariga rioya qilish lozim. Shuning uchun butun dunyoda iqtisodiyotni insonparvarlashtirish degan g’oya tabora ko’proq qaror topayotgani bejiz emas. Bu g’oya mohiyati va mazmunida asosiy e’tibor insonga qaratiladi. Bu tabiiydir, chunki odamlarning ehtiyojlari tabora tezroq ortib boradi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishda va xizmat ko’rsatishda bilimlarning, jamiyat aqliy potensialining roli orta boshladi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati turlaridan shaxsga doir sifatlar, xodimning qobiliyatlari ko’proq tanlana boshlaydi va ular yanada chuqurlashib boradi. Masalan, yaxshi jarrox bo’lish
5
uchun birgina tibbiyot bo’yicha mutaxassislik diplomining o’zi kifoya qilmaydi. Bunda mazkur mutaxassis bajaradigan vazifalarga mos keladigan insoniy sifatlar eng ko’proq zarur bo’ladi1.
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohiy o’zgarishlar davrida hamma narsani inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi faqat iqtisodiyotga va insonga umumiy jihatdan ta’sir etib qolmasdan, uning ta’siri ostidagi nazariy tushunchalar ham mazmunan o’zgarib bormoqda. Masalan, “mehnat resurslari”, “ishchi kuchi” kabi iqtisodiy tushuncha va kategoryalarning ham ijtimoiy-iqtisodiy ma’nosi bir muncha o’zgarib bormoqda. Bu tushunchalar faqat ilmiy adabiyotlarda emas, balki kundalik amalyotlarimizda ham keng foydalaniladi. Ularga beriladigan har xil talqinlar ko’p xollarda ilmiy-amaliy faoliyatlarining xarakteriga ta’sir etib qolmaydi.
“Mehnat resurslari atamasi” sho’rolar xokimyatining dastlabki yillarida paydo bo’lgan va undan mamlakat inson resurslarini boshqarish va undan foydalanish samaradorligini oshirish uchun iqtisodiyotni markazlashgan usulda boshqarish muhtida keng foydalanilgan. Mehnat xuquqlariga binoan xar bir mehnatga layoqatli mamlakat fuqarosining mehnat qilish va ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qishi qonun yo’li bilan mustahkamlangan sharoitda uzursiz sabablar bilan uzoq muddat ishlamay yurgan shaxslar qonuniy ta’qib qilingan va ozodlikdan mahrum etib jazolanish mumkin bo’lgan. Mehnatga layoqatli aholi – mehnat resurslarini tashkil etib, u tabiiy moddiy va moliyaviy resurslari bilan bir qatorda qat’iy statistik hisobga olinishi iqtisodiyotni markazlashgan usulida rejalashtirishning muhim elementlaridan biri edi.
Rivojlangan mamlakatlardagi kabi O’zbekiston Respublikasida ham mustaqillik yillarini Xalqaro Mehnat Tashkiloti tavsiya etgan aholini tasniflash tizimig o’tildi, unga ko’ra aholini tizmiy taqsimlashda mamlakat mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol qismlarga ajratiladigan bo’ldi.
6
O’zbekistonning
|
mustabidlik
|
va
|
ma’muriy
|
–
|
buyruqbozlik
|
davri
|
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga, erkin mehnatga hamda majburiy mehnatni taqiqlashga o’tish “mehnat resurslari” atamasini ilgarigi talqinda qo’llashni zamon talablariga to’g’ri kelmaydigan ma’nosi holatiga keltirdi. Insonning faqat majburlash yo’li bilangina mehnatga jalb qilish asosida uni ish bilan band qilish va ularni mehnat resurslariga kiritish to’g’ri yo’l hisoblanmaydi.
Mehnat resurslari mamlakat aholisining o’z ruhiy-fiziologik va aqliy sifatlari bilan moddiy ne’matlari ishlab chiqarishda yoki xizmatlar ko’rsatishda qodir bo’lgan mehnatga layoqatli qismidir.
Ular tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholiga emas, shu bilan birga hozirgi paytda ishlamayotgan va ish qilmayotgan mehnatga qobilyatli shaxslar, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar ham kiritiladi. Bu ta’rifdan shu narsa kelib chiqadiki, mehnat resurslari iqtisodiyotida mehnat bilan bant bo’lgan; band bo’lmasa ham mehnat qilishlari mumkin bo’lgan kishilarni xam qamrab oladi. Boshqacha aytganda mehnat resurslari xaqiqiy (real) va potinsal xodimlardir.
Mehnat resurslarini shakllantirish manbalari quydagilardan iborat:
Mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi deganda milliy qonunlarda qabul qilingan yosh chegaralar oralig’ida mehnatga yaroqli shaxslar kiradi. Unga I va II guruh ishlamayotgan nogironlar, yoshi bo’yicha imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan fuqarolar kirmaydi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda mehnat yoshining qo’yi chegarasi 16 yosh hisoblanadi. Yuqori chegarasi yosh bo’yicha pensiya olish huquqi bilan belgilangan, bu erkaklar uchun 60 yoshni va ayollar uchun 55 yoshni tashkil etadi.
Mehnat yoshidan o’tgan bo’lsada ishlayotgan shaxslar va yosh bo’lsa ham ishlayotgan o’smirlar. Inson tanlagan biror faoliyat sohasida ishlay olishi uchun unga jismoniy va ma’naviy rivojlanish darajasi zarur bo’ladi. Jismoniy rivojlanish darajasi bir tomondan, iqtisodiyotning ehtiyojlari bilan belgilanadi, ikkinchidan fuqarolarning sog’lig’ini muhofaza qilish va mustahkamlashdan davlatning
7
manfaatdorligi bilan belgilanadi, chunki ular kishilik jamiyatining eng muhim boyliklaridan biri hisoblanadi2.
Ma’naviy rivojlanish darajasi deganda, umumta’lim va kasbiy bilimlar hamda ko’nikmalar, shaxsiy xususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar odamning tanlagan faoliyati sohasida muvoffaqiyatli ishlash uchun zarur shart hisoblanadi.
Odamlarning har ikkala sifati bo’lgan jismoniy va ma’naviy rivoj tasvirlarining ahamiyati iqtisodiyotning rivojlanib borishiga qarab doimiy holda o’zgarib boradi. Bu hol o’z navbatida mehnat sohasidagi mavjud jahon tamoyilini to’liq aks ettiradi. Iqtisodiyotda va umuman jamiyatda tez va chuqur o’zgarishlar bo’lib turgan davrlarda kishilarning jismoniy va ma’naviy fazilatlarining roli ayniqsa ortadi.
Qat’iy
|
markazlashgan
|
holda
|
iqtisodiyotni
|
rejalashtirishdan
|
bozor
|
munosabatlariga o’tish mamlakat fuqarolarining turmush tarzida tubdan o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bu jarayon o’tish davrini boshdan o’tkazgan barcha mamlakatlar uchun ham obyektiv sabablarga ko’ra qiyin tarzda kechadi. Tajribalardan shu narsa aniqki, umuman jamiyat va xususan, har bir fuqaro agar islohiy yangiliklarga tezroq moslashib borsa, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar davrini muvoffaqiyatliroq o’tadi. Bu o’rinda insonning jismoniy sifatlari ham, ma’naviy sifatlari ham ilgari hukmron bo’lgan bir tomonlama va qaloq xo’jalik yuritish tizimiga qaraganda ko’proq namoyon bo’ldi. Markazlashgan rejalashtirish amaliyotida insonga mehnat sohasida uning tashabbus ko’rsatishi, mustaqillikni namoyon qilishi, o’ziga tabiat tomonidan berilgan sog’liqdan va o’quv tufayli qo’lga kiritilgan bilimlardan foydalanish qobiliyatini to’liq ishga solish uchun juda kam imkoniyat qoldirgan edi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish esa aksincha, insonning tashabbuskor va faol bo’lishini nazarda tutadi. Uning qanday yashashi o’zining yangi iqtisodiy tizimiga singib, u bilan hamohang bo’lib ketish mahoratiga bog’liq bo’ladi. Odamning
8
jismoniy imkoniyatlari va ma’lumotlilik darajasi, ma’naviyati qanchalik yuqori bo’lsa, bu narsa shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi.
Tarixan mehnatga qobiliyatli yosh chegarasi ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan o’zgarib kelgan va o’rtacha 30-50 yilni tashkil etgan. Hozirgi davrda mehnatga qobiliyatlilikning quyi chegarasi respublikamizda 16 yosh. Bu chegara ayrim davlatlarda 14-15 yosh, ayrimlarida 18 yosh. Mehnatga qobiliyatlilikning yuqori chegarasi esa ko’pchilik davlatlarda ikki jins bo’yicha erkaklar uchun 65 yosh (AQSh, Shvesiya), ayollar uchun 60 yosh (Germaniya, Angliya, Fransiya) qilib belgilangan. O’zbekistonda bu chegara erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh hisoblanadi. Mehnatga qobiliyatli yosh chegarasi o’rtacha yashash yiliga ham bog’liq.
Mehnat resurslari shakllanishini o’rganishda ularni yosh guruhlari bo’yicha ko’rib chiqishimiz ham maqsadga muvofiqdir. Kishilarni guruhlarga ajratishda ularning yoshi chegaralarini aniqlash asosiy muammo hisoblanadi. Bu masalani hal etishda huquqiy asoslangan va amalda mavjudlarini ajratish muhim rol o’ynaydi. Bunda inson organizmining nafaqat biologik xususiyatlari, balki mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, aholining turmush darajasi, umumiy, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimining holati, o’rtacha umr davomiyligi va boshqalar ham hisobga olinadi. Shularga asoslangan holda aholini yoshiga ko’ra 6 guruhga bo’lish mumkin.(1.1.-jadval)
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining “Ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladigan yosh” nomli 77-moddasi unga ko’ra ishga qabul qilishga o’n olti yoshdan yo’l qo’yiladi.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarining o’quvchilarini ularning sog’lig’iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o’qishdan bo’sh vaqtida bajarishi uchun — ular o’n besh yoshga to’lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o’rnini
9
bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi.3
Dostları ilə paylaş: |