Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə49/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126
4. ДАРСЛИК

Maqsad. Bolalarning bog'cha xodimlarining mehnatlari to'g'risidagi bilimlarini aniqlash va kengaytirish, har xil mehnat turlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ko'rsatish; fe'llarni hosil qilish ustida mashq qilish.
Oldindan qilingan ish. Mashg'ulotdan 2 - 3 kun oldin (kechki soatda) tarbiyachi bolalarni yig'ib, ulardan bolalar bog'chasining mudirasi kim, u nima ish qiladi, deb so'raydi. Tarbiyachi bog'chada nima qilishi bilan qiziqadi. Bolalarning uzuq yuluq, ishonchsizlik bilan aytgan javoblarini tinglab, shunday deydi: „Sizlar bu kishilarning mehnatlari haqida juda kam bilar ekansizlar. Bu haqda ko'proq bilishni istaysizlarmi?" Bolalardan tasdiq javoblarini eshitib (bog'cha xodimlari bilan oldindan kelishilgan bo'ladi), uch-to'rtta bolani oshpazning, hamshira va mudiraning, tarbiyachining yoniga ularning faoliyatlarini kuzatish va mehnatlari haqida ko'p narsalarni bilib olishlari (so'rab olishlari) uchun (35 — 40 daqiqaga) yuboradi.
Yuborilgan bolalar qaytishgach, o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashishlarini so'raydi. Boshqa bolalarga esa eshitganlari haqida qanday gapirib berish mumkinligini o'ylashni taklif etadi.
Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy gaplami, bir xil a’zoli gaplami to‘g‘ri tuzadi, bunda u biriktiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog‘lovchilami qo‘llaydi; u o‘z nutqida qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa turli xil sintaktik munosabatlami ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardan foydalanadi: qo‘shimcha gap­lar - «Kamol nima ko‘rganligimizni so‘radi»; maqsadli gaplar - «Biz oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gaplar - «Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.
O‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.
Bolalar bog‘chasining tayyorlov guruhida grammatik rasmiy- lashtirilgan nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o‘rinni egallashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi kabi, u maxsus mashg‘ulotlarda va boshqa faoliyat turlari bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladi.
Aynan bir fikmi turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga doir ishlaming asosiy turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bolalar o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni tahhl qilishda qator gaplami tuzish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Bolalar xursand bo‘lib, osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir . bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikmi turlicha ifo­dalash imkonini beradi. Mashg‘ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir- birining o‘mini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi. Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didaktik o‘yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin.
Aynan bitta fikmi ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ishlar yetti yoshli bolalarda grammatik to‘g‘ri nutq ko‘nikmalarini shakllantirishda asosiy o‘rinni egallashi lozim. Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlarni qo‘llashni o‘rgatish ular nutqini rivojlantirishga doir ishlaming ikkinchi yo‘nalishi bo‘lishi mumkin.
Bolalar nutqiga sifatdosh shakllarni kiritish uchun bolalar, kattalar, hayvonlar, qushlarning turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan foydalanish mumkin (o‘qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugurayotgan quyon va h.k.). Bolalar surat asosida gap tuzadilar: Tarbiyachi ularga so‘z birikmasini tuzishga yordam beradi. «Bola o‘qiyapti». Tarbiyachi so‘z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so‘ngra bolalardan so‘raydi: «qaysi bola?» - «o‘qiyotgan bola». Mashg‘ulot uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llarni olish va ulardan hozirgi zamondagi haqiqiy sifatdoshlarni hosil qilish darkor. Bo­lalarga hech qanday atamalar ma’lum qilinmasligi kerak, bunda ularning ayrim sifatdoshlarni esda saqlab qolishlari va zarur bo‘lganda ulami o‘z nutqiga qo‘sha olishlari juda muhimdir.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin