Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Maishiy mavzularda suhbatlar



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə47/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126
4. ДАРСЛИК

Maishiy mavzularda suhbatlar. Bu bolalar o'zlari shaxsan kuzatgan va ishtirok etgan voqea va hodisalardir. Bu suhbatlarda bolalar uyda kim bilan yashashlari, oila a'zolarining ismlari, ularning qayerda ishlashlari, uyda nima ishlar qilishlari, qanday dam olishlari, o'zlarining o'yinlari, uydagi mashg'ulot va o'yinlar, kuchiga yarasha kattalarga yordam berish va hokazolar haqida gapirib beradilar, uydagi va bog'chadagi muhitni bir-biriga taqqoslaydilar.
Tevarak-atrof va ona-Vatan to'g'risidagi suhbatlarda bolalar o'zlari tug'ilib o'sgan joylari — o'z shahar va qishloqlari; bog'chaga yaqin joylashgan ko'cha, binolar, maktab, do'kon, choyxona, idora, mahalla, undagi diqqatga sazovor joylar, me'morchilik yodgorliklari, maydon va xiyobonlar; o'z ko'chasi, mahallasining nomi va boshqalar haqida gapirib beradilar; O'zbekiston to'g'risida qisqacha ma'lumot beriladi, O'zbekistonning poytaxti — Toshkent haqida, Toshkentdagi Mustaqillik maydoni, Alisher Navoiy xiyoboni va hokazolar (har bir viloyatning o'z tarixiy joylari, shahari, tumani) haqida gapirib beriladi.
Katta kishilarning mehnati haqidagi suhbatlar bolalarni kattalar faoliyatining ma'nosini tushunib olishlariga yordam beradi. (Bolalar bog'chalari uchun dasturlar. Tevarak-atrof bilan tanish-tirish, nutq o'stirish, badiiy adabiyot. T., 1992, 2, 8, 16-betlar.)
Buyuk siymolar va bayramlar haqidagi suhbatlarda bolalar o'zbek xalqining buyuk siymolari (Navoiy, Bobur, Al-Beraniy, Ibn Sino, Ulug'bek, Yunus Rajabiy, Kamoliddin Behzod, O'rol Tansiqboyev), o'zbek xalqining milliy bayramlari (Navro'z, Hosil bayrami — Mehrjon, Gullar va qushlar bayrami, to'ylar, sayillar) haqida tushunchaga ega bo'ladilar.
Harbiy qo'shinlar haqidagi suhbatlarda bolalarga harbiy qo'shinlarda tankchilar, dengizchilar borligi, vatanni himoya qilish uchun jasur, kuchli, chaqqon bo'lishlari kerakligi haqida so'zlab beriladi.
Mashhur sarkardalar to'g'risidagi suhbatlarda bolalar Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Sobir Rahimov kabi mashhur sarkardalarning hayotidan olingan qiziqarli voqealarni bilib oladilar.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin