Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə18/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126
4. ДАРСЛИК

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Lug‘atni boyitish metodlariga misollar keltiring.

  2. Bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishishdagi muhim talablar qaysilar-?

  3. Bolaning yosh xususiyatidan kelib chiqib hafta davomida so’zlarni o’zlashtirishida qanday natija talab qilinadi-?

  4. Bolalardagi lug’at boyligini yanada oshirishga o’zingizning qanday takliflaringizni bera olasiz.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:


1.F.R.Qodirova R.M.Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2010.
2.D.R.Babayeva. Nutq o’stirish metodikasi. – T.,2019
3.Jo‘raev K va boshqalar. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. –T.:“O‘qituvchi”, 1988.
4.Shodieva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. –T.: “O‘qituvchi”, 1995.
5.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o’zbekcha so’zlashga o’rgatish. T.,1997.
6. Shodieva Q. Nutq o’stirish uslubiyoti. T.: “O‘qituvchi”, 2008.
7. Mo'minova L. R. Maktabgacha yoshdagi bolalami savodga o'rgatish dasturi. -T., 1996.
8. Safarova R. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. -T.: Ma'naviyat, 2003
6-§: BOLALAR LUG’ATINI BOYITISHDA TA’LIMIY O’YINLAR

REJA:
1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy o’yinlar va ularning ahamiyati.
2. Lug’atni boyitish uchun yordam beradigan ta’limiy o’yinlarning turlari.
3. Bolalar lug‘atini boyitishda ta’limiy o‘yinlarni tanlash, o‘tkazish va tahlil qilish.


Tayanch tushunchalar: nutq, lug’at, o’yinlar, ta’limiy o’yinlar, ta’limiy o’yin turlari, milliy xalq o’yinlari, ko‘rgazmali material, didaktik o‘yinlar, qoidali-harakatli o‘yinlar.



  1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy o’yinlar va ularning ahamiyati. Ta’limiy o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalaming yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi qoidalaming mavjudligidir. o‘yinda o‘yin maqsadi, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. O‘yin maqsadi o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etish­ga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.

Ta’limiy o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jara­yoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi.
Ta’limiy o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida ta’limiy o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Ta’limiy o‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:

  1. Navbatma-navbat ta’sir etish.

  2. So‘ralganda javob berish.


  3. Yüklə 2,06 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin