2. Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ravon nutqqa o’rgatish.
Tayanchtushunchalar: nutq, ravon nutq, mashg’ulot, monologik nutq, diologik nutq, nutqning shakllanishi, nutq madaniyati.
1. Ravon nutq tushunchasi. Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlariga erta ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari o‘z zimmasiga olgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bilimlarni berish shakli asosan o’yin va qiziqarli jarayonlarga boy mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotlar jarayonida bolaning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik qirralari sayqallanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda undagi psixologik va intellektual jihatlari rivojlanib boradi. Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish uchun, avvalo, bolalarning tinglash faoliyatini nazoratga olish zarur. Ya’ni, ularga tinglash va tushunish uchun sharoitlar yaratilinganmi, tinglab tushunish uchun ularga yetkazilib berilayotgan axborot beruvchining nutqi sog’lommi bu albatta, ahamiyatli. Nutq qanchalik sof, toza, sog’lom bo’lsa yetkazilinayotgan axborot ham ishonchli, ham qabul qiluvchi tomonidan to’g’ri tushuniladi. Shuning uchun ham nutq, aynan ravon nutq borasida gap ketganda, nafaqat bolalar, balki avvalo tarbiyachilar nutqi bilan muammo bo’lmasligi lozim.
Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin ro‘y beradi. Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichki individual va umuminsoniy. Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to‘g‘ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o‘zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi.
“Bola, — degan edi K. D. Ushinskiy, — ilk yoshlik chog'idanoq xalq madaniyati elementlarini o'zlastfira boshlaydi, bularni avvalo, ona tilini bilish yoli bilan o'rganadi. Shu bois, bizning fikrimizcha, oilada, bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ona tilidan o'rinli foydalanmoq zarur". Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta. Butun dunyo xalqlarining xoh siyosiy, xoh madaniy taraqqiyotini tilsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Chunki til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat esa aloqasiz rivojlanmaydi.
Bog'chada ta'lim berish samaradorligini oshirish. bolalarni mustaqil ta'lim olishga (maktab ta'Iimiga) tayyorlash, yangi jamiyatning ongli quruhchilarini tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifalarni hal qilishda ona tili asosiy o'rin egallaydi.
So'z boyligi bolaga barcha mashg'ulotlarda beriladigan bilimlarni tez va puxta o'zlashtirib olish va bu bilim, tushunchalarni nutq orqali ifodalash imkonini bcradi. Bu, o'z navbatida, bola kamoloti uchun ham keng y’l ochadi. Bilimlarni puxta egallashga, uni sekin-asta hayotga tatbiq etishga ham o'rgatadi. Ona tili aqliy tarbiyaning manbayi va vositasi hamdir. Eski o'zbek adabiy tili o'zbek xalqning buyuk mutafakkiri Navoiy asos solgan va keyinchalik Muqimiy, kabi demokrat shoirlar tomonidan rivojlantirilgan adabiy tildir. Bu adabiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklar o'zbek xalqi va uning tili taraqqiyot tarixini o’rganish uchun manba bo’lishi bilan birga, hozirgi zamon o’zbek adabiy tili uchun ham asos bo’lgan. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tili eski o'zbek adabiy tilining davomi, uangi sharoitda o'zbek xalqining iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida har tomonlama boyigan shaklidir.
Bolalar o‘rtasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga ega. Dialog ko‘pincha shunday shaklga olib boriladiki, bunda bola sherigining qisqa luqmalariga harakat bilan javob beradi yoki ro‘y berayotgan hodisaga nisbatan o‘z munosabatini nonutqiy vositalar yordamida ifodalaydi. Ular orqali bolalar bir-biriga e’tibor berishni, do‘stlarini tovushidan bilib olishni, tashqi ko‘rinish detallarini sezishni, nutqiy muloqot qilishni o‘rganadigan ko‘plab xalq o‘yinlari mavjud.
Dialog muloqotini yo‘lga qo‘yish uchun stol o‘yinlari va chop etilgan («loto», «domino») o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Juft bo‘lib o‘ynashda bolalar dialogik hamkorlik qilish usullarini: navbatga rioya qilish, bir-biriga xushmuomalalik bilan murojaat qilish, o‘z nuqtai-nazarini dalil-isbotlar bilan himoya qilish, fikrlarini sherigi bilan muvofiqlashtirishni o‘rganadilar. Bunday o‘yinlarda biluvchanlikning asosi sifatida nutqiy topshiriqlarning har xil turlari ishtirok etishi mumkin, masalan: berilgan tovushli so‘zlarni tanlab olish, akustik vaartikulyatsion jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlarni tasniflash, rasmlar turkumi asosida birgalashib hikoya qilish va h.k. Monologik nutqni rivojlantirish Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi (boshi, o‘rtasi, ohiri) haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikrning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvurni shakllantirishi zarur. Aynan ushbu ko‘rsatkich (gaplar o‘rtasidagi aloqa vositasi) nutqiy fikrning ravonligini shakllantirishning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok etadi.
Har qanday tugallangan fikrda iboralarni bog‘lashning keng tarqalgan variantlari mavjud bo‘ladi. Gaplarni bog‘lashning eng keng tarqalgan usuli – bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, sinonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositalari hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang-barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so‘zni qayta takrorlashdan qochadi. Pedagog bolalarga gaplarni parallel ravishda bog‘lashni o‘rgatishi zarur, bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto qarama-qarshi qo‘yiladi (Kuchli shamol esardi. Quyon iniga yashirinib oldi).