Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə4/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
4. ДАРСЛИК

Bolalarni nutqini o‘stirish metodikasining asosiy mazmuni – bolalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmani tarbiyalash), qanday o‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega aynan shuvday o‘qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda).
Bolalarni nutqini o‘stirish nazariyasida bolalarga ona tilini o‘rgatishning ob’ektiv xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi sohasida O‘zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan va hozirda mavjud bo‘lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan.
Bolalarni nutqini o‘stirish nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda rivojlanmoqda. Ayrim metodik qoidalarning yashovchanligi amaliyotda tekshirib ko‘rilmoqda, amaliyotning o‘zi fan oldiga hali o‘z yechimini topmagan muhim masalalarni qo‘ymoqda.
Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o‘z farazlaridan kelib chiqib yoki boshqalarning tajribalaridan nusxa ko‘chirgan holda bolalarni ko‘r-ko‘rona tarbiyalaydi. U ko‘p narsani nazardan qochiradi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi.
Bolalarni nutqini o‘stirish metodikasi maktabgacha ta’limdagi boshqa xususiy metodikalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi, chunki nutq - bola shaxsini to‘la-to‘kis, rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biridir. Atrofdagalar nutqini tushunish va bolaning o‘z faol nutqi har qanday pedagog‘ik jarayonda zarur. Nutq bolaning butun faoliyatida unga yo‘ldosh bo‘ladi.
Pedagog kadrlarning uzluksiz ta’ lim olishini tashkil etish muammolari bir qator xalqaro tashkilotlarda, jumladan, Jahon ta’limini rejalashtirish instituti (Parij), YUNESKOning ta’lim bo‘yicha instituti (Gamburg), Oliy ta’limning Yevropa Markazi (Buxarest), Yevropa Muallimlar ta’limi Assotsiatsiyasi (ATEE) va boshiqa qator ilmiy tashkilotlarda tadqiq etilmoqda.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlariga, jumladan uning maktabgacha ta’lim bosqichiga e’tibor ortib borishi bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb etish ulushi kamayib borishi bu borada maqsadli tadqiqotlar olib borish, mamlakatimiz ilmiy-texnikaviy dasturi, ustuvor tadqiqotlarga yo‘nalishlarining bir qismi sifatida qaralishi lozim. Zero, ta’kidlab o‘tganimizdek, uzluksiz ta’lim bosqichlarining nechog‘lik samarali ishlashi ma’lum darajada maktabgacha ta’lim sifatiga bog‘liq: bu davrda bolaning dunyoqarashi, tasavvurlari shakllanib bo‘ladi. Unga to‘g‘ri mazmun va yo‘nalish berish pedagogika fani, ta’lim amaliyotining dolzarb muammosidir.
Bola nutqini rivojlantirish, eng avvalo, til qobilyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demakdir (A.A.Leont’ev).
Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o‘rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi masalasini ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqotlari (1958–1960-yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‘zbek bolalariga ruscha og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining asosiy mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan.
XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. S.O.G‘oziyeva tomonidan (E.M.Razbayevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan (xalq ertaklari, o'yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo‘lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi.
1979-yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili va o‘zga tilni (rus, o‘zbek) o‘qitish muammosi O‘zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot obyekti hisoblanadi (F. R. Qodirova, R. M. Qodirova, G. X. Jumasheva, D. R. Babayeva, D. Abdurahimova, L. R. Mirjalilova, N. Sh. Nurmuhammedova va boshq.).
Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta’siri bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o‘rinlidir, zero, fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va ijtimoiy o‘zaro hamkorlik - o‘zaro bog‘liq jarayonlardir, nutqni rivojlantirish esa - ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi.
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Umuman, shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.) ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivoj­lanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarda nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish kalitidir.
V. I. Loginova, Y. S. Lyaxovskaya, V. V. Gerbova, Ye. M. Strunina va boshqalaming tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‘zlashtirib olishlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni o‘zlashtirishlarida ikki jihat ajratib ko‘rsatilgan: atrofdagi olam lug‘atini (so‘z boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug‘atni til birligi sifatida o‘zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig‘ida ham, til mantig‘i borasida ham so‘z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan.
Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi. Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi payt­da nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlami o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Olimlar nutqqacha bo‘lgan bosqich muhim rol o‘ynashini tushunib yetib, uni batafsil tahlil qilmoqdalar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, A.M.Leushina, LA.Penyevskaya va boshqalar bolalarning og‘zaki nutqi va hikoya qilishni o‘zlashtirishining o‘ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o‘zaro bog‘liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni o‘qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab chiqilgan bo‘lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlami tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.
Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalarda nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaxarova, V.I.Yadeshko, A.G.Tambovseva va boshq.), ona tilining so‘z hosil qilish tizimi xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, bolalar nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat odatdagi grammatik xatoliklami o‘rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e’tibomi qaratish zarurligini isbotlash imkonini berdi.
Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda (G.M.Lyamina, Ye.LRadina, GA.Tumakova, A.I.Maksakov, M.LGening, NA.German va boshq.) o'rganish predmeti sifatida xizmat qildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish masalalarini nutqiy faoliyat nazariyasi asosida tadqiq etish maktab­gacha ta’limning nazariyasi hamda amaliyoti uchun dolzarb va ahamiyatli hisoblanadi.
Nazariy va amaliy ishlar shundan dalolat bermoqdaki, nutqiy faoli­yat motivatsiyasini boyitish bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi ishlaming samaradorligini oshiradi (F.A.Soxin, YE.M.Strunina, A.M.Borodich, M.R.Lvov va boshq.).
Nutq yaxlit faoliyat va nonutqiy harakatga qo‘shilgan nutqiy harakat kabi til orqali bog‘langan tarixan shakllangan muloqot shakli sifatida ko‘rib chiqiladi (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, A.A.Leontev, I.A.Zimnyaya).
Modelda fahmlab yetilgan axborotni nutq yordamida uzatish, ya’ni nutqiy semantika muammosi; bunda grammatik qoidalardan foydalanish, ya’ni tilni ishga solish; akustik kanalni ishga tushirish imkoniyati; nutqdan muloqot va ijtimoiy aloqa vositasi sifatida foydalanish; ushbu barcha hodisalarni miya harakatiga muvofiq holda tavsiflash kabi hodisalar o‘z izohini topishi lozim1.
Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: Nutqni «rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlaming assotsiatsiya asosida bogManishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatidan o‘zgarish jarayonidir, zero, u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir»2.
XIX asrning o‘rtalaridan boshlab, nutq ontogenezi olimlarni qiziqtirib qoldi. K.D.Ushinskiy3 bolalarni ona tilida o‘qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o‘qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishlarining til bilan tafakkuming o‘zaro munosabatlarini falsafiy jihatdan chuqur anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar L.S.Vigotskiyning4 madaniy-tarixiy nazariyasiga va A.N.Leontevning5 faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga oshirilgan.
Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ulaming atrofdagi odamlar bilan muloqot jarayonlarida ro‘y beradi, degan qarashlar tizimi shakllandi. Bunda bola kattalaming nutq namunalarini sust ravishda qabul qilib olmaydi, balki u nutqni umuminsoniy tajribaning bir qismi sifatida faol o‘zlashtiradi.
A.A.Leontev12 L.S.Vigotskiy va A.N.Leontevning qoidalariga tayangan holda, asosiy faoliyat turi sifatida qaraydigan nutqiy faoli­yat shakllanishi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning qayd etishicha, bola nutqini rivojlantirish - bu eng avvalo, muloqot usullarini rivoj­lantirish bo‘lib, ularni o‘zlashtirish til qobiliyatini shakllantirishni talab qiladi.
Til qobiliyatlarini shakllantirish, bir tomondan, nerv-psixologik mexanizmlarining yetilganligi bilan, o‘zga tomondan esa, ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog‘liq.
M.I.Lisina konsepsiyasi ruhida amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, muloqot - bolada so‘zning paydo bo‘lish fakti, vujudga kelish muddatlari va bola nutqi rivojlanishining sur’atlarini belgilab beruvchi muhim omildir. Ontogenezda nutq dastlab muloqot vositasi sifatida, keyinchalik esa - fikrlash, o‘z xulqini boshqarish vositasi si­fatida rivojlanadi.
Nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurda bola nutqini ri­vojlantirish, bir tomondan, tashqi ta’sirlar bilan belgilanishi, o‘zga to­mondan esa - to‘satdan yuz berishlik, «o‘zini-o‘zi harakatga keltirish» bilan tavsiflanishi tushuniladi. Bolalarning passiv nutqni o‘zlashtirib olishlari va ularning dastlabki so‘zni aytishlari hal qiluvchi darajada quyidagi uch jihatga, ya’ni emotsional aloqalar, birgalikdagi harakat Chog'idagi aloqalar, tovushli aloqalardan iborat bo`lgan kommunika- omilga bog‘liq bo‘ladi.
Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini mu- loqotni ta’minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq o‘z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va Izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik O'zlashtirganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.
Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini o‘zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalar- xususiyatlari o‘rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini o‘rgatish metodikasi yaratiladi. F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ulaming shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakl- lantirishning turli jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan ko‘ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qo‘ydi. Ravonlikning asosiy ko‘rsatkichi sifatida so‘zlar, gaplar va fikrlarning qismlari o‘rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan to‘g‘ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan. Olimlar bolalami o‘qitishni ulaming yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakl­lantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yoilarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni o‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega:

  • ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;

  • nutqni o‘rgatish - «.. .dan to .. .gacha» kabi qattiq qoliplar to‘g‘ri kel- maydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir;

  • nutqni rivojlantirish asosida kommunikativ yondashuv bo‘lishi kerak, xususan: ona tilini o‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qo‘shilishi, o‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim;

  • o‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan o‘zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bo‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim;

  • til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yo‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur;

  • nutqni o'qitish bolalarning tilni o‘rganish bo‘yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalaming nutqini rivojlantirish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik holatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlami tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:

  • nutqni rivojlantirish - bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p omilli jarayonidir;

  • nutqni rivojlantirish - bu malakali pedagogik rahbarlikni nazar- da tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;

-bola nutqini rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning o‘ziga xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini taniashi lozim.
2.Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar. Respublikamizda maktabgacha ta’lim allaqachon davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har qanday muammo davlat miqyosida hal qilinmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyachilari bugungi kunda bolarlarni maktabga tayyorlashning bazaviy dasturi hamda tajriba-sinov jarayonida yuqori baholangan o‘quv-metodik materiallarga ega. Mazkur dasturda bolalarni jismoniy rivojlantirish, nutq va tafakkurini shakllantirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish kabi turli masalalar qamrab olingan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish metodikasini fan sifatida shakllantirishga Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina,
O.I.Solovev, A.N.Govzdev va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. Yelizavetta Ivanovna Tixeyeva (1866-1944) talantli pedagog va yirik jamoat arbobi edi. Ye.I.Tixeyeva namunali insonni tarbiyalashga yordam berish va ilk yoshdan boshlab to keksalikka qadar insonni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlaydigan pedagogik nazariyani yaratish ustida ishlagan.
Ye.I.Tixeyeva o‘z pedagogik faoliyatining dastlabki yillaridayoq bolalarni o‘qitishda ona tilining muhim ahamiyatga egaligiga e’tiborini qaratgan. K.D.Ushinskiy ta’limoti asosida‘ inqilobgacha bo‘lgan davrdayoq ishlab chiqilgan oilada, maktabgacha ta’lim tashkilotsida, maktabda bolalarga ona tilini o‘qitish jarayonida ulaming nutqini rivojlantirish metodikasi Ye.LTixeyevaning pedagogik nazariyasida markaziy o‘rin egallaydi. 1913-yilda Ye.LTixeyevaning «Ona tili va uni rivojlantirish yo‘llari» nomli asari bosilib chiqdi. Tixeyeva nutqni rivojlantirishning ahamiyati, yo‘llari va vositalariga oid muhim masalalami til madaniyatini umumiy rivojlantirish, bolalarda o‘z xalqiga, vataniga muhabbatni tarbiyalash bilan bog‘liqlikda o‘rgangan. Ye.I.Tixeyeva tilni o‘rgatishni ilk bolalik chog‘idan boshlash zarur, deb hisoblagan, chunki to‘g‘ri nutq ko‘nikmasi boshqa ko‘nikmalar singari oilada orttiriladi. Ye.LTixeyevaning fikricha, maktabgacha ta’lim tashkilotsi bolalarning aarcha qobiliyatlarini rivojlantirgan holda nutqni egallashning juda ahamiyatli va muhim qobiliyatiga e’tibomi qaratishi darkor: «Chunki nutqni muntazam o‘rgatish, nutq va tilni metodik rivojlantirish maktabgacha ta’lim tashkilotsidagi tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i lozim»6. .
Maktabgacha ta’lim tashkilotsining Ye.I.Tixeyeva tomonidan olg‘a surilgan asosiy vazifasi - bolalarning barcha qobiliyatlarini, shu jumladan nutqni egallash qobiliyatini jadal rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratishdan iborat. Ayni paytda nutqni o‘rgatish bolalar bog'chasidagi butun tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i zarur.
Ikkinchi vazifa - bolalar nutqining shakli, uning kichkintoy atrofdagilardan o‘zlashtiab oladigan narsalar tuzilmasi ustida ishlashidan iborat. .

  • Uchinchi vazifasi - bolalar nutqini rivojlantirish vazifasini tarbiyachilar zimmasiga yuklagan holda pedagog Ye.I.Tixeyeva fikriga ko‘ra, bolalar nutqini rivojlantirishning eng yangi metodlarini o‘zlashtirishi, nafaqat metodik usullami bilishi, balki ularni bolalar bilan muloqot chog‘ida qo`llay olishi ham darkor.

Ye.I.Tixeyeva o‘z metodikasida bolalar nutqini rivojlantirishga oid ishlar mazmunini hamda nutqning rivojlanishi, og‘zaki nutq rivojla­nishi ro‘y beradigan faoliyat turlarini aniqlaydi.
Mashg‘ulotlar jarayonida ushbu faoliyat turlarini yo`lga qo‘yishda Tixeyeva asosiy e’tibomi lug‘atni boyitish va ravon nutqni rivojlantirishga qaratish lozimligini ko‘rsatadi. U ko‘rgazmaviylik va kuzatishni bola nutqini rivojlantirish asosi deb hisoblaydi. Ye.I.Tixeyeva tomonidan ekskursiyalami o‘tkazish metodikasi ishlab chiqilgan, ekskursiyalarni bunday tashkil qilish, uning fikricha, bolalami bevosita tabiatga oshno qiladi, ularga jonli borliqni ulaming tabiiy munosabatlari bilan birgalikda tanishtiradi.
Ye.I.Tixeyeva nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlariga nisbatan qo‘yadigan asosiy talablari qatorida bolalar qiziqishlari va tajribalari, ulami jonli o‘tkazish, harakatlanish va sinab ko‘rish imkoniyatlari bi­lan aloqasini olg‘a suradi.
O‘z davrining ilmiy yutuqlari doirasida Ye.LTixeyeva quyidagilarni ishlab chiqqan:

  • bolalami maktabda ta’lim olishga tayyorlovchi uyushtirilgan dasturiy mashg‘ulotlami o‘tkazish metodikasi;

  • maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini, fikrlashini rivojlantirish;

  • original didaktik material tizimi va undan maktabgacha ta'lim tashkilotsida foydalanish metodikasi.

Sinchiklab ishlab chiqilgan nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha tarbiya nazariyasi va amaliyotiga qo‘shilgan ulkan hissa bo'lib, u bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ye.I.Tixeyeva tomonidan yaratilgan «Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirish» nomli kitobi bosilib chiqdi, mazkur asar mak­tabgacha ta’lim tashkilotsida bolalarga ona tilini o‘qitishga doir ishlar tashkil qilish jarayonida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi.
«Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirish» kitobida bayon etilgan amaliy tavsiyalar ta’lim tashkilotlarida hozirgi kungi kunda qo‘llanib kelinmoqda. Yevgeniya Aleksandrovna Flerina (1889-1952) maktabgacha tarbiya sohasidagi birinchi pedagogika fluilari doktori bo‘lib, u nutqni rivojlantirish metodikasini ishlab ohlqlshga katta hissa qo‘shgan.
Ye.A.Flerina umumiy estetik tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida badiiy o'qish muammolari bilan shug‘ullangan.
Bolalar bilan ishlash va o‘qituvchilik borasidagi o‘z tajribalarini Ye.A.Flerina «Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida jonli so‘z» nomli maktabgacha tarbiya yo‘nalishidagi bilim yurtlari va institutlar uchun birinchi o‘quv qo‘llanmasida aks ettirgan. Ushbu qo‘llanmaning asosiy bo‘limlari og‘zaki nutq, suhbat, badiiy o‘qish va bolalarga hikoya qilib berish hamda bolalarning o‘zlari hikoya qilib berishlariga bag‘ishlangan. Ayniqsa, Ye.A.FIerinaning badiiy asarga san’at asari sifatida katta e’tibor bergani, badiiy matnni o‘quvchiga yetkazishning turli usullarini, jumladan o‘qilgan asar bo‘yicha suhbat o‘tkazish usulini ishlab chiqqanligi juda qimmatlidir7. Ilmiy va amaliy xodimlarning aniq maqsadni ko‘zlagan holda asta-sekinlik bilan olib borgan ishlari natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ona tilini o‘qitish tizimi shakllandi. Tarbiyachilar uchun ona tiliga doir qo‘llanmalar, ta’lim tashkilotlaridagi eng yaxshi ish tajribalari haqida maqolalar to‘plamlari muntazam ravishda chop etila boshlandi. 1956-yili mak­tabgacha tarbiya yo‘nalishidagi pedagogika bilim yurtlari uchun bi­rinchi marta «Bolalar bog‘chasida nutqni rivojlantirish va ona tili­ni o‘qitish» nomli o‘quv qo‘llanmasi dunyo yuzini ko‘rdi. Mazkur qo‘llanma muallifi O.I.Soloveva edi. 50-60-yillarda nutqni rivojlan­tirish metodikasida yangi bo‘lim - grammatika : to‘g‘ri nutqni shakllantirishga katta e’tibor berila boshlandi. Ushburmasalani yoritishga pro­fessor A.N.Gvozdev ulkan hissa qo‘shdi, u o‘zining «Bolalar nutqni o‘rganish masalalari» nomli kitobida (1961) bolalarning ilk yoshdan boshlab grammatik tuzilishni o‘zlashtirib olishlarining qonuniyat- larini ochib bergan. Ye.A.Flerina «maktabgacha yoshdagi bolalami o‘qitish muammosini tor darajada hal etish»ning xavfliligi haqida ogohlantirgan, maktabgacha yoshdagi bolani o‘qitishning o‘ziga xos- ligini ta’kidlagan: «Bolalar bevosita hayot bilan muloqotga kirishish yo‘li bilan, tengdoshlari va kattalar misolida hamda mashg'ulotlar va maxsus mashg‘ulotlarda tarbiyachining ko‘rsatib o‘tishi orqali o‘qib o‘rganadilar». U o‘zining tarbiya tizimida san’atga va undan har xil faoliyat turlarida, shu jumladan badiiy-nutqiy faoliyatda bola imkoniyatlarini rivojlantirish uchun foydalanishga asosiy o‘rinni bergan. A.P.Usova maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning umumiy nazariyasini ishlab chiqqani holda unda ona tilini o‘qitishga alohida o‘rin bergan. Uning fikricha, ta’lim jarayonining o‘zi to‘g‘ri nutqiy rivojlanish kafolati bo‘lib xizmat qiladi, chunki «bolalarning nutqiy rivojlanishiga shunday sifatlami kiritadiki, ular odatda, oddiy sharoitlarda zaif rivojlanadilar». Ta’lim nutq rivojlanishi qonuniyatlari to‘g‘ri hisobga olingan taqdirda u barcha bolalar nutqining maqbul darajada rivojlantirilishini ta’minlaydi, hisoblaydi A.P.Usova. U bo- lalaming mustaqil ravishda egallab olishlari qiyin bo‘lgan hikoya qilib berish qobiliyatini shakllantirishga alohida ahamiyat bergan. A.P.Usova ona tili bo‘yicha dastumi o‘zlashtirish uchun barcha bo­lalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish lozim, deb hisoblagan. Ayni paytda u mashg‘ulot o'tkazish metodikasini ishlab chiqish uchun ham ko‘p ishlami amalga oshirgan.
Tadqiqotchilarning asosiy e’tibori nutqiy mashg‘ulotlar mazmu­ni va metodikasiga qaratildi, bu asta-sekin Ye.A.Flerina ogohlantirgan «nutqni o'rgatish» tushunchasining torayishiga, amaliyotda esa

  • nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar ahamiyatining oshishiga olib keldi. 60-70-yillarda bolalar nutqini rivojlantirish masaalalarini o‘rganish ishlari faollashdi.

Hozirgi paytda bolalarning yuqori darajada aqliy va nutqiy rivojlanishini, ulaming til qobiliyatlari shakllanishini ta’minlash imkonini beruvchi bolalar o‘quvini tashkil etishning maqbul shaklini qidirish ishlari olib borilmoqda. Nazariy va amaliy tadqiqotlarda bunday o'quvning mazmuni va shakllari haqidagi masalalar hal etiladi.
Til mahorati muvaffaqiyatii ta’limning eng yaxshi bashoratchisi; boshlang‘ich maktabning dastlabki 2 yilida tilning rivojlanishi bolaning xarakteristikasini oldindan aytib beradi. Aks holatda til o‘rganishdagi qiyinchiliklar o‘quv muvaffaqiyatsizligi bilan bog‘liq: nutqi va tilida muammosi bor bo­lalar maktabga ilk qadam qo‘yganda eng katta qiyinchiliklar ulaming savod chiqarishi bilan bog‘liq. Tili yaxshi rivojlanmagan bolalarda 5 yoshda 7 yoshdagiga nisbatan muvaffaqiyatsiz ta’lim ehtimoli katta bo‘ladi8 (Edited by Mary Rafferty «Abrief review of approaches to oral language development» USA 2014 y.)
3.Maktabgacha ta’lim me’yoriy hujjatlari asosida bolalarni tarbi­yalash. Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalaming yutuqlari asosida kadrlar. tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlydi. Maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilami amalga oshirish lozim bo‘ladi:

  • malakali tarbiyachi va pedagog kadrlami ustuvor ravishda tayyorlash;

  • maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;

  • bolalarni maktabga oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;

  • zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalami xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarining har xil turlari uchun turli usullardagi dasturlami tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;

  • maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish tashkilotlari tarmog‘ini qo‘llab-quwatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab ohiqish kabi vazifalami maqsad qilib qo‘yadi.

Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi:

  • bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihat­dan tarbiyalash;

  • bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ulami muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash;

  • bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;

  • bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib belgilaydi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yasli va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek, turli yosh­dagi bolalar qabul qilinishi mumkin.
Guruhlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi:

  • 1 yoshdan 2 yoshgacha -10 ta.

  • 2 yoshdan 3 yoshgacha - 15 ta.

  • 3 yoshdan 6—7 yoshgacha - 20 ta.

  • Turli yoshdagi guruhlarda 15 ta.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududlarini demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ularning yo‘nalishlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • bolalar yaslisi, bolalar bog‘chasi, bolalar yasli bog‘chasi, xonadon bolalar bog'chasi (ham mustaqil tashkilot sifatida, ham filial sifatida);

  • bog‘cha maktab tashkilotsi;

  • tarbiyalanuvchilaming bir yoki bir necha ustuvor yo‘nalishlarda rivojlantiradigan (til o‘rganish, badiiy estetik, sport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha) maktabgacha ta’lim tashkilotsi;

  • tarbiyalanuvchilaming jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklami bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshimvchi maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotsi;

  • sanitariya-gigiyena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlari va muolajalari ustuvor ravishda amalga oshiriladigan sog‘lomlashtimvchi maktabgacha ta’lim tashkilotsi;

  • aralash turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti.

Maktabgacha ta’lim tashkilotsi turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotsiga bolalarni qabul qilish tartibi, ularni bir tashkilotdan ikkinchisiga ko‘chirish, tashkilotdan chiqarish davlat tashkilotlarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa, tashkilotning Ustavi bilan belgilanadi.
Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari mayjud bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari yoki guruhlar tashkil etish ham maktabgacha ta’lim tashkilotsi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatib o'tilgan.
Har bir sohada bo‘lganidek, maktabgacha ta’lim tizimida ham maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar.
Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolati davlat organlari tomonidan pedagogik kadrlami tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlnb turish ta’minlanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik kadrlarning o‘quv pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim tashkilotsi turiga davlat talablaridan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bel­gilanadi. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalami, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallami joriy etish uchun shart-sharoitlami ta’minlaydi.
Pedagogik kadrlaming o‘zaro munosabatlari hamkorlik, demokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof etish pedagogikasi asosida quriladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi-maktab­gacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tivsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim tashkilotsi sifatida shakllandi; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining eng muhim funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salo- matligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilami maktab ta’limiga muvaffaqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi- boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktab­gacha ta’lim tashkilotlari ham faoliyat yuritmoqda.
4.Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik shart-sharoitlari. Ta’lim tizimidagi islohotlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bolalar nutqini shakllantirish, xususan, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish metodikasi va amaliyotida o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etadi. Bu o‘zgarishlar me’yoriy o‘quv-metodik adabiyotlarda muayyan darajada o‘z aksini topgan. Lekin, ularga hozirgi talablar nuqtayi nazaridan tanqidiy yondoshmoq talab etiladi.
Metodist olimlarning ko‘pchiligi bolalar bog‘chalarida bolalar­ning nutqini o‘stirish shartlarini to‘g‘ri ta’kidlaydilar. Mazkur mualliflarning fikricha, nutq madaniyatining kamchiliklari bola shaxsiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, bola tengdoshlari bilan muloqotda qo‘rs, odamovi, quntsiz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, bunday bola da tevarak-atrofni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish pasayadi, keyinchalik esa maktabda darslami o‘zlashtira olmaslikka sabab bo‘ladi.
E’lon qilingan tadqiqot ishlarini umumlashtirib o‘rgangan holda ulaming ko‘pchiligida maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini shakllantirishga oid vazifalami hal etishga nisbatan quyidagicha yagona yondashuv zaruriyatini aniqladik:

  • tovushlami to‘g‘ri talaffiiz qilishni shakllantirish (bolada avvalo nutq eshitish shakllanadi, talaffuzni u keyinroq egallaydi);

  • aniq talaffuz hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona-dona hamda aniq talaffuz qilish);

  • so‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash;

  • nutqning orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash (bu namunaviy adabiy talaffuz qoidalarining jami);

  • nutq sur’atini rivojlantirish;

  • nutqning ifodaliligini shakllantirish (nutqning tabiiy, erkin, ya’ni nutqning ongli ifodalanishi);

  • nutqiy aloqa ko‘nikmalarini tarbiyalash;

  • nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • nutqiy nafas olishni shakllantirish;

  • o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish malakasini shakllantirish.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda tarbiyachi va ota-onalaming roli benihoya kattadir.
Bolalar nutqi ustida ishlash jarayonida:

  1. tengdoshlari bilan suhbatda xushmuomala bo‘lishlariga;

  2. tabiiy ohangda gapirishlariga;

  1. so‘zlashganda suhbatdoshining yuziga qarab turishlariga;

  2. qo‘llarini bamaylixotir holatda tutib turishiga e’tibor bermoq zarur.

Bizga ma’lumki, idrok bilan tafakkur o‘rtasida uzviy aloqa mavjud,
ular bir-birisiz yashanaydi.
Manbalar tahlili shuni tasdiqlaydiki, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning so‘z boyligini rejali, tarzda izchil kengaytirib borish zarur.
Bolalar nutqini to g‘ri rivojlantirish uchun:

  1. nutq o‘stirishga doir tevarak-atrof obyektlarini oldindan ajratish va ular bilan tanishtirish;

  2. bolalarning eslab qolishi va to‘g‘ri talaffiiz etishi, so‘zlashganda tez-tez foydalanishi, ahamiyatini tushunishi, zarur bo‘lgan so‘zlarning taxminiy ro‘yxatini tuzish lozim. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning faol lug‘atini boyitishda ulami tevarak-atrof bilan tanishtirish muhim vosita sanaladi, tadqiqotchi A.M.Borodich shunday deb yozadi: «Bolalarni borliq bilan tanishtirishning ikkita yo‘li bor»:

  1. hissiy organlar bilan tashqi olamni bevosita idrok etish - bolalar predmetlarni kuzatadilar, ushlab ko‘radilar, eshitadilar, tatib ko‘radilar, u bilan harakat qiladilar;

  2. bolalar tevarak-atrofdagilar haqida bevosita ma’lumot oladilar; tarbiyachi mehnat kishilari to‘g‘risida, tabiat bilan bog‘liq hayot haqida gapirib beradi, bolalar kuzatgan hodisalami tushuntiradi, kitob o‘qib beradi, rasmlar, diafilmlar, kinofilmlar namoyish etadi.

Xuddi mana shu tavsiyalar maktabgacha yoshdagi bolalar bilib oladigan tevarak-atrof obyektlarini tasniflash uchun asos sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birga, bolalarda faol va passiv lug‘at boyligi asta-sekin ortib boradi, nutq rivojlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigari, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlami asta-sekin tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi. Bola o‘sib boradi, uning ehtiyojlari ko‘payadi, yangi istaklari, qiziqishlari paydo boiadi.
Biroq tarbiyaning aqliy, axloqiy, mehnat va boshqa turlari bir maromda (bolaning yoshiga muvofiq) amalga oshishi uchun maktab­gacha yoshdagi bolalar lug‘atidagi so'zlar miqdori ustida yetarlicha o‘ylab ko‘rilmaydi. Afsuski, bu masalaga tadqiqotchilar tomonidan ham tegishli darajada e’tibor berilmaydi. Ta’limiy-tarbiyaviy jihat­dan nihoyatda dolzarb bo‘lgan bu muanmo nazariy-metodologik va metodik jihatdan tadqiq etilmagan va ishlanmagan.
Hozirgi davr tadqiqotchilari maktabgacha yoshdagi bolalar uchun (shu jumladan, nutqni rivojlantirish bo‘yicha ham) namunaviy faol va passiv so‘zlar lug‘atini (hech bo‘lmaganda taxminiy) tuzishlari ham kun tartibidagi dolzarb masaladir. Ayniqsa, 5, 6 va 7 yoshdagi bolalar uchun lug‘atlar tuzish nihoyatda muhimdir. Shu bilan birga, nafaqat so'zlaming miqdoriy tarkibini aniqlash (1500,2000 yoki 3000 - 4000 so‘z), balki ulami mavzular va hayotiy ahamiyati bo‘yicha ham hi- sobga olish muhimdir.
Shunday qilib, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rejali tarzda rivojlantirish uchun nafaqat tevarak-atrofni o‘rganish, obyektlami asosli ravishda tanlash, balki ayni paytda eng ahamiyatli so‘zlami ulaming mavzu jihatdan xilma-xilligi (ya’ni sifat tarkibi, ma’nosi) bo‘yicha o‘rganishni ta’minlash ham dolzarb masaladir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o‘rganishda nutqini rivojlantirish uchun nazarda tutish lozim bo‘lgan so‘zlami mavzu jihatidan guruhlarga quyidagicha bo‘lish mumkin:

  • ota-onalar, qarindosh-urug‘lar, tengdoshlar bilan bog‘liq so‘zlar;

  • maishiy predmetlar, o‘yinchoqlarni anglatadigan so‘zlar;

  • bola yashab turgan joydagi predmetlar va boshqa narsalami ang­latadigan so‘zlar;

  • hovli, ko‘cha, xiyobon, bog‘, tomorqadagi narsa-predmetlarni anglatadigan so‘zlar;

  • hayvonot olami, qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlami an­glatadigan so‘zlar;

  • jonsiz tabiat obyektlarini anglatadigan so'zlar;

  • inson kasb faoliyatining har xil turlari (kasbi, ixtisosi, ish turlari va hokazo)ni anglatadigan so‘zlar;

  • buyumlar, moslamalar, asbob-uskunalar, mashinalar, materiallar va hokazolarni anglatuvchi so‘zlar;

  • pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, tarix (axloq, ma’naviyat, qadriyat) kabilar bilan bog‘liq so‘zlar;

  • ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha katta yoshdagi
bolalar ayrim so‘zlami o‘rganish bilan bir qatorda, iboralarni (osmonda yarim oy, oyoq yalang) ham talaffuz qilishni o‘rganishlari ularning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga samarali ta’sir ko‘rsatar ekan.
Ma’lumki, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlanti­rish faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladi:

  • tabiat obyektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;

  • badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;

  • savod o‘rgatishda;

  • o‘yin faoliyatida;

  • ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlaming bajarilishida.

Tadqiqotchilardan L.P.Fedorenko va G.A.Fomichevalar metodik jihatdan muhim g‘oyani ilgari suradilar: «Bolani nutqqa o‘rgatish, - deb yozadi ular, - unga til materiyasini (nutq organlarini mashq qildirish) til belgilari, leksik va grammatik belgilar (intellektni mashq qildirish) ma’nosini tushunishni osonlashtirish, leksik va grammatik belgilar yordamida (ehtiros va tuyg‘ ulami mashq qildirish) borliqni baholashni ifodalashni o‘rgatish, adabiyot me’yorlarini eslashni osonlashtirishga ko‘mak berish demakdir».
Bola tomonidan nutqni o‘zlashtirishga asosli yondashuv bilan kelishgan holda biz shunga e’tiborimizni qaratdikki, qo‘llanma mualliflari tez-tez «yordam berish», «mashq qildirish» va boshqa iboralami qo‘llaydilar-u, biroq qay tarzda yordam berish, mashq qildirish mumkinligiga kam e’ibor qaratadilar.
Nutq o‘stirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilmagan mashqlar bolalaming bog‘lanishli nutqini o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmasligi mumkindir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va ularga ona tilini o‘rgatish sohasidagi psixologo-pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:

  • Nutqni rivojlantirish - bu bolaning individual rivojlanishida markaziy o‘rinni egallovchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishiga oid o‘ta murakkab va ko‘p omilli jarayondir.

  • Bu stixiyali jarayon emas, balki pedagogik rahbarlikni taklif qiluvchi ijodiy jarayondir.

  • Bolaning nutqiy rivojlanish jarayonini boshqaruvchi pe­dagog ushbu jarayon qonuniyatlari, mexanizmlari va uning turli yosh bosqichlaridagi xususiyatlarini bilishi, nutqiy rivojlanishning indivi­dual xususiyatlarini ko‘ra bilishi va bolaning o‘ziga xos xususiyatla­rini hisobga olgan holda uning nutqiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi shart.

«Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivoj­lantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi.
Yetti yoshga kelib, bola odatda, nutqning barcha grammatik shakllarini, ya’ni: otlarni turlash, eng ko‘p qo'llaniladigan fe’llarni tuslashni bilishi lozim. Harakat belgisini (kenglik, vaqt, harakat obrazi) tavsiflash uchun ular ravishlardan foydalanadilar, buning uchun bola­lar ulami so‘z birikmasi va gap qatorida qo‘llaydilar: tez yurdi, sekin gapirdi, chapga burildi va boshq.
Yetti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z ma’nosida, balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi. Shunisi diqqatga sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, devordan uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old ko'makchini obyektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar (onamning sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz yoshlarga kelib, bola sabab ma’nosini ifodalash uchun «dan» old ko'makchisidan foydalanishi mumkin (qo‘rqanidan qichqirib yubordi, og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi).
Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy gaplami, bir xil a’zoli gaplami to‘g‘ri tuzadi, bunda u biriktiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog‘lovchilami qo‘llaydi; u o‘z nutqida qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa turli xil sintaktik munosabatlami ifodalovchi ergashgan qo'shma gaplardan foydalanadi: qo‘shimcha gaplar - «Kamol nima ko'rganligimizni so‘radi»; maqsadli gaplar - «Biz oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gaplar - «Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.
O‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.
Aynan bir fikmi turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga doir ishlaming asosiy turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bolalar o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni tahlil qilishda qator gaplami tuzish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Xursand bo‘lib, bolalar osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalar bitta fikmi turlicha ifodalash imkonini beradi. Mashg‘ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir-birining o‘mini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi.
Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didaktik o‘yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. Bitta fikmi ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ishlar yetti yoshli bolalarda grammatik to‘g‘ri nutq ko‘nikmalarini shakllantirishda asosiy o‘rinni egallashi lozim.
Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlami qo‘llashni o‘rgatish ular nutqini rivojlantirishga doir ishlaming ikkinchi yo‘nalishi bo‘lishi mumkin.
Bolalar nutqiga sifatdosh shakllami kiritish uchun bolalar, kattalar, hayvonlar, qushlaming turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan foydalanish mumkin (o‘qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugurayotgan quyon va h.k.).
Bolalar surat asosida gap tuzadilar: «Bola o‘qiyapti». Tarbiyachi o‘qiyotgan bola so‘z birikmasini tuzishga yordam beradi. Tarbiyachi so‘z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so‘ngra bolalardan so‘raydi: «Qaysi bola?» - «O‘qiyotgan bola».
Mashg‘ulot uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llarni olish va ulardan hozirgi zamondagi haqiqiy sifatdoshlami hosil qilish darkor. Bolalarga hech qanday atamalar ma’lum qilinmasligi kerak, bunda ulaming ayrim sifatdoshlami esda saqlab qolishlari va zamr bo‘lganda ulami o‘z nutqiga qo‘sha olishlari juda muhimdir.
Bolalarning sifatdoshlami qo‘llashlariga oid ishlar tabiatni kuzatish chog‘ida, rasm chizish mashg‘ulotlarida, badiiy adabiyotni o‘qish jarayonida o‘tkazilishi mumkin. Bunda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

  1. Predmetni, lining belgilarini ko‘rsatish va nomini aytishni ulaming mohiyatini ochib beradigan izohlar bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Masalan, tushayotgan barg so‘z birikmasida - bu tushayotgan bargdir. Bolalarga tanishtiriladigan sifatdoshlami yaxshisi, oldin alohida-alohida, keyin jo‘r bo‘lib aytgan ma’qul.

  2. Muayyan so‘zning hosil bo‘lishini tushuntirib berish: «chizayotgan» so‘zi chizmoq so‘zidan, «raqsga tushayotgan» so‘zi raqsga tushmoq so‘zidan hosil bo‘lganligini aytish lozim.

  3. Sifatdoshga savollar qo‘yish: «Dala qanday, sarg‘ayaptimi?»

  • «Sarg‘ayapti».

  1. Ot va sifatdoshdan iborat bo‘lgan so‘z birikmasi asosida gap tuzish: «sarg‘ayayotgan barglar - olmaning sarg‘ayayotgan barglari ko‘rinib turibdi», «varillayotgan samolyot - varillayotgan samolyot shahar ustidan uchib o‘tdi» va h.k.

Agarda o‘qilayotgan asar matnida sifatdosh uchrasa, bolalarning uni hikoya qilib berishida mazkur sifatdoshni u taalluqli bo‘lgan otlar bilan birgalikda qo‘llashlariga, tarbiyachi savol berganida esa ushbu sifatdosh hosil bo‘lgan fe’l nomini ayta olishlariga e’tibor berish juda muhimdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarga mustaqil hikoya- tavsiflar (o‘yinlar, narsalar bo‘yicha) yoki syujetli suratlar turkumi asosida hikoyalar tuzishni o‘rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlami o‘tkazishda tarbiyachi bolalarning o‘zlariga ma’lum bo'lgan barcha grammatik shakllami qo‘llashlariga erishishi lozim: Otlarning kelishik shakli va sifatlar, sifatlar to‘liq va qisqa shaklda, sifatlami taqqoslash darajalari (yuqori, baland, eng baland); fe’llarning tuslanadigan shakllari; eng keng tarqalgan ravishlar (o‘ngga, chapga, oldinga, orqaga, bu yerda, anavi yerda, yuqorida, pastda, yaxshi, tez), hozirgi zamon haqiqiy sifatdoshlari; old ko‘makchilar va bog‘lovchilar. Bolalar nutqining sintaktik qatorini rivojlantirar ekan, tarbiyachi bolalarning oddiy gaplarni, bir xil a’zoli, oborotli gaplarni, qo‘shma gaplarni to‘g‘ri tuzishlariga e’tibomi qaratishi lozim. Faqat yuqorida ko'rsatib o‘tilgan barcha grammatik shakllami o‘zlashtirgan taqdirda- gina bola maktabda o‘qishjra yaxshi tayyorlangan bo‘ladi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin