Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə31/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126
4. ДАРСЛИК

Verbal bosqichda bolada sust nutq shakllanadi. Ushbu bosqichga bo‘lgan davming asosiy ahamiyati shundan iboratki, uning ichida navbatdagi bosqich - faol nutq paydo bo‘lishi bosqichiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan sharoit vujudga keladi.
Bolaning faol nutqni o‘zlashtirishining ikkinchi bosqichida uchta asosiy jihat ajralib chiqadi: emotsional munosabatlar; birgalikda faoli­yat (hamkorlik) davomidagi munosabatlar; tovushli munosabatlar. Bolaning kattalar bilan muloqot qilishining ko‘rib chiqilayotgan har bir jihati uning oldiga kattalar tomonidan qo‘yilayotgan va so‘zdan jamiyatda o‘zaro bir-birini tushunish uchun shartli ra­vishda qabul qilingan vosita sifatida foydalanishni talab qilishdan iborat bo‘lgan kommunikativ vazifani qabul qilishiga yordam be­radi. Bundan tashqari, kommunikativ omilning ko‘rib chiqilayotgan har bir jihati u yoki bu darajada va o‘z holicha bolalarning kommunikativ vazifani hal etishlariga, ya’ni nutqdan foydalanishlariga yordam beradi. Nutqni rivojlantirishning uchinchi bosqichida - uning ma­teriyasi (leksika va grammatika) bolaning muloqot vazifasini o‘zgartirgan holda kattalar bilan muloqotga bo'lgan ehtiyojiga va uning tarkibiga uzviy bog‘liq bo`ladi. Bu bolaning nutqning yan­gi, yanada murakkab va keng qamrovli jihatlarini o‘zlashtirishiga olib keladi.
Bolaning ruhan shakllanishida nutqning hal qiluvchi o‘rinni egallashi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beradi shart-sharoitlar va omillarning ahamiyatini yanada oshiradi. Nutq irivojini harakatlantiruvchi kuchlar haqidagi masala ular shidcat bilan va to‘satdan amalga oshirilishi tufayli ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Xalq ertaklari, rivoyatlar va xalq o‘yinlari orqali bolalar nutq madaniyatini rivojlantirish.
I. «Tulki, quyon va xo‘roz» xalq ertagi:

  • Bola mazkur ertak mazmunini qabul qilib tushundimi?

  • Bola ko‘rgazma asosida ertak mazmunini so‘zlab bera oladimi?

  • Bola ertak mazmunini ko‘rgazmali vositasiz so‘zlay oladimi?

Bolalarga ertak o‘qib berilgandan keyin bir kun o‘tib, har bir bola
bilan ushbu ertak bo‘yicha tajriba uchun suhbat o‘tkazildi. Ertak yuzasidan quyidagi savollar berildi:

  1. Tulkining uyi quyonning uyidan nimasi bilan farq qiladi?

  2. Nimaga tulki quyonni uyidan haydab chiqardi?

  3. Xo‘roz quyonni qanday qilib qutqardi?

Savollardan ko‘rinib turibdiki, birinchi savol ertakdagi parchani qayta hikoya qilib berishga qaratilgan bo‘Isa, ikkinchi savolimiz ertak bo‘yicha bola o‘z fikrini bildirishga qaratilgan. Uchinchi savolimiz esa, nutqning ifodaviyligini talab etadi.
II. Rivoyat.
Bir kampirning o‘g‘li bor ekan. Uning xotini va to‘rt yoshli o‘g‘li bor ekan. Nabira buvisini nihoyatda yaxshi ko‘rarkan. Har kuni kelin ovqat pishirib qaynonasiga yog‘och kosa, yog‘och qoshiqda ovqat berar ekan. Nabira buni kuzatib borar va ajablanar edi. Bir kuni kelin o‘g‘li yog‘ochdan nimadir yasayotganini ko‘rib qolibdi.

  • Nima yasayapsan, bolam? deb so‘rabdi onasi.

  • Siz bilan otamga tovoq yasayapman. Katta bo‘lganimda sizlarga shunda ovqat beraman, debdi o‘g‘il. Kelin o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, qaynonasiga mehribon bo‘la bosh- labdi.

Bir kundan so‘ng har bir bolaga mazkur rivoyat bo‘yicha quyidagi savollar berildi:

  • Kelin qaynonasiga ovqatni nimada berar edi?

  • Kelin o‘g‘li yog‘ochdan nimadir yasayotganini ko‘rib, nima qilayapsan bolam, deb o‘raganda qanday javobni eshitdi?

  • Keyinnimabo‘ldi?

  1. «Cho‘loq jo‘ja» o‘yini.

Bu o‘yinda bolalar yarim doira shaklida o‘tiradilar. Polga beshta tayoqcha to‘rtta katakli narvon shaklida tashlab qo‘yiladi. Har bir katakchaga bittadari stol qo‘yiladi. Stolga o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘qilgan ertak va rivoyatlardan qisman tasvirlangan rasmlar joylashtiriladi. «Cho‘loq jo‘ja» poldagi bola o‘ynab sinfdan-sinfga sakrab yuradi. Agar u rasmda tasvirlangani bo‘yicha savolga javob bersa, keyingi sinfga ikki oyoqda, agar javob bera olmasa bir oyoqda turib, ya’ni joyiga borib o‘tiradi. Agar xato qilsa, bir oyoqda sakrab boradi. Bu o‘yinda quyidagi savollarga javob berish talab qilinadi:

  • Ertakning nomini aytib bering.

  • Rasmda tasvirlangan parchani aytib bering.

  • Rivoyatda tasvirlangan parchani aytib bering.

Bolalar nutqini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi yoki uni sekinlashtiruvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik sa’y-harakatlarni uyushtirish kalitidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ko‘p marotaba ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganib, ularni o‘quv muassasalarimizga olib kirish zarurligi uqtirilgan.
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni, nutqning talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulatsiya va akustika jihatidan yaqin tovushlami (qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni to‘g‘ri talaffuz etish. So‘zlardagi, tez aytishlardagi , qisqa she’rlardagi tovushlami to‘g‘ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonatsiya sur’ati va ba- landligini beixtiyor tartibga solishni o‘rgatish.


Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin