Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Didaktik o‘yin: «0‘yinchoqlar ro‘koni»



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə58/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
4. ДАРСЛИК

Didaktik o‘yin: «0‘yinchoqlar ro‘koni»
O‘yin jarayonida bolalarning o‘iilgan o‘quv materialidan nutqda foydalana olishlarini, savollar berishlari va ularga javob qaytarishlari hamda hosil qilinayotgan vaziyatda mustaqil nutqiy yechimlar topa olishlarini aniqlash zarur bo‘ladi.
Bolalar sotuvchining oldiga kelib, o‘z ismini aytishi va o‘yinchoqning rangi va o‘lchamini aytgan holda uni olib berishni so‘rashi kerak. 0‘yinchoqlar bolalarning bilimlari (ularning nomi, o‘lchami va rangi haqidagi) ga mos ravishda tanlanadi: qizil va sariq mashinalar, katta va kichik qo‘g‘irchoqlar, kubiklar, sharlar, har xil rangdagi bayroqchalar va kuzovi yashil, kabinasi esa qora bo‘lgan bitta mashina.
Sotuvchi rolini Sanjar ismli bola ijro etadi. Bolalarga ular do‘kondan xohlagan o‘yinchoqlarini olishlari mumkinligini aytadi. Sotuvchi bilan bolalar o‘rtasida taxminan mana bunday dialog bo‘lib o‘tadi:
Sotuvchi: Assalomu alaykum.
Bola: Assalomu alaykum.
Sotuvchi: Keling, ismingiz va sizga qanday o‘yinchoq kerak?
Bola: Mening ismim Alisher, menga sochi qora rangdagi Zumrad degan o‘yinchoq kerak.
Sotuvchi: Bu qizlar o‘yinchog‘i-ku. Uni qanday o‘ynaysiz?
Bola: Bu o‘yinchoqni singlim Nargizaga sovg‘a qilaman. U ham Zumrad kabi aqlli qiz bo‘lishi uchun.
Sotuvchi: Juda yaxshi o‘ylabsiz. Bu fikringiz menga yoqgani uchun, qo‘g‘irchoqni sizga sovg‘a qilishga moslab, o‘rab beraman.
Bola: Rahmat.
Bolalar navbati bilan kelib, o‘zlariga yoqqan o‘yinchoqlarni so‘raydilar. Anvar kelganida esa barcha mashinalar tarqatib bo‘lingan va faqat yashil kuzov va qora kabina rangli mashina qolgan edi. Alisher va Dilshod o‘rtasida quyidagi suhbat bo‘lib o' tdi:
Alisher: Salom Dilshod.
Dilshod: Assalomu alaykum.
Alisherr: Sen oying bilan o‘yinchoqlar do‘koniga bordingmi?
Dilshod: Men oyimlami o‘yinchoqlar do‘koniga o/ib bordim.
Alisher: Qanaqa o‘yinchoq olding?
Dilshod: Koptok.
O‘yinning tugashi: Bolalar dialogini kuzatib turgan tarbiyachi, ularni boshqa mashg‘ulotga yo‘naltiradi. Dialog davomida Dilshod tomonidan qilingan nutqiy g‘alizliklar inobatga olinadi va kunning ikkinchi qismida Dilshod bilan individual ish olib boriladi.
Bolalarni hikoya qilishga o'rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ulardan asosiylarini aytib o'tamiz:

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin