Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə39/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126
4. ДАРСЛИК

Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.

  2. Bilimga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivoj­lantirish aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir.

  3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlami aqliy mehnat madani­yatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bi­lishga qiziqish hosil qilishdan iborat.

  4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari predmetlami tekshirish ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilami ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, bolaning bilimlarini chuqur egallab olishiga yordam beradi.

Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmay, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishga foydala­nishga o‘rgatish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlan­tirish, ulaming ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilish va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishni ta’minlash, ulami maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabga­cha yoshdagi bolalami rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalaming bajarilishiga erishish «Bolajon» tayanch dasturi aso­sida amalga oshiriladi.
Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg‘urishi lozim. Shu bois «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyor­lash milliy dasturi»da mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyotini ta’minlashning asosiy omili bo‘lgan kadrlami tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berildi. Sog‘lom avlodni tarbi­yalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir.
Hech kimga sir emaski, respublikada bolalami maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalarigajalb etish 17 foizni tashkil qiladi. Bun­day sharoitda maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan 83 foiz bola bilan yuqorida ko‘rsatilgan 17 foiz bolaning rivojlanish darajasi o‘rtasida nomutanosiblik vujudga kelmoqda. Bunday no- mutanosiblik, bolalar maktab ostonasiga qadam qo‘ygan kundan boshlab ulaming rivojlanish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli, vosita va metodlarini yengillashga aloqida e’tibor berilmoqda. Davlat va jamiyat maktabgacha yosh­da bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbi- yasiga qo‘yiladigan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida tayanch dasturlari taqdim etilmoqda. Bu tayanch dasturlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalariga jalb etilmagan 3 milliondan ortiq bolani ham rivojlantirish va yagona davlat talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi. Ta’lim-tarbiya ja­rayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so‘z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib belgilandi. Bu uzluksiz ta’lim tizimini’ig ilk turi - maktabgacha ta’limga o‘ziga xos yondashuvni talab etar edi.
Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uning sog‘lom, aqlli, iaish xulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo‘yildi.
Bu ko‘nikma, malakalar bilish faoliyatini tarkibiy qismlarga bo‘lib, bola bilimlami chuqur egallab olishiga yordam beradi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin