Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Hikoya namunasini berish usuli



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə59/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126
4. ДАРСЛИК

1. Hikoya namunasini berish usuli. Bunda qandaydir buyumni (predmetni) yoki voqeani jonli va qisqa tasvirlanadi. Bu usul birmuncha yengil usul bo'lib, tarbiyachi bolalarga narsa-buyum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib beradi, bolalar hikoyani tinglab, o'z hikoyalari uchun mazmun tanlaydilar, uning hajmini, izchilligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishga yordam beravchi ta'limiy usul bo'lib hisoblanadi.
Namuna bolalarning taqlid qilishiga mos bo'lishi, ya'ni hajmi kichik, fikrlar izchil bayon qilinishi, jumlalar qisqa va grammatik jihatdan to'g'ri tuzilishi lozim. Masalan, tarbiyachi o'yinchoqni tasvirlashga o'rgatishda o'zi bitta o'yinchoqni olib, u haqda shunday tasviriy hikoya tuzadi:
— Mana bu ayiqcha. U jigarrang, yumshoq baxmaldan yasalgan. Uning bosh qismida ikkita kichkina quloqlari, ikkita qop-qora, dum-dumaloq ko'zlari, tumshug'i bor. Tumshug'ida esa burni bor. Tanasida 4 ta oyog'i bor. Ayiqcha o'yinchog'i bizga o'ynash uchun kerak.
Bolalar namuna hikoyadan yaxshi foydalanishlari uchun uning matni qisqa gaplardan iborat bo'lishi va izchil bayon qilinishi kerak.
Hikoya namunasi boshqa usullarga nisbatan hikoya qilishga o'rgatish jarayonini yengillashtiradi, bolalar erishishi kerak bo'lgan natija ko'rsatib beriladi. Bundan tashqari, namuna bolalarning hikoya qilishlari lozim bo'lgan mavzularning taxminiy mazmunini, ularning hajmini, ketma-ketligini belgilaydi.
Tarbiyachining namuna hikoyasidan bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishning dastlabki bosqichlaridan, shuningdek, yangi vazifa qo'yilganda yoki hikoya qilib bera olmaydigan bolalarga yordam berishda foydalaniladi. Tarbiyachining namuna hikoyasini yomon hikoya qiladigan 1 — 2 bola takrorlashi mumkin.
Namuna hikoya usulidan mashg'ulotning boshida foydalanish kerak. Undan mashg'ulot oxirida foydalanish esa hech qanday ijobiy natija bermaydi, chunki bolalar namuna hikoyaga taqlid qila olmaydilar, o'z nutqlarida undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmaydilar.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin