Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Milliy xalq o’yinlari ikki guruhga bo’linadi



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə20/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126
4. ДАРСЛИК

Milliy xalq o’yinlari ikki guruhga bo’linadi:
1. Milliy harakatli o’yinlar.
2. Milliy xalq o’yinlari.
Milliy harakatli o’yinlar sport turlari bilan hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo’lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan baquvvat, sog’lom, jasur, qat’iyatli, chaqqon, uddaburon bo’lib o’sishlarida muhim omil bo’lib hisoblanadi. Xalq milliy o’yinlarida millatning o’tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an’analari jamlangandir.
Xalq milliy o’yinlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
- xalq milliy o’yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo’llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
- milliy o’yinlarni tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o’yinlaridan maqsadli foydalanish;
- xalqertaklari, xalq og’zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;
- bolalarning o’ynashlari uchun shart-sharoit yaratish;
-maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o’rtasida milliy o’yinlar bo’yicha ko’rik tanlovlari va musobaqalar o’tkazish.
2. Lug’atni boyitish uchun yordam beradigan ta’limiy o’yinlarning turlari. Mukammal hikoya qilib berish bir qator murakkab grammatik vositalarni talab qiladi. Hikoya qilish ko‘nikmasi va bolaning so‘z boyligi bir-biriga bevosita bog‘liq. Birgina hikoya qilib berish, hikoya tuzish va hatto hikoyani tinglash va tushunishda ham ahamiyatlidir. Hikoya qilib berishda bolalar so‘zlarni topib ishlata olishi, hikoya tuzishda so‘zlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda ishlata olishi, hikoyani tinglashda esa so‘zlarni ma’nosini tahlil qila olishi muhimdir. Shunday ekan, bizningcha bolalarning nutqiy o‘ziga xosligining birlamchi asosi sifatida ularning so‘z boyligi turadi. O‘yinlarga asoslangan mashg‘ulotlarning ahamiyati to‘g‘risida bahs-munozaralarga o‘rin yo‘q deb hisoblaymiz. Balki bu bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishga yordam beradi degan xulosaga kelamiz. Sababi, o‘yinlarga asoslangan mashg‘ulotlarda bolalarning ko‘proq suhbat qilganliklarini, muloqot qilish ko‘nikmalarining shakllanganligini ko‘rish mumkin. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, muloqotga o‘rgatish texnologiyalaridan biri hisoblangan rolli o‘rinlarni mashg‘ulotlarga ko‘proq kiritish, balki o‘yinlarga asoslangan o‘yinli o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni taklif qilamiz. Rolli-syujetli o‘yinlarni har kun bir marta o‘ynashlik eng asosiysi bolalarda jamoaviy birdamlikni oshiradi, o‘zini jamoatchilik oldida erkin his eta olishiga yordam beradi.
Bolalar uchun tuzilgan o‘yinlar nihoyatda ko‘p. Ularni sanab tugatish mushkul. Maxsus tuzilgan o‘yinlarni (mantiqiy-matematik) qo‘llash orqali bola mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi va intellektual jarayonlarni: ketma-ketlashtirish, tasniflash, raqamli qurilish, vaqt va makonda qurish va boshqalarni o‘zlashtiradigan maxsus ta’lim vaziyatlarini yaratadi. Xuddi shunday, syujetli rolli o‘yinlar ham ma’lum manodagi qolipga asoslangan bo‘lishi shart. Rolli o‘yinlarda albatta, sahna asarini ham, bolalarning imkoniyatlari o‘rganilishi, bir-birini to‘ldirishi talab qilinadi. Asar mazmuni, uning g‘oyaviy va ma’naviy yetukligi, hayotiyligi, asar tilining soddaligi, badiiy jihatdan mazmundorligini hisobga olinishni tarbiyachi unutmasligi lozim. Didaktik o'yinda bola nafaqat yangi bilimlarni oladi, balki uni umumlashtiradi va mustahkamlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar kognitiv jarayonlar va qobiliyatlarni rivojlantiradi, ular aqliy faoliyatning ijtimoiy rivojlangan vositalari va usullarini o'zlashtiradilar. Didaktik o'yinning tuzilishi asosiy va qo'shimcha komponentlar tomonidan shakllanadi.
Milliy harakatli o’yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga, o’yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin