Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Transport va aloqa vositalari to'g'risidagi suhbatlarda



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə48/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126
4. ДАРСЛИК

Transport va aloqa vositalari to'g'risidagi suhbatlarda bolalarga transport va aloqa xodimlarining xizmatlari haqida tushuncha beriladi. Pochta, telefon, telegraf, ularning vazifalari to'g'risida gapirib beriladi.
Xalq ijodi to'g'risidagi suhbatlarda bolalarga so'zana, naqqoshlik, zardo'zlik, kulolchilik, milliy himarmandchilik namunalari, me'morchilik yodgorliklari haqida gapiriladi. O'zbek xalq qo'shiqlari: lapar, alia, ertaklar, ermaklar; topishmoqlar, maqollar, sanamalar, aytishuvlar, ovutmachoqlar, tez aytishlar haqida ma'lumotlar beriladi.
Tabiat to'g'risidagi suhbatlarda bolalarni yil fasllari, hayvonlar, o'simliklar, kattalarning tabiatdagi mehnatlari haqi-. dagi tasawurlari aniqlanadi va mustahkamlanadi.
Maishiy-xo'jalik va mehnat buyumlari to'g'risidagi suhbatlarda jihozlar, idish-tovoqlar, kiyim-kechaklar, o'yinchoqlar, ba'zi bir mehnat qurollari muhokama qilinadi, ularning nima uchun kerakligi, nimadan, qanday tayyorlanganligi, ayrim muhim belgilari (rangi, shakli, uzunligi), bu buyumlarni kim va qayerda tayyor-laganligi, uni qanday saqlash lozimligi aniqlanadi.
Suhbatga tayyorlanish va uni o'tkazish.
Suhbatlar birinchi kichik guruhdan boshlab o'tkaziladi.
Suhbat yilning ikkinchi yarmidan boshlab o'tkazilgani ma'qul. Chunki bu davrgacha bolalarda kerakli tajriba to'planadi. Bir oyda 1 - 3 ta suhbat o'tkazish tavsiya etiladi. Suhbatni tashkil etish uchun tarbiyachidan tayyorgarlik talab etiladi. Tarbiyachi navbatdagi ishlarni rejalashtirishda tevarak-atrof bilan tanishti-rish bo'yieha qaysi dastur materialini suhbat tarzida berish maqsadga muvofiq ekanligini belgilaydi, so'ngra mashg'ulotni olib borish rejasini tuzadi.
Bolalar diqqatini tez to'plash va ularning mashg'ulotga bo'lgan qiziqishini uyg'otish, aqliy faoliyatini faollashtirish, hissiyotlariga ta'sir etish uchun mashg'ulotni qanday boshlash kerakligini puxta o'ylab oladi. Bunday emotsional vositalar sifatida suratlardan, bolalar uchun notanish bo'lgan yangi topishmoqlardan, suhbat mazmuniga yaqin bo'lgan she'rlardan foydalanish mumkin.
Masalan, kuz haqidagi suhbatni O’.Tansiqboyevning „Kuz" reproduksiyasini (katta guruhda) ko'rsatishdan boshlash mum kin. Bu asar bolalarning xotirasida bog'ga uyushtirilgan sayohat vaqtidagi taassurotlarini jonlantiradi.
O'zbekiston haqidagi suhbatni esa O'zbekistonning uzoq o'tmishiga doir ba'zi yodgorliklarni, hujjatli suratlarni ko'rsa-tishdan boshlash mumkin.
Ba'zi vaqtda suhbatni mavzuga bog'liq bo'lgan savollarni berishdan ham boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, kattalarning mehnatlari haqidagi suhbatni „Bolalar kimning ota-onasi qayerda, kim bo'lib ishlaydi?" - degan savol bilan boshlaydi. Tarbiyachi bolalar mavzudan chetga chiqib ketmasliklari, chalg'imasliklari uchun oldindan suhbatning rejasini belgilab oladi.
Awaldan rejaga ega bo'lgan tarbiyachi bolalarni har qanday sharoitda ham, navbatdagi reja savolini berish bilan mavzuga qaytara oladi. Tarbiyachi o'zining savollari bilan bolalar
fikrini narsa va hodisalarning xarakterli va muhim belgilariga yo'naltiradi. Bolalarga ularning fikrlarini faollashtirishga yordam bermaydigan, yoshiga mos bo'lmagan savollarni berish yaramaydi. Shu nuqtayi nazardan besh-olti yoshli bolalarga: Sigirning oyog'i nechta? Quyonning nechta qulog'i bor? kabi savollarni berish yaramaydi. Birinchidan, bu bolaga ma'lum bo'lgan narsa; ikkinchidan, oyoqning, dumning, quloqning soni (miqdori) to'g'risidagi suhbat bolalarning hayvonlar to'g'risidagi bilimlariga hech qanday ma'lumot qo'shmaydi.
Chunki hamma hayvonlarda oyoq, quloq va hokazolar mavjud. Bir hayvon ikkinchi hayvondan gavda qismlarining miqdori bilan farq qilmaydi, balki hayot tarzi, harakati bilan ajralib turadi. Hayvonlarning tashqi belgilari to'g'risida eng to'g'ri savol quyidagicha bo'lishi mumkin: Mushukning ko'zlari qanday? Uning dumi qanday? va hokazolar. Suhbatning asosiy savollari (qo'shimcha savollar ham) tarbiyachining ishlanmasiga yozilishi kerak.
Shuningdek, tarbiyachi suhbat mavzusi uchun kerak bo'la-digan ko'rgazmalami oldindan tayyorlashi va bolalar diqqatini jalb qilmaydigan joyga qo'yib qo'yishi kerak.
Mashg'ulot oxirida suhbat mazmunini mustahkamlash yoki uning bolalarga emotsional ta'sirini chuqurlashtirish foydalidir. Buni turli yo'llar bilan amalga oshirish mumkin, chunonchi: tarbiyachi suhbat mazmunini qisqa hikoya qilib berish, suhbat mavzusiga bog'liq bo'lgan ta'limiy o'yin o'tkazish (3 - 5 daqiqa);
tanish suhbat mazmuniga yaqin bo'lgan she'r yoki ashulani aytib berishni taklif etish; badiiy hikoya o'qib berish va hokazo. Tarbiyachining qaysi variantni tanlab olishi suhbatning mavzusiga, bolalar bilimining boyligiga va vaqtga bog'liqdir. Sabzavotlar to'g'risidagi suhbatni „Paypaslab top" ta'limiy o'yini bilan; Navro'z bayrami to'g'risidagi suhbatni musiqa mashg'ulotida o'rganilgan ashulani ayttirish bilan tugallash mumkin. Tarbiyachi suhbatda hamma bolalarning faol ishtirok etishiga harakat qilishi kerak. Buning uchun quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak:. savolni gurahdagi hamma bolalarga qarata berib, so'ngra javob berish uchun bittadan chaqirish kerak. Doimo bir boladan so'rash yaramaydi. Iloji boricha berilgan savolga ko'proq bola-larni javob berishga jalb qilishi kerak. Agar tarbiyachi bitta bola bilan uzoq gaplashsa, boshqa bolalar suhbatda ishtirok etishni istashmaydi. Shuningdek, tarbiyachining o'zi suhbat vaqtida bolalarga ma'lum bo'lgan narsalar haqida ko'p gapirsa ham bola­lar suhbatda ishtirok etishmaydi.
Bolalar suhbat vaqtida jo'r (xor) bo'lib emas, balki bitta-bitta javob berishlari kerak. Agar zararat bo'lmasa, bolalarning javobini bo'lmaslik lozim: agar bola zarariy bilimga ega bo'lmasa, uyatchan bo'lsa, undan to'liq javob berishni talab etmasdan, qisqa javobi bilan qoniqish kerak. Bolalar savollarga yetarli ovoz balandligida, aniq va tetik javob berishlari lozim. Agar bola past ovozda javob bersa, tarbiyachi undan javobni baland ovozda, ammo qichqirmasdan takrorlashini talab etishi zarur. Masalan; „Sen nima deganingni hech kim eshitmadi, - deb tushuntirishi kerak. - Javobingni baland ovozda takrorla". Tarbiyachi suhbatga tayyorlanishda va uni o'tkazishda ushbu qoidalarga qat'iy amal qilishi kerak.
Misol tariqasida katta guruhda o'tkaziladigan „Bolalar bog'chasi xodimlarining mehnati" mavzusidagi suhbatni keltiramiz.
Bolalar bog'chasi xodimlarining mehnati" mavzusida suhbat.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin