Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə52/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126
4. ДАРСЛИК

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Suhbatning qanday turlarini bilasiz ?

  2. Suhbat didaktik maqsadiga ko ‘ra qanday turlarga bo ‘linadi?

  3. Grammatik rasmiylashtirilgan nutqni rivojlantirish qanday amalga oshiriladi?

  4. Tarbiyachining suhbatga tayyorlanishi va o ‘tkazish jarayoni haqida gapirib bering, suhbatga o'rgatish usuli orqali savollar berish qanday amal­ga oshiriadi?



Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.F.R.Qodirova R.M.Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2010.
2.D.R.Babayeva. Nutq o’stirish metodikasi. – T.,2019
3.Jo‘raev K va boshqalar. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. –T.:“O‘qituvchi”, 1988.
4.Shodieva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. –T.: “O‘qituvchi”, 1995.
5.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o’zbekcha so’zlashga o’rgatish. T.,1997.
6. Shodieva Q. Nutq o’stirish uslubiyoti. T.: “O‘qituvchi”, 2008.
7. Mo'minova L. R. Maktabgacha yoshdagi bolalami savodga o'rgatish dasturi. -T., 1996.

11-§: HIKOYA QILIB BERISH TURLARI VA METODLARI




REJA:
1. Hikoya qilishga o`rgatish mashg`ulotlari
2. Badiiy asarlarni hikoya qilib berishga o’rgatish
3.Turli yosh guruhlarida bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish


Tayanch tushunchalar: hikoya, hikoya tuzish, hikoya tinglash, hikoya so’zlash, badiiy asar, nasriy asarlarni so’zlash, tinglash madaniyati


Hikoya qilishga o`rgatish mashg`ulotlari Bolalarda biz o’ylaganimizdanda ko’proq xislat, fazilatlar mavjud. Faqat ularni vaqtida rivojlantirish va namoyon etish darkor. Xuddi shunday hikoya qilib berish, so’zlash qobiliyati bilan bir qatorda unga doir madaniyat shakllarini ham o’zlarida o’zlashtirishlari mumkin. Bu mavjud qobiliyatni rivojlantirish uchun ularga avvalo biz kattalar o’rnak bo’lishimiz kerak. Ya’ni, ular taqlid qilishga moyil ekanliklarini unutmagan holda ularni avvalo tinglay bilishimiz kerak. Agar ularni vaqtida tinglay olsak, ular ham kattalarni tinglay boshlaydi. Natijada mazmunli suhbat yaraladi. Badiiy asarlarni hikoya qilib berishda bolalarga yordamlashish, so‘zni qabul qilish vositalari va asosan, turli xil savollar orqali amalga oshiriladi. Savollarning quyidagi turlari mavjud. monologik matnni hikoya qilib berishga yordam beruvchi savollar:
— birgalikda hikoya qilishga yo‘naltiruvchi savol (iboradagi so‘nggi so‘zga qo‘yilgan savol);
__ aytib turuvchi savol;
— yo‘naltiruvchi savol;
— to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol;
__to‘g‘idan-to‘g‘ri savollar zanjiri (reja);
— qidiruv savollari;
---ko‘rsatma savollari.
Eng avvalo bolalarni hikoya qilishga o’rgatishdan oldin ularga tinglash madaniyatini singdirishimiz zarur. Tarbiyachilar bolalarni tinglash madaniyatiga o‘rgatishida ba’zi ko‘rsatmalarga amal qilishi kerak bo‘ladi. Bu o‘z o‘rnida bolalarning fikrlash va noverbal muloqotiga ham yordam beradi. Shuningdek, bolalarga jismoniy harakatlar va imo-ishoralar orqali faol tinglash texnikasining turlarini uqtirib borish ham samarali hisoblanadi.

  • Tarbiyachi bolalarga xalaqit bermasligi, ularni to'xtatmasligi kerak. Ushbu faol tinglash texnikasi bolalarga asosiy g'oyasini oxirigacha yetkazishga imkon beradi.

  • Savoldan keyin bolalar uchun javob berishni emas, balki bolalar javobini kutishni lozim topgan ma’qul.

  • Tarbiyachi bolalarning ko‘zlari orqali ham aloqa o‘rnatishi mumkin. Ko‘zlar inson qalbining ko‘zgusi hisoblanib, nima demoqchiligini doim tasdiqlab turishini unutmaslik kerak.

  • Bolalarning fikr-mulohazasi bilan tarbiyachi o‘rtoqlashadi, savol beradi, bosh irg'itib tasdiqlaydi. Bola tarbiyachini xayrixoh ekanligingidan ilhomlanadi.

  • Eshitilgan ma'lumotni darhol rad etmasligi kerak. Birinchidan, bolaning gapini mohiyatini tushunib olish, ikkinchidan, bolaning ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan sabablarini tushunib olish kerak.

  • Sabr va xotirjamlik bilan bolani eshitishga harakat qilish lozim.

Shu o‘rinda qo‘shimcha tarzda tarbiyachidan yana qator talablar bajarilishi ko‘zda tutiladi:
• Doim bolalarning fikrlarini qo‘llab-quvvatlash, buni bosh irg‘itib tasdiqlash bilan bajarish talab etiladi;
• hikoya qilib berayotgan bolaning fikrini chalg‘itmaslik, oraga boshqa yangi mavzu haqida so‘z ohmaslik kerak;
•Tarbiyachi bolalarni ko‘ziga qarab, ularni tinglayotganini oddiygina yo‘l bilan izohlashi mumkin;
• O‘rni kelganda qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlar aytish: “Tushunarli”, “qiziq ekan” kabi so‘zlarni aytib, diqqat bilan tinglash;
Hikoya - o‘quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og‘zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilim­lar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foy­dalanish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajribasi bilan bog‘liq hikoyalar qiziqarlidir: «Mening bog‘cham», «Me­ning oilam», «Mening sevimli o‘yinchog‘im>; va boshqalar. Hikoyani tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazrouniga munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo‘ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko‘rgazmali materiallarni (narsa-buyumlar, ulaming tasviri) namoyish qilish bilan birga qo‘shib olib boriladi. Ko‘rgazmali materiallardan bolalar tasavvurga ega bo‘lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o‘rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq, katta gu­ruhlarda hikoya qilish jarayonida ko‘rgazmali materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalami so‘z yordami­da fikrlashga o‘rgatish, ularda fazoviy tasavvurni rivojlantirish lozim.
Hikoya - biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya tasviriy va syujetli bo‘lishi mumkin. Tasviriy hikoya - bu biror predmet yoki voqeaning o‘ziga xos tomonlarini bayon etishdir.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin