2. Hikoya rejasini berish usuli. Hikoya rejasi 2 — 3 asosiy savoldan iborat bo'lib, fikrning ketma-ketligini va mazmunini. belgilaydi. Namuna usulidan foydalanib hikoya qilib berish bilan bog'liq 2 — 3 mashg'ulotdan keyin hikoyani reja asosida so'zlab berishga o'rgatish mustaqil, yetakchi usullardan biri bo'lib qoladi. Bolalar hikoyasi xilma-xil bo'lishi uchun tarbiyachi oldindan asosiy va qo'shimcha reja tayyorlab qo'yishi kerak. Bir mashg'ulot jarayonida savollarni almashtirish (yangilash) bolalar diqqatini faollashtiradi.
Masalan, maktabga tayyorlov gurahi bolalariga o'z gurah xonalarini tasvirlash uchun taxminan quyidagi rejani taklif etish mumkin:
- Xonani kim toza saqlaydi?
-Sen xonani yig'ishtirishda (tozalashda) qanday yordam berasan?
5yoshli bolalar guruhi bilan dastlabki mashg'ulotlarda, agar bola rejadan chetlashsa, uning nutqini bo'lmasdan, oxirigacha tinglab turish lozim. Ammo asta-sekin hikoyaning to'liq yoki izchil emasligini aytib, boshqa bolalarni javobni to'ldirishga jalb qilishi kerak. 6yoshli bolalarning hikoyasiga dastur talablarini (ularning maqsadga qaratilganligi va izchilligiga) qo'yadi. Shuning uchun bolalarni hikoya rejasiga amal qilishga o'rgatish kerak. Ayniqsa, bu rasm asosida hikoya qilish va o'z tajribalaridan hikoya tuzishga taalluqlidir. Tarbiyachi hikoya qiluvchining mavzudan yoki rejadan chetga chiqib ketganini o'zi ko'rsatibgina qolmay, balki bolalarni o'rtog'ining hikoyasini nazorat qilib borishga jalb qilishi kerak.
(Hozir nima haqida hikoya qilib berish kerak? Hammaga tushu-narli bo'lishi uchun awal nimani hikoya qilib berish yaxshiroq?) Hikoya namunasini berish hikoya qilishga o'rgatishning eng yengil usuli, hikoya rejasi berish usuli esa ancha qiyin. Bu usul murakkab bo'lishiga qaramay, bolalarni hikoya qilishga o'rgatishda keng tarqalgan muhim usul hisoblanadi.
3.Rejani jamoa bosh muhokama qilish usuli. Reja asosida hikoya tuzish va uning mazmunini boyitishni yengillashtirish maqsadida, rejani jamoa bo'lib muhokama qilish tavsiya etiladi. Bu usuldan katta va maktabga tayyorlov guruhlarida reja asosida hikoya qilishga o'rgatishning dastlabki bosqichida foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi bolalarga shunday yo'llanma beradi: „Biz qanday qilib jo'ja boqqanimizni gapirib bering. Jo'jalar qayerdan paydo bo'ladi? Ularni qanday parvarish qildingiz? Jo'jalar katta bo'lganda, ular qanday bo'lishdi?"
Bu usulning mohiyati nimadan iborat?
Hikoyani tuzishga qadar tarbiyachi bolalar bilan birgalikda rejadagi ayrim savollarni muhokama qiladi, ya'ni hikoya mazmunining xilma-xil bo'lishi imkoniyatlarini ko'rsatadi. Rejadagi bir savolga (masalan, „Bola qanday kuchukcha topib oldi?") bir necha bola joyida o'tirgan holda javob berishini taklif etadi. Bolaning joyida o'tirgan holda javob berishi — bu hali hikoya emas, balki bir yoki bir necha gap. Hikoya rejasini jamoa bo'lib muhokama qilish usuli esa bolalarning tashabbuskorligini jonlantiradi, faollashtiradi, bolalarni murakkab jarayon hisoblangan mustaqil hikoya tuzishga o' rgatadi.