3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ravon nutqqa o’rgatish. Maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashgulotlarda. Dialog – bolaning kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi. Dialog ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bolalar lug‘atini boyitish, talaffuzga oid, grammatik ko‘nikmalarni tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi hisoblanadi. Dialog ikki yoki bir necha so‘zlovchining biron-bir vaziyat bilan bog‘liq mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan tavsiflanadi. Dialogda, yuklamalardan foydalanilgan holda, sintaksik jihatdan sodda bo‘lgan darak, undov (iltimos, talab), so‘roq gaplarning barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi.
Bolalarga monologik nutqni muntazam o‘qitish taxminan besh yoshdan boshlanadi. Lekin bunga tayyorgarlik bola hayotining ikkinchi yilida - bolalarning o‘qish va sanoq she’rlarni yodlash jarayonida boshlanadi. To‘rt yoshdan boshlab bolalar monologning tavsiflash va bayon qilish turlarini qo‘llashga, yetti yoshdan boshlab esa – qisqa mulohaza yuritishga qodir bo‘ladilar. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning dialogik muloqoti negizida nutqning yangi shakli – monolog tug‘iladi va shakllanadi.U bolaning o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini o‘rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shakliga ega bo‘ladi. Hikoyada albatta, bolani lol qoldirgan va uni hayajonga solgan biron-bir qiziq hodisa aks etadi. Ravon nutqni rivojlantirish maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning ikki shaklini – dialogik va monologik shakllarini ko‘rib chiqish lozim. Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil til vositalaridan foydalangan holda dialog tuzish – so‘rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va h.k. zaruratiga duch kelsin.
Ushbu maqsadda bolaning oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasasidagi hayoti, uning do‘stlari va kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog‘liq turli xil mavzularda suhbat o‘tkazishdan foydalanish lozim. Aynan dialogda suhbatdoshni tinglash, savollar berish, mazmundan kelib chiqqan holda javob berish qobiliyati rivojlanadi. Qayd etilgan malaka va ko‘nikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir.
Tengdoshlar bilan dialogik muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun kooperativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat asta-sekinlik bilan shakllanadi. Dastlab bolalar ro‘y berayotgan hodisalarni sharhlagan holda, yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq tengdosh bolaning mavjud bo‘lishi va u bilan so‘zlashish imkoniyati orqali rag‘batlantiradi hamda u o‘z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot o‘rnatish funksiyasini bajaradi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o‘rgatishda ularda mavzuni vaaytilgan so‘zning asosiy fikrini ochib berish, matnga sarlavha qo‘yish qobiliyatini rivojlantirishgaalohida e’tibor qaratish zarur. Ravon fikrni tashkil etishda intonasiya katta rol o‘ynaydi, shuning uchun ayrim gaplar intonasiyasidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish umuman matnning tarkibiy birligi va mazmunan tugallanganligini qayd etishga yordam beradi.
Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Katta yoshli odam yo‘naltiruvchi vaaniqlashtiruvchi savollarni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya mazmunini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.
Har xil turdagi matnlar tuzishni o‘qitishni ishlarning suhbat, o‘zining va begonalarning matnini tahlil (baholash) qilish, reja tuzish va u bo‘yicha hikoya qilish, matn sxemasidan (modelidan), turli xil mashqlardan foydalanish kabi shakllardaamalga oshirish tavsiya etiladi. Bolalarni adabiy nutqqa o'rgatishda oila, maktabgacha tarbiya muassasalarining roli benihoyadir. Bugungi kunda bizning asosiy vazflamiz bog'cha yoshidanoq bolaning og'zaki nntqini o'stirib borishdir.
Bolalar bog'chasi bolalarni bar tomonlama. ya'ni jismoniy aqliy, axloqiy, estetik tomondan tarbiyalashdek maqsadni o’z oldiga qo'ygan. Bu maqsad esa bolalarga ona tilini oi’rgatish jarayonida amalga oshiriladi. Bog'chada og'zaki nutqni o'stirish natijasida bolalar aqlan rivojlanib, umumiy madaniy saviyasi oshadi. Ular tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib boradilar. Bolalarda nutqning rivojlanishi ularning ruhiy jihatdan ham takomillashib borishiga yordam beradi. Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega. Ammo bolalardagi intellekt, ya'ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va h. k.) shunchaki bola organizmining o'sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bo’lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo'ladi va takomillashadi.
Agar bola kichik yoshidan boshlab to'g'ri gapirishga (so'zlashishga) o'rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya'ni avval tasavvur etish, keyin esa fikr yuritish, havola qilish qobiliyati paydo bo’ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel) ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham takomillashib boradi.
Ko’pgina tajribalar shuni ko'rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola to’liq shaxs sitatida kamol topmaydi. Dcmak, tarbiyachi har doim shuni esda tutishi kerakki, nutq bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda barcha ruhiy jarayonlar rivojlanishiga ko'maklashuvchi vositadir. Bolaga ona tilini o'rgatish bilan bir vaqtda, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin tayvorlanadi, mchnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o'rgatiladi. Bolalar bog'chasining barcha tarbiyaviy-ta’limiy ishlarida bolalarga ona tilini o'rgatish orqali ularning nutqi o'stiriladi. Avniqsa, nutq o'stirish mashg'ulotlarida bar bir bolaning nutqini rivojlantirish bo'yicha ishlar rejalashtiriladi. Bolalarga barcha mashg'ulotlarning mazmuni faqat ona tili orqali singdiriladi. „Ona tili, — deb ta'kidlagan edi K.D. Ushinskiy, — har qanday taraqqiyotning asosi, butun bilimning xazinasidir. Har qanday tushunish undan boshlanadi, u orqali o'tadi va unga qaytadi".
Ushinskiyning fikricha, bolaga ta'lim va tarbiya berishda tilning qimmati dastlab ijtimoiy hodisaning chuqur xalqchilligi bilan, uning milliy xarakteri bilan belgilanadi. U „tilda chuqur ma'noli ko'pdan ko'p falsafiy flkrlar, chinakam nafis his-tuyg'ular, nihoyatda to'g'ri, ko'rkam did, fikrni bir yerga to'plab, zo'r diqqat bilan qilingan mchnat izlari, tabiat hodisalarini va ulardagi eng nozik rang-barangliklarni g'oyat darajada ziyraklik bilan his etish, kuzatuvchanlik, zo'r mantiqiylik bor" – deb, ta'riflaydi.
K.D.Ushinskiy o'zining „Ona tili so'zlari" maqolasida bolani ona tili, ona tilidagi so'zlar orqali tarbiyalash masalasini qo'ydi. Chunki xalqchillik dastlab ona tilida o'z ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi, ma'naviy qiyofasi ana shu til ta'sirida shakllanadi. Shoira Zulfiya ta'kidlaganidek: „Ona tilini mukammal o'rgangan kishi ona yurtining tarixini to'liq o'rganish baxtiga muyassar bo'ladi".
Bolalar bog'chasida tarbiyalanayotgan bola o'rtoqlari bilan o'ynaydi, qo'lidan kelgancha mehnat qiladi. Bu jarayonda o'z harakatlariga baho berishga,fikrini boshqalarga tushunarli qilib bayon eta olishga o’rganadi