Iqtisodiyotva turizm fakulteti


Mehnat unumdorligini oshirish omillari va rezervlari



Yüklə 195,45 Kb.
səhifə12/19
tarix17.05.2023
ölçüsü195,45 Kb.
#114987
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
kurs ishi Omonov SHerzod

3.2. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va rezervlari
Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari – bu texnika, texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni

yaxshilash hisobiga

mehnat

unumdorligi

ichidan

mehnat unumdorligini

oshirishning barcha omillaridan yanada to’laroq foydalanish imkoniyatidir. Rezervlar (zahiralar) mehnat unumdorligini oshirish omillari bilan chambarchas bog’liqdir. Agar biror omilni imkoniyat sifatida olib qaraydigan bo’lsak, u holda bu omil bilan bog’liq bo’lgan rezervdan foydalanish imkonining voqyelikka jarayoni hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish rezervlarining bir necha tasniflari mavjud bo’lib, ularning hammasi ikkita katta guruhga bo’linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan) foydalanishni yaxshilash rezervlari, asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish rezervlari. Birinchi guruhga mehnatni, mehnat sharoitlarini tashkil etish, ishlovchilarning ishlash qobiliyalini oshirish, kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo’yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-maroitlar yaratib berish, shuningdek xodimlarning mehnat natijalaridan yuqori moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirishni ta’minlash bilan bog’liq masalalar kirtiladi. Ikkinchi guruh asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, apparatlar va shu kabilar) quvvat va vaqt jihatidan yaxshiroq foydalanish rezervlarini shuningdek xom ashyo, materiallar, butlovchi bumlar, yoqilg’i, energiya va boshqa aylanma fondlardan yanada tejamli va to’liq foydalanishni o’z ichiga oladi.
32

Rezervlar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo’yicha zahira rezervlariga va nobud bo’lish (bekorga sarflash) rezervlarig bo’linadi. Masalan, asbob-uskunalardan quvvati va ish smenasi bo’yicha to’liq foydalanmaslik, o’rganilgan, lekin hali joriy etilmagan mehnat usullari – zahira rezervlaridir. Ish vaqtining bekor sarf bo’lishi, yaroqosiz mahsulot ishlab chiqarilishi, yoqilg’ini ortiqcha sarflash nobud bo’lish rezervlariga kiradi.


Rezervlar tushunchasiga ishlab chiqarishda ish vaqtining bekor sarf qilinishiga ham kiradi – bular smena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib klish va rejada ko’zda tutilmagan ishga kelmay qolishlarning barchasidir; mehnatning ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan holda sarflanishi – mehnat qurollari va mehnat ashyolaridan oqilona foydalanmaslik hamda

belgilangan

texnologiya

jarayonlarining

buzulishi

oqibatida

mehnatning

rezervdagidan tashqari ortiqcha sarflanishidir.
Rezervlar foydalanish vaqtiga qarab joriy va istiqbol rezervlariga bo’linadi. Joriy rezervlar texnologiya jarayoni muhim darajada o’zgartirilmay va qo’shimcha kapital mablag’lar sarflanmay amalga oshiriladi, iktisqbol rezervlari ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni, ancha mukammal asbob-uskunalar o’rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga kapital mablag’lar va ko’proq vaqt sarflashni talab qiladi.
Rezervlar aniqlanish va foydalanish joyiga qarab xalq xo’jalik, tarmoq va ichki ishlab chiqarish rezervlariga bo’linadi. Xalq xo’jalik rezervlariga avval boy tabiiy resurslar, ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi. Tarmoq rezervlariga shunday rezervlar kiradiki. ulardan foydalanish umuman tarmoqdagi xodimlar mehnat unumdorligini oshiradi (korxonalarning ixtisoslashtirishi, ishlab

chiqarishning

bir

joyga

to’planishi

va

kombinasiyalanishi,

texnika

va

texnologiyaning takomillashtirilishi va hokazo). Ichki ishlab chiqarish rezervlari mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir, chunki pirovard natijada ularning hammasi aniqlanadi va bevosita korxonalarda amalga oshiriladi. Ular joriy va istiqbol rezervlaridan tashqari, ikki guruhga bo’linadi: mahsulotning sermehnatlik darajasini pasaytirish rezervlari va jami ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish rezervlari.
33

Ma’lumki, mehnat unumdorligi darajasi ish vaqti birligiga to’g’ri keladigan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Lekin boshlang’ich hajmlar vaqtda ifodalansa, mehnat unumdorligi ish vaqti fondining mahsulot sermehnatlik darajasiga nisbati sifatida hisoblab chiqariladi:



Yüklə 195,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin