Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə13/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126
4. ДАРСЛИК

Monologik nutq — soʻzlovchining oʻziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini eʼtiborda tutmaydigan nutq shakli. Ayrim dramatik asarlarda personajning Monologik nutqi tomoshabinga qaratilgan boʻladi. Monologik nutq nasriy asarlarda ham bor. Nazmda esa asosiy nutq shakllaridan biri hisoblanadi. Baʼzan Monologik nutqda asarning kulminatsion nuqtasi bayon etiladi. Monologik nutq uchun, odatda, tuzilish va mazmun jihatdan oʻzaro bogʻliq, oʻziga xos kompozitsion qurilishga va mantiqiy tugallikka ega boʻlgan matnning maʼlum boʻlagi xos boʻladi. Monologik nutq ogʻzaki (nutq bayon qilish) yoki yozma (publitsistika, memuarlar, kundaliklar) shaklida ifodalanishi mumkin. Monologik nutqning ogʻzaki shaklida ohang (intonatsiya) muhim oʻrin egallaydi, yozma Monologik nutqda esa ohang matnning sintaktik konstruk-siyasiga, mantiqiy urgʻu tushuvchi soʻzlarning joylashish oʻrniga bogʻliq. Monologik nutq notiqning asosiy nutqiy shakllaridan hisoblanadi; lingvo-stilistik usul boʻlib, bir qancha turlari mavjud. Mas, taʼsir qiluvchi (targʻib qiluvchi) Monologik nutq, dramatik Monologik nutq, lirik Monologik nutq, hikoya qiluvchi (axborot beru vch i) Monologik nutq Monologik nutqning ochiq nutq va ichki nutq kabi koʻrinishlari mavjud; ochiq Monologik nutqda personaj oʻz nutqini ovoz chiqarib bayon etadi; ichki Monologik nutqda monolog personajning ichki nutqi, oʻylari shaklida namoyon boʻladi.
Og’zaki nutqiy muloqatga o’rgatish tinglab tushunish va gapirish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda gapiruvchi axborot berish jarayonida nutqiy muloqatni amalga oshirsa, tinglovchi esa uni tinglash va tushunib olish orqali nutqiy muloqatni amalga oshiradi. Suxbat davomida gapiruvchi bilan tinglovchi rollari almashib turiladi. Og’zaki nutqiy muloqat bir tomonga yo’naltirilgan bo’lishi ham mumkin. Bunda birinchi shaxs faqat gapiradi, ikkinchi shaxs va qolganlari faqat tinglaydi.
Monologik nutq - soʻzlovchining oʻziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini eʼtiborda tutmaydigan nutq shakli. Ayrim dramatik asarlarda personajning Monologik nutqi tomoshabinga qaratilgan boʻladi. Monologik nutq nasriy asarlarda ham bor. Nazmda esa asosiy nutq shakllaridan biri hisoblanadi. Baʼzan Monologik nutqda asarning kulminatsion nuqtasi bayon etiladi. Monologik nutq uchun, odatda, tuzilish va mazmun jihatdan oʻzaro bogʻliq, oʻziga xos kompozitsion qurilishga va mantiqiy tugallikka ega boʻlgan matnning maʼlum boʻlagi xos boʻladi. Monologik nutq ogʻzaki (nutq bayon qilish) yoki yozma (publitsistika, memuarlar, kundaliklar) shaklida ifodalanishi mumkin. Monologik nutqning ogʻzaki shaklida ohang (intonatsiya) muhim oʻrin egallaydi, yozma Monologik nutqda esa ohang matnning sintaktik konstruk-siyasiga, mantiqiy urgʻu tushuvchi soʻzlarning joylashish oʻrniga bogʻliq. Monologik nutq notiqning asosiy nutqiy shakllaridan hisoblanadi; lingvo-stilistik usul boʻlib, bir qancha turlari mavjud. Mas, taʼsir qiluvchi (targʻib qiluvchi) Monologik nutq, dramatik Monologik nutq, lirik Monologik nutq, hikoya qiluvchi (axborot beruvchi ) Monologik nutq Monologik nutqning ochiq nutq va ichki nutq kabi koʻrinishlari mavjud; ochiq Monologik nutqda personaj oʻz nutqini ovoz chiqarib bayon etadi; ichki Monologik nutqda monolog personajning ichki nutqi, oʻylari shaklida namoyon boʻladi
Monologik nutq turlari 1. Hikoya 2. Ta’riflash 3. Tasvirlash 4. Muhokama 5. ma’ruza
