Iqtisodiyotva turizm fakulteti


-jadval 2017 yilda “Baxmal” QKning mehnat resurslaridan foydalanish holati



Yüklə 195,45 Kb.
səhifə11/19
tarix17.05.2023
ölçüsü195,45 Kb.
#114987
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
kurs ishi Omonov SHerzod

2.4-jadval 2017 yilda “Baxmal” QKning mehnat resurslaridan foydalanish holati

Ko’rsatkichlar

O’tgan yili

2017 yil

Chetga chiqarish

Reja

Haqiqatda

Reja

Haqiqatda

Xodimlarning o’rtacha yillik soni (XS)

253

253

245

-

-8

Bir ishchining bir yilda ishlagan kunlari (D)

218

220

215

-2

-5

Soatlar (S)

1722

1749

1677

27

-72

Ish kunining o’rtacha muddati (M), S

7,90

7,95

7,80

-0,05

-0,10

Ish vaqti fondi (S)

435666

442497

410865

6831

-31632

Shu jumladan ishdan tashqari ishlagan vaqt, (S)

970

-

965

-

-5

Manba: “Baxmal” QKning statistik hisobot ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Ularga rejada ko’zda tutilmagan turli obyektiv va subyektiv holatlar sabab
bo’lgan: ma’muriyat tomonidan ruxsat etilgan qo’shimcha ta’tillar, ishchilarning kasalligi tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizligi, ishga kelmay qolish, asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlarning nosozligi tufayli bekor turib qolishlar,
ishning, xom ashyo, material, elektr energiya, yoqilg’i va hokazolarning yo’qligi.
Vaqtning bekor sarf bo’linishining har bir turi batafsil tahlil etiladi, ayniqsa korxonaga bog’liq bekor vaqt. Mehnat jamoasining o’ziga bog’liq sabablar bilan
bog’liq vaqtning bekor sarf etilishini kamaytirish mahsulot ishlab chiqarishni
31

ko’paytirish rezervi hisoblanadi, u qo’shimcha kapital mablag’lar talab qilmaydi va tezda samara olish imkonini beradi.


Umuman olganda, mavjud ish kuchidan to’laroq foydalanish, mehnat
unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish, umumiy bo’lgan ishlab chiqarish texnikasini joriy etish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishni takomillashtirish hisobiga korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlashdagi keskinlikni bir muncha bartaraf etish mumkin.
Agar korxona o’z faoliyatini kengaytirsa, ishlab chiqariladigan mahsulot
quvvatlarini kengaytirsa va yangi ish o’rinlarini tashkil etsa, u holda mehnat
resurslariga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojlarni toifalar va kasblar bo’yicha aniqlash, ularni jalb qilish manbalarini topish kerak bo’ladi.

amaldagi texnologiya yoki ishlab chiqarishni tashkil qilish qoidalarida shartlab qo’yilmagan butun bo’sh turib qolgan vaqti kiradi.


Normalashtiriladigan ish vaqti sarfiga norma bilan belgilangan doirada topshirilgan ishni bajarish uchun zarur bo’lgan vaqt kiradi. Bunga tayyorgarlik –
yakunlovchi vaqt, operativ vaqt, ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqti, dam olish va shaxsiy ehtiyojlarga sarflanadigan vaqt, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni
tashkil qilish ishlari bilan bog’liq bo’lgan tanaffus vaqtlari kiradi. Bu sarflar vaqt normasi tarkibiga kiritiladi.
Normalashtirlmaydigan ish vaqti sarfiga ijrochining yoki jihozning unumsiz,
bo’sh turib, zoye ketgan vaqtlari kiradi. Demak, bunday sarflar vaqt normasi tarkibiga kiritilmasligi turgan gap.
Foydali sarf qilingan vaqt ham mazmuni, ham iqtisodiy ahamiyati jihatidan xilma-xildir. Ulardan ba’zilari normalashtirilgan vaqtning umumiy sarfida o’zi
tutgan o’rnidan, ya’ni salmog’idan qat’i nazar foydali bo’ladi. Shuning uchun ham ularning salmog’i ish kuni davomida qancha ko’p bo’lsa, xodimning mehnat unumdorligi ham, jihozlarning ish vaqti fondidan va uning ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan foydalanish unumdorligi ham shuncha yuqori bo’ladi, jihozlardan, asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligi ham ortib boradi.


Yüklə 195,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin