Tovush apparati uch bo‘limdan iborat: generator, energetik, rezonator. Tovushning hosil bo‘lishi:
Tovush kuchi bilan bog‘liq (nutq apparati organlari bilan bog‘liq).
Tovush jarangdorligi (tovush jarangdorligi turli masofalarga yuborib baland pastligini o‘zgartirish).
Tovushning egiluvchanligi va harakatchanligi (tovushni o‘zgartira olishi, tovushning baland-pastligi).
Diapazon-tovushning hajmi (chegarasi eng baland va eng pastki ton bilan belgidir).
Tembr-tovushning yaqinligi, yumshoqligi, silliqligi, xususiyligi. Tovush apparatining charchashi, tovmhda bo‘lgan nuqsonlar va buzilishlar orqali yuzaga keladi. Nutqnmg tovush madaniyatini tar¬biyalashda intonatsion ifodalilik, temp, talaffuz va fikmi bayon qilishning ravonligi ustida ishlashga ko‘p xam ahamiyat berish darkor, zero, ravon nutqning shakllanishi ushbt ko‘nikmalarga asoslanadi.
Nutqnmg tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borlig‘ini eng oddiy anglashni shakllantirish bilan o‘zaro bog‘liqdir. Maktabga¬cha yoshdagi katta bolalar so‘zlar, tovuchlar, qofiyalar bilan faol o‘ynaydilar. Ular so‘z jaranglagandagi umumiy va alohida jihatlarni payqay oladilar, artikulatsion va akustik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni (S-Sh, S-Z) farqlay oladilar, maqol, matal va tez aytishlardagi 4-5 ta so‘zda uchragan tovushlari sezadilar.
Talaffuzga o‘rgatishning asosiy bosqichlari.
Talaffuzga o`rgatish 3-bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqish Ayrim tovushlar talaffuzini shakllantirish - bu qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi ustida ishlashni ko‘zda tutadi;
B-lab portlovchi jarangli undosh tovush. So‘zning oxirida, boshida va o‘rtasidakeladi. V..., ...V..., ...B, B-V kabi aytiladi, aroba-arava, kabob-kavob.
P-lab portlovchi jarangsiz undosh tovush.
P..., ...P..., ,...P, V va F undosh tovushlari o‘mida talaffuz qilinadi, fabrika-pabrika, kelib-kelip.
2-bosqich: Ayrim so‘zlar talaffiizini shakllantirish - bu leksikani to‘g‘ri talaffuz qilish, urg‘u berish, so‘zda urg‘u bo‘g‘inini ajratishdan iborat;
Leksik jihatdan: «Ko‘klam keldi» biri fasilning nomini, ikkinchisi harakatni anglatadi.
Urg‘u so'zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi: Tikuvchi, ti-kuv-chi.
1-bosqich: Namunaviy gaplar talaffiizini shakllantirish - bu o‘zgacha gap ohanglari ustida maxsus ishlashni ko‘zda tutadi. Chum- chuq - kichkina qushcha.