Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə2/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
4. ДАРСЛИК

Taqrizchilar:
Asqarova O‘. M. - NamDU Pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori,
Abdurahimova D. A. – O`zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi professori, p.f.d. (DSc)


KIRISH
Mamlakatimiz yoshlariga erta ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini hozirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z zimmasiga olgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bilimlarni berish shakli mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotlar jarayonida bolaning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik qirralari sayqallanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda undagi psixologik va intellektual jihatlari rivojlanib boradi.
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi - bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va maz mun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi.
O‘tgan asrning o‘rtalaridanoq rivojlangan xorijiy mamlakatlar, jumladan Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlardagi maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar butun dunyoda ta’lim va tarbiyani insonning bolalik chog‘laridan boshlab berish muhim ekanligini ko‘rsatdi. Dunyoda maktabgacha ta’lim tizimida maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni tinglash, fikrlash va muloqotga o‘rgatishni yanada rivojlantirishning zamonaviy metodlarini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirishga doir qator izlanishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni har tamonlama yetuk qilib tarbiyalash masalasiga katta e’tibor qaratilib, maktabgacha yoshdagi bolalar va ularning tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarilgan. Prezident Sh.Mirziyoev “Biz maktabgacha ta’lim sohasida har jihatdan zamonaviy tizim yaratishimiz kerak. Kelgusi 3-4 yilda 5-6 yoshdagi barcha bolalarni maktabgacha ta’limga to‘liq qamrab olishga erishmog‘imiz shart. Bu ertangi kunimizni hal qiladigan masala va biz buni albatta amalga oshiramiz” - degan edi. Shu sababli ham maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni tinglash, fikrlash va muloqotga o‘rgatish har qachongidan ham e’tibor kuchayib, uning ahamiyati ortib bormoqda. Tinglash madaniyati har bir inson uchun kundalik zaruriy, birlamchi ehtiyojlardan sanaladi. U diqqat va idrok bilan hamohang ravishda namoyon bo‘ladi. Avvalo, tinglash madaniyati, umuman faol tinglash texnikasi oila davrasida, yaqin kishilar bilan aloqada bo‘lish uchun zarur hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tinglash qobiliyatining yuqoriligi o‘z-o‘zidan keyingi jarayon faolligini talab qiladi, ya’ni fikrlash. Fikrlash esa o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Zanjir kabi bog‘liqlikni tashkil qilgan bu davomiylikning keyingi bosqichi esa fikrlashni nutqqa ko‘chirishni taqazo etadi. Endi fikrlagan odam uni nutqqa ko‘chirish uchun muloqotga kirishishi kerak bo‘ladi. Taassufki, muloqotga kirishish ham osonlik bilan sodir bo‘lmaydi. Ko‘rib chiqqanimizdek, avvalo tinglashni, tinglagan ma’lumotni ongda muhokama qilib fikrlashni, paydo bo‘lgan fikrni yetkazib berish uchun esa muloqotga kirishishnini maktabgacha bo‘lgan vaqtdan boshlashimiz kerak. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi.
Agar tinglash samarali bo‘lsa, fikrlash asosli bo‘lsa, muloqot erkin bo‘lsa bolada o‘sha 70 foizni qamrab olish darajasi oshadi. Shu sababli maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni tinglash, fikrlash va muloqotga o‘rgatish texnologiyalarini yanada rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-bob 4-moddasida maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi to‘grisida gap boradi. O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo`lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.» - deb alo­hida ta’kidlaganlar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5 ta metodika bo‘yicha bolalarga ta’lim-tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi «Nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlari» desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, nutq o‘stirish nafaqat bolaning so‘z boyligini oshirish, balki uning muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarining, shu jumladan bolaning tafakkurini o‘stirishda ham muhim vosita bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda. Bu talablarga javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlami taqozo etadi. Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida mak­tabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o‘rtasida ziddiyatlar namoyon bo‘lmoqda.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, biz mazkur kitobda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning samarali yo‘llari hamda vositalarini ishlab chiqishda tayanch bo`ladigan nazariy, meto­dik usullarni yoritishga qaror qildik.


1-§. BOLALARNI NUTQINI O‘STIRISH FANINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI





Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin