Ish staji bo’yicha tizimda 3 yil va undan ortiq ishlovchilar
138
55,2
135
53,4
Manba: «Baxmal»QKning statistik hisobot ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Mehnat resurslarini tahlil qilishning asosiy maqsadi korxonada brigadadan
tortib birlashma va tarmoqqacha bo’lgan jamoalarda ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini rejalashtirishning asoslanganligini oshirishdan, uni boshqarishning takomilashllashtirishdan iboratdir.
23
Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi toifalar va kasblar bo’yicha xodimlaming haqiqiy sonini reja ehtiyojlari bilan taqqoslash asosida
aniqlanadi. Korxonaning eng muhim kasblardagi kadrlar bilan ta’min etilishi tahlil
qilishga alohida e’tibor beriladi. Mehnat resursslari sifat tarkibini malaka bo’yicha tahlil qilish ham zarur.
Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, korxonada jami xodimlar soni 2014 yilda 250 kishini tashkil etib, shundan 182 nafari xotin-qizlarni, ularning ma’lumot
darajasi tahlil etilganda 27 nafari oliy ma’lumotlilar, 132 nafari o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lganlar va 91 nafari bilim yurti kurslarini bitirganlar hisoblanadi (2.1-jadval). Ish staji bo’yicha tizimda 3 yil va undan ortiq ishlovchilar 138 kishini tashkil etadi. Shuningdek, 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 46 nafardan
iborat bo‘lib, ishchi xodimlarning 18,4 %ni tashkil qilgan.