Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar Bolalarni nutqini o`stirish fani qachon tashkil topgan va rivojlanishi qanday kechgan?
Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar haqida nimalarni bilasiz?
Maktabgacha ta ’limning qanday me ’yoriy hujjatlari mavjud?
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik shart-sharoitlari haqida nimalarni bilasiz?
Maktabgacha ta ’lim tashkilotlari yo ‘nalishlariga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
«Maktabgacha ta ’lim» atamasi qachon qabul qilingan.
2-§: MAKTABGACHA KICHIK, O‘RTA VA KATTA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHNING VAZIFALARI
REJA: 1. Nutq o‘stirish mashg‘ulotining turlari
2. Mashg‘ulotlarni rejalashtirish ishlari
3. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish.
Tayanch tushunchar:nutq, nutq o’stirish, mashg’ulot, emotsional kechinmalar, o’yinlar, grammatik tizim.
1. Nutq o‘stirish mashg‘ulotining turlari. Maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri bolalarning o‘z xalqining adabiy tilini o‘zlashtirib olishlari natijasida ularning to‘g‘ri og‘zaki
nutqini shakllantirishdan iboratdir. Bu umumiy vazifa quyidagi maxsus vazifalardan iborat: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug‘atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish, nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish, og‘zaki (dialogik) nutqni shakllantirish, ravon nutqni rivojlantirish, badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash, savod o‘rgatishga tayyorlash. Dasturlarda atrof-olam haqidagi bilimlar doirasi va lug‘at hajmi, har bir yosh bosqichida bolalarda shakllanishi lozim bo‘lgan nutqiy malaka va qo‘nikmalar belgilangan bo‘lib, u shaxsning muayyan sifatlarini (kirishimlilik, xushmuomalalik, salomlilik, bosiqlik) tarbiyalashni ko‘zda tutishi lozim.Nutqni rivojlantirish dasturi ilmiy asoslangan bo‘lib, u butun mazmuni bilan bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Nutqni rivojlantirish dasturi bola faoliyatining o‘quv, o‘yin, mehnat va maishiy kabi shakllarida amalga oshadi. Jamoat tarbiyasi sharoitida ta’lim — bola nutqini shakllantirishning yetakchi vositasi hisoblanadi.
Ona tilini o‘qitish — bolalarning bilish qobiliyatini rejali, aniq maqsadni ko‘zlagan holda rivojlantirish, ularning atrof-olam haqidagi eng oddiy bilimlarni va tegishli lug‘atni o‘zlashtirish, nutqiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonidir. Makgabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitishning asosiy shakli - mashg‘ulotlardir. Didaktik maqsadlar bo‘yicha quyidagi mashg‘ulotlar turlarini ajratib qo‘rsatish mumkin:
yangi materialni ma’lum qilish mashg‘uloti;
bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlashga oid mashg‘ulotlar;
bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishga oid mashg‘ulotlar;
yakuniy mashg‘ulotlar yoki hisob-tekshiruv (nazorat) mashg‘ulotlari.
Bolalarga ona tilini o‘qitishga doir mashg‘ulotlar har bir guruhda bolalarning yosh imkoniyatlarini va har bir bolaning nutqiy rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Chunki bilimlar mazmuni, ularning tarkibi, metod va usullarni tanlash, haftasiga o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar soni, har bir mashg‘ulotning davomiyligi shunga bog‘liq bo‘ladi.
Nutq va muloqot masalalarini, maktabgacha davrdagi bolalikning barcha yosh bosqichlarida ushbu yo‘nalishdagi pedagogik ishlardan ko‘zda tutilgan vazifalarni batafsil ko‘rib chiqamiz.