Monologik nutqning xususiyatlari
1. Monologik nutq faqat bir tomonga yo’naltirilgan bo’ladi.
2. U rejali bo’ladi.
3. U qisman tayyorlangan bo’ladi’
4. U uzilmay davom etadi.
5. U rejali bo’lganligi sababli mantiqiy davom etadi.
6. U bir kontekst , matn asosida olib boriladi.
7. Unga vositalar , tayanchlar, sharoit ta’sir ko’rsatadi.
8. Uslub ta’sir qiladi.
9. Monolog ta’sirchan, ma’lumotli, his-xayajonli bo’ladi, kimgadir nimagadir qaratiladi.
10. Nutq vaziyatli bo’ladi. Bir sharoitni, vaziyatni ko’zda tutadi.
Monologik nutqning quyidagi lingvistik qiyinchiliklari xususiyatlari ham muxim o’rin tutadi, ular tasirini ko’rsatadi
1.Talaffuzi qiyin so’zlarning ishlatilishi.
2. Gaplarning kitob uslubiga mansubligi.
3. Nutqni bayon qilishga bog’liqlik bo’lishi.
Demak, har bir monologik nutqiy vaziyat so‘zlovchidan alohida bir munosabatni va mas’uliyatni talab qiladi. Ayni paytda, ularning barchasi uchun, avvalgi mavzularni yoritishda ta’kid lab o‘tilganidek, umumiy bo‘lgan qoidalar ham mavjud. Bu dastlab so‘zlanadigan nutqning qolipi – rejasi bo‘lishi. Qayerda va qanday vaziyatda so‘zlanishidan qat’i nazar, har bir nutq ma’lum reja asosida bo‘lishi, auditoriya, vaqt hisobga olinishi lozim. Boshqacha aytganda, nutq so‘zlashdan ma’lum maqsad bo‘lishi va bu maqsad amalga oshishi zarur. Buning uchun tinglovchilarga ta’sir o‘tkazish, ta’sir o‘tkazish uchun esa tildan foydalanishning ham, o‘zini tutishning ham ta’sirchan vositalaridan foydalanish kerak bo‘ladi.Adabiy asarda monologning ichki ko‘rinishi xarakterli bo‘lib, badiiyat manfaati nuqtai nazaridan ular alohida vazifa bajaradi. Shuning uchun Said Ahmad: «Yozuvchi faqat qahramonning tilidagini yozmay, uni ichidan ham gapirtira bilishi kerak. Chunki ichidan gapirtirilgandagina, qahramonning ichki olami ochiladi. Qahramonning ichki olamini, ichidagi bo‘lgan ohangni, ichki dardni yozuvchi o‘z tili bilan olib chiqadi» yegan edi. Prof.B.Yo‘ldoshev «Badiiy nutq stilistikasi» nomli kitobida o‘zining ana shu qarashlariga amal qilgan yozuvchi asarlari («Turnalar», «Alla», «O‘rik domla», «Ufq»,) misolida ularning obrazni individuallashtirish va xarakter yaratishdagi vazifalari xususida mulohaza yuritib, dialogik va monologik nutq tahliliga keng to‘xtalgan va ularni badiiy nutq uslubidagi bayon usullari sifatida ko‘rsatib bergan.


Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin