Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Mashg‘ulotlarni rejalashtirish ishlari



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə7/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   126
4. ДАРСЛИК

2.Mashg‘ulotlarni rejalashtirish ishlari. Mashg’ulotlarni rejalashtirishda bolalarni o’qish va yozishga o’rgatish dasturining hamma bo’limlarini hisobga olish lozim, yangi materiallarni tanishtirish jarayonida ilgari o’tilgan, bolalarga tanish bo’lgan material, albatta, takrorlanadi. Birinchi qismda yangi material o’tiladi, ikkinchi qismda esa avval o’tilgan material mustahkamlanadi.
Mashg’ulotlar tuzilishi jihatidan aralash xususiyatga ega bo’ladi. Yangi materialni e’lon qilash mashqlar o’tkazish, mustahkamlash uchun o’yinlar tashkil etish, yakunlash. Mashg’ulotning 1 – qismi 15 – 20 daqiqa va 2 – 3 – qismlari 5 – 7 daqiqadan o’tkaziladi. Mashg’ulotning mazmuniga qarab uning 2 – yoki 1 – qismi tanlanadi. Mashg’ulotlar bolalardan aqliy zo’riqishni va diqqatni talab etadi. Shuning uchun bunday mashg’ulotlarda nutqdan gapni, gapdan so’zlarni ajratib, so’zlarni bo’g’inlarga bo’lish mashqlari 2 – qismda rejalashtirilmay, balki tovushga taqlid qiluvchi fonematik idrokni rivojlantirishga yordam beruvchi o’yinlar o’tkaziladi. Odatda, rasmlarga doir suhbat, narsa – buyumlarni ko’rib chiqish, rasmlarga doir hikoya tuzish ko’proq mashg’ulotlarning ikkinchi qismida bolalarning gap, so’z, bo’g’n haqidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida rejalashtiriladi. Badiy adabiyot bilan tanishtirish mashg’ulotidan keyin o’qish va yozishga o’rgatishga doir mashq rejalashtirilmaydi.
Mashg’ulotning birinchi va ikkinchi qismi mavzusi, materiallari bir – biriga o’xshash yoki biri ikkinchisiga bog’lanmagan bo’lishi mumkin. Mashg’ulotlarni rejalashtirishda, tarbiyachi bolalarning aqliy zo’riqishlarini hisobga olishi zarur. Agarda topshiriq katta aqliy zo’riqishni talab qilish bilan bog’liq bo’lsa, u vaqtda o’qish va yozishga o’rgatish bo’yicha mashq va o’yinlar uchun ko’rgazmali qurollar tanlanadi.
1 yoshu 1 oylik, 1 yoshu 3 oylik. O’ziga tanish bo’lgan odamlarning nomini biladi, narsalarni taniydi O’z harakatlarini guvranish orqali bajaradi. Katta va kichik narsalarni ajratadi Oldindan o’rgangan narsalar bilan harakat qiladi (qo’g’rchoqni ovqatlantiradi)
1 yoshu 4 oylik, Narsalarni umumuy belgilari bo’yicha umumlashtiradi. Yordamchi so’zlar bilan narsa va harakatlarni nomlaydi Shakillarning uch – to’rt xilini biladi O’yinda alohida harakatlarni bajaradi
1 yoshu 7 oylik, 1 yoshu 9 oylik, Murakkab bo’lmagan voqeaband rasm orqali hikoyani tushunadi, kattalarning savollariga javob bera oladi . O’z harakatlarini 2 – 3 so’z bilan ifodalaydi. Katta - kichik narsalarni ajrata oladi. Murakkab bo’lmagan qurilmalar qura oladi
1 yoshu 10 oylik, 2 yosh Bola tajribasidan olingan kattalarning qisqa hikoyasini tushunadi Kattalar bilan muloqatda 3 ta so’zdan iborat sifat, olmosh gaplarni ishlatadi 3 – 4 xil rangdagi narsalarni ajrata oladi Ketma – ket harakatlarni bajara oladi
Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi o’z vazifalaridan kelib chiqqan holda, pedagogic jarayonning yo’nalishlarining mavqeiga, moddiy – texnikaviy bazasiga, pedagogic jamoaning holatiga qarab aniqlab oladi. Ammo maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy maqsadi “Ta’lim to’g’risidagi” Qonunda va maktabgacha ta’lim muassasasi Nizomida belgilab berilgan. Bu hujjatlarda ko’rsatilgan asosiy maqsad va vazifalarni quyidagicha izohlash mumkin:
bolalarning jismoniy va psixologik salomatligini saqlash va mustahkamlash;
har bir bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning jismoniy, aqliy va shaxsiy jihatdan rivojlantirish;
ota – onalarga bolalarini tarbiyalashda yordam berish.
Bu maqsadga erishish borasida rivojlantirish dasturi va maktabgacha ta’lim muassasasining yillik rejasiga tayanar ekan tarbiyachi aniq masalalarni echimini topish yo’llarini izlaydi. Guruhdagi ta’lim – tarbiyaviy ishni maqsad va vazifalarni belgilashda qo’yilayotgan maqsad va vazifalar aniq, ravshan va maqsadga muvofiq bo’lishi kerak. Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun, unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish zarur.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivoj-lantirishga doir mashg‘ulotlarni didaktik o‘yinlar, ermak o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari shaklida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko‘ngilochar tusga, balki albatta ta’lim tusiga ega bo‘lishi lozim.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivoj-lantirish emotsional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usullari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur.
5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar muayyan vazifaga ega — ya’ni, u bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ko‘zda tutadi.
Mashg‘ulotlarda pedagog nutqiy vazifalardan tashqari o‘quv faoliyatini yo‘lga qo‘yish qobiliyatini shakllantirish (diqqat-e’tiborli bo‘lish, pedagog topshirig‘ini tinglash, tushunish va uni aniq bajarish, bolalar jamoasi oldida fikr yurita bilish, tengdoshining javobiga baxr bera olish va h.k.) vazifasini ham bajaradi.
To‘g‘ri ta’lim berilgan taqdirda etti yoshga kelib bola og‘zaki nutqni egallaydi hamda katta yoshli yaqinlari va tengdoshlari bilan erkin muloqotga kirisha oladi, dialogda tashabbus ko‘rsatib fikr bildiradi, suhbatdoshi e’tiborini o‘ziga jalb qilish, unga so‘z, harakat va so‘zsiz usullar bilan javob bera olishni biladi, fikrlarini to‘liq va noto‘liq oddiy gaplar, qisqa matnlar shaklida ifodalay oladi.
Bolalardagi ko‘plab nutqiy muloqot va ko‘nikmalar mashg‘ulotlardan tashqarida shakllanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari, tarbiyachi yordamchisi va boshq.) bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Mehnat jarayonida — xo‘jalik-maishiy, qo‘l va qishloq xo‘jaligi mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi.
Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agar pedagog, ayniqsa kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharxlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug‘atdan foydalanishni o‘rgatsa bolalarning lug‘ati boyiydi. Agarda pedagog o‘z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og‘zaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi.
Makgabgacha ta’lim muassasasida nutqni rivojlantirishning muhim vositasi sifatida badiiy so‘zdan tashqari tasvirsy san’at, bayramlar va tomoshalardan foydalaniladi. Ularning qimmati shundaki, u ijobiy hissiyotlarni hosil qiladi, bu esa o‘z navbatida tilni o‘zlashtirish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Quvonch hissi, hayajonlanganlik, ko‘tarinkilik holati, g‘ayrioddiy narsani kutish bolalarning qabul qilish qobiliyatini oshiradi, materialni eslab qolishni kuchaytiradi, bolalar nutqining ifodaliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Suratlar, amaliy san’at buyumlarini tomosha qilishda bolalar ko‘p savol beradilar, olgan taassurotlarini atrofdagilarga aytishga oshiqadilar.
Namunali nutqqa ega bo‘lish — bu tarbiyachining kasbiy tayyorgarligi darajasidir. Shuning uchun o‘z nutqini takomillashtirish haqida qayg‘urish — bo‘lajak pedagogning axloqiy va ijtimoiy burchlaridir. U o‘zida barcha nutq ko‘nikmalarini mukammal shakllantirishi va uni kelgusida bolalarga berishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalar, atrofdagilarga taqlid qilganlari holda nafaqat to‘g‘ri talaffuzni, so‘zni qo‘llash, iboralar tuzish sirlarini, balki kattalarda uchraydigan nutq nomukammalliklarini ham o‘zlariga qabul qilib oladilar.
3. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish. Bola tilining grammatik tizimini o‘z vaqt da shakl­lantirish - uni to‘laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.
Tilning grammatik tizimini bola predmetli harakatlami o'zlashtirish bilan uzviy bog‘liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so‘zlarni rodlar, sonlar, kelishiklarga qarab o‘zgartirish), so‘z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir so‘z negizida boshqa so‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo‘shma gaplarni tuzish) ustidagi ishlarni o‘z ichiga oladi.
Bolalaring grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bo­lalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim.
Bolalarda grammatik tizimni - sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ulami rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag'batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa keng fikr bildirish, motivatsiyani yaratish muhim.
Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo'ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning gramma­tik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda

  • hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.

Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalarning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatika sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlami bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur.
Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jara­yonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tu­zish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi. Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi (tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y berishi lozim; pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanishning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng avvalo dialog va monologni, so‘zgacha bo‘lgan mazmunli-semantik tizimdan vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (undan keyinchalik dialog va monolog rivojlanadi), bolalaming nutqiy havaskorligi sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini o'zlashtirishni hisobga olishi lozim.



Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin