2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ertak kitoblari orqali kitobxonligini oshirish. Bola ijodiy hikoya tuzar ekan, uning mazmunini mustaqil o'ylab topish, mazmuni tushunarli bo'lishi uchun zaruriy so'zlarni to'g'ri tanlashi va ularni mantiqan bir-biriga to'g'ri bog'lay olishi lozim. Yaxshi hikoya yoki ertak tuzish uchun uning kompozitsiyasini (bog'lamini, kulminatsiyasini, yechimini) bilishi hamda katta so'z boyligiga ega bo'lishi, uning mazmunini qiziqarli tuza olishi, o'zining fikrlarini aniq va ifodali qilib bayon eta olishi kerak. Bola doimiy mashq qilish orqali o'z fikrini bir-biriga bog'lab bayon eta olishi va hikoya, ertak to'qiy olishi mumkin. Bu vazifa esa katta va maktabga tayyorlov guruhida amalga oshiriladi. Chunki bu yoshdagi bolalarning nutqi grammatik jihatdan to'g'ri shakllangan, lug'ati boy, fikr yuritish doirasi keng, o'z fikrini ketma-ket bog'lab bayon eta olish malakasiga, boy hayotiy tajribaga, xilma-xil hayotiy taassurotlarga ega bo'ladi. Bu esa ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishning asosiy shartlaridan biridir. Shuning uchun ham „Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi" da katta va maktabga tayyorlov gurahidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o'rgatishga bir qancha talablar qo'yilgan. Ushbu guruh bolalari birinchi yarim yillikda tarbiyachi tomonidan boshlangan hikoya yoki ertakni nihoyasiga yetkazishga, qisqa, lo'nda jumlalar tuzishga, tasviriy vositalardan foydalanishga, tarbiyachi taklif etgan mavzu asosida („Quvonchli kun", „Mehmonda", „Bizning oila", „Eng yaqin o'rtog'im", „Dam olish kuni", „Dadamga qarashdim", „Zo'r multfilm ko'rdim" va hokazo) mantiqiy rivojlanib boravchi hikoya yoki ertak tuzishga, tuzayotgan hikoya yoki ertaklarida ishtirok etuvchi personajlarning ruhiy kechin-malarini ta'sirchan bera bilishga o'rgatiladi. Bundan tashqari, bolalar suratlar bo'yicha hikoya tuzishda rasmi aks ettirilgan mavzuli voqeaga qarab ilgari nima bo'lganini va keyin nima bo'lishini aytib berishga, tabiat manzaralari aks ettirilgan suratga qarab, undagi go'zallikni, nafislikni ifodalay oladigan tasviriy so'zlar, o'xshatish va sifatlashlar ishtirokida hikoyalar tuzishga o'rgatib boriladi. Bolalarning hayot tajribalaridan olingan voqealar: sayohat, sayr, mehnat jarayoni jonli va ravon hikoya qilib berish malakasini tarbiyalaydi. Hikoya qilayotganda tevarak-atrofdagi buyum, voqea-hodisalarning nomini, ularning o'ziga xos xususiyatlari, xatti-harakatlarini to'g'ri ifodalashga, voqea-larning vaqti va joyini ko'rsatishga o'rgatish, topishmoqlar o'ylab topishga undash kabi vazifalar qo'yilgan.
Ikkinchi yarim yillikda esa dasturga asosan bolalarni ijodiy hikoya qilishga o'rgatishda quyidagi ish vazifalari belgilangan: tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mavzu bo'yicha voqeani izchil davom ettirib, tugal mazmunli hikoya tuzish ko'nikmalarini mustahkamlash, voqea sodir bo'lgan joy va vaqt, tabiat manzarasini qisqacha tasvirlash, personajlar ruhiy kechinmalarini ko'rsatish-lariga ahamiyat berishga o'rgatish. Mustaqil tuzgan hikoyalaridagi personajlarga qisqacha ta'rif berishlariga, ularning xatti-harakatlarini baholashlariga o'rgatish, mustaqil tanlangan mavzu bo'yicha hikoya aytilayotganda voqeaning izchilligiga, tugal man-tiqqa ega bo'lishiga, tasviriy ifoda vositalaridan o'rinli foydala-nishlariga ahamiyat berishga o'rgatish kabi vazifalar qo'yilgan.