1-2 yoshli bolalar bilan o’ynaladigan o’yin turlari: «Barmoqqa- barmoq»,«G’oz-g’oz», «G’oztursin», «Bup-bup», «Toy-toy», «Poezd», «Achom-achom» o’yinlari, go’dak endi bir-ikki qadam tashlashni o’rganayotgan vaqtda gavdasini to’g’ri tutishga yordam beradigan o’yinlar hisoblanadi.
3-4 yoshli bolalarbilan o’ynaladigan o’yin turlari: «Oto’yin», «Ko’z boylagich», «CHorichambar», «Avvalakam», «Tayoqirg’itish», «Quloqcho’zish», «Chittigul», «Xolam mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi».
4-5 yoshli bolalar bilan o’ynaladigan o’yin turlari: «Chiraylanma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Doro’yin», «Berkinmachoq», «Jami»,
«Chertan devor gir-giraylan». Katta yoshdagi bolalar uchun o’yinlar «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do’ppi yashirma», «Sapalak», «Beshtosh», «Oqterakmi, ko’kterak». Bu o’yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o’z-o’zini boshqara olish va o’ziga ishonch tarbiyalanadi, qat’iyatlilik ko’nikmalari shakllanadi, fikrlashga o’rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo’lishga tayyorlanib boriladi.
O`yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoliyatni shakllantiradi. Bolalarda lug`at, mashg`ulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. O`yinlarda pedagogning ishtirok etishi lug`atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi. Qurilishga oid o`yinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bolalar uchun qiyin bo`lgan so`zlarning (sifatni, miqdorni, hajmni va narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini aniqlashtiradi, faollashtiradi. Matnli, harakatchan musiqiy o`yinlar, sahnalashtirish o`yinlari bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, to`g`ri sur'at, nafas olish, yaxshi diktsiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko`pgina o`yinlar jarayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladilar va ularni mustaqil ravishda qo`llay boshlaydilar. Didaktik o`yinlar yordamida bolalarda atrof-olam haqidagi bilimlar mustahkamlanadi, lug`at mustahkamlanadi, aniqlashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik o`yinlar nutqiy mahorat va ko`nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, so`zni o`zgartirish, hikoya to`qish va h.q.) qo`llaniladi. Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi bo`lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To`g`ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya'ni agarda pedagog, ayniqsa kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, sifati, xususiyati, qo`llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug`atdan foydalanishni o`rgatsa bolalarning lug`ati boyiydi. Xalq milliy o’yinlari orqali bolalarni ma’naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o’z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo’shiqlardan zavqlanish tuyg’ulari, shuningdek, o’sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
3. Bolalar lug‘atini boyitishda ta’limiy o‘yinlarni tanlash, o‘tkazish va tahlil qilish. Xalq milliy o‘yinlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
xalq milliy o‘yinlarining turlari va ulami tashkil etish yo‘llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
milliy o‘yinlarni tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va urf- odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
maktabgacha yoshdagi bolalami milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanish;
xalq ertaklari, xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;
bolalarning o‘ynashlari uchun shart-sharoit (o‘yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;
maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o‘rtasida milliy o‘yinlar bo‘yicha ko‘rik tanlovlari va musobaqalar o‘tkazish.
Milliy harakatli o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga, o‘yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
1-2 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: «Barmoqqa- barmoq», «G‘oz-g‘oz», «G‘oz tursin», «Bup-bup», «Toy-toy», «Poyezd», «Achom-achom» o‘yinlari, go‘dak endi bir-ikki qadam tashlashni o‘rganayotgan vaqtda gavdasini to‘g‘ri tutishga yordam beradigan o‘yinlar hisoblanadi.
4 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: «Ot o‘yin», «Ko‘z boylagich», «Chori chambar», «Avval akam», «Tayoq irg‘itish», «Quloq cho‘zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi».
5 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: «Chir aylanma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o‘yin», «Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir aylan».
Katta yoshdagi bolalar uchun o‘yinlar «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do‘ppi yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «Oq terakmi, ko‘k terak». Bu o‘yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o‘z-o‘zini boshqara olish va o‘ziga ishonch tarbiyalanadi, qat’iyatlilik ko‘nikmalari shakllanadi, fikrlashga o‘rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hoziijavob bo‘lishga tayyorlanib boriladi.
Ko‘rgazmali materiallar bilan o‘ynaladigan ta’limiy o‘yinlar. Didaktik o‘yinlaming quyidagi turlari mavjud:
a) buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan;
b) stol-bosma; d) og‘zaki so‘z o‘yinlari.
Buyum va o 'yinchoqlar bilan o ‘ynaladigan o ‘yinlar bolaning ilk yo- shidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o‘ynaladigan o‘yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o‘yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi. O‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq o‘zining tashqi ko‘rinishiga ega bo`lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim. Bunday o‘yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi.
Stol-bosma o ‘yinlari bolalaming tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sintez, umumlashtirish, tavsiflash) o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin usulidir. Bu o‘yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint kiradi.
Og ‘zaki so‘zli o ‘yinlari katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi. Ular bolaning eshita olish, zudlik bilan javob topa olish, o‘z fikrlarini tez va aniq ifoda eta olishga o‘rgatadi. Tadqiqotchilarning fikricha, bunday o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yin turlarida didaktik maqsad va o‘yin materiallarining mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoidali-harakatli o'yinlar asosini bolaning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan harakatlar tizimi egallaydi. Bunda asosan yurish, yugurish, sakrash, chirmashib chiqish, uloqtirish, emaklash kabi harakatlar o‘yin mazmunini belgilaydi. Qoidali-harakatli o‘yinlar kelib chiqishiga ko‘ra: a) xalq milliy o‘yinlari; b) mualliflik o‘yin turlariga bo‘l nadi.
Har ikkala o‘yin turida ham asosiy mezon o‘yin qoidasi bo‘lib hisoblanadi. Harakatli o‘yinlar harakatlarning aniqligi, ifodaliligi, bolalarda tezkorlik, epchillik, mardlik kabi olijanob fazilatlami tarbiyalab boradi. Ko‘pchilik harakatli o‘yinlar jamoa bo‘lib o‘ynashga mos bo‘lib, bu jamoada uyushgan holatda harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi. Qoidali harakatli o‘yinlami o‘tkazishda bolalarga rolni to‘g‘ri taqsimlash, o‘yin jarayonini kuzatib borish, unga rahbarlik qilish, o‘z vaqtida yaxshi harakatlami rag‘batlantirish o‘yin nufuzini oshiradi. O‘yin jarayonida quvnoq kayfiyat, ijobiy his- tuyg‘ular yuzaga keladi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun o‘yin syujeti ochiq xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, «To‘pni quvla!», «To‘pni ushlab ol!». Katta yoshdagi bolalar uchun o‘yin maqsadi, qoidasi va o‘yinni tashkil etish murakkablashadi. Qoidali-harakatli o‘yinlar avval jismoniy tarbiya mashg‘ulotida o‘rganiladi. So‘ngra boshqa jarayonlarda takroran o‘ynatilishi lozim. «Bolajon» dasturida turli yosh gumhlari bo‘yicha o‘tkaziladigan harakatli milliy o‘yinlar turkumlari kiritilgan.