Mavzu yuzasidan savollar: Hikoya qilishga o’rgatish mashg’ulotlari qanday tashkil qilinadi?
Bolalarni badiiy asarlarni hikoya qilishga o’rgatish nima uchun kerak?
Bolalarni hikoya qilishga o’rgatish borasida sizda qanday takliflar bor?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.F.R.Qodirova R.M.Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2010.
2.D.R.Babayeva. Nutq o’stirish metodikasi. – T.,2019
3.Jo‘raev K va boshqalar. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. –T.:“O‘qituvchi”, 1988.
4.Shodieva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. –T.: “O‘qituvchi”, 1995.
5.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o’zbekcha so’zlashga o’rgatish. T.,1997.
6. Shodieva Q. Nutq o’stirish uslubiyoti. T.: “O‘qituvchi”, 2008.
7. Mo'minova L. R. Maktabgacha yoshdagi bolalami savodga o'rgatish dasturi. -T., 1996.
8. Safarova R. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. -T.: Ma'naviyat, 2003
9.Begmatova N.X., Aripov M. Multimediya texnologiyasidan foydalanish. -T., 2012.
12-§: O‘YINCHOQ VA PREDMETLARGA QARAB HIKOYA QILISHGA O‘RGATISH
REJA: Bola tarbiyasida o ‘yinchoqning ahamiyati.
Turli yosh guruhlarda bolalarni o ‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari.
Bola tarbiyasida milliy o ‘yinchoq va qo ‘g ‘irchoqlaming roli.
O ‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o ‘rgatish usullari.
Tayanch tushunchalar: shartli va natural ko‘rinish, sivilizatsiya, san’at vositalari, qo'lbola o'yinchoqlar, oyinchoq-ovutmachoqlar, chambarak froniton, kolonka, tom, ark, kub, prizma, konus, piramida, slindr, plastinka, texnika o ‘yinchoq, personaj, shaqldoq, buyumli harakat.
1.Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati. O‘yinchoq - bola hayotining dastlabki davrlarican boshlab ularga yo‘ldosh, quvonch manbaidir. O‘yinchoq bolaning o‘ynashi uchun mo‘ljallangan va boshqa maqsadlarda foydalanilmaydigan buyum hisoblanadi. Unda buyumlarning tipik xususiyatlari umumiy tarzda aks etadi.
Pedagog A.S.Makarenko, «O‘yinchoq o‘yinning «material asosi», o‘yinchoq o‘yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o‘ziga xos sherigi sifatida namoyon bo`ladi, uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatadi», deb ta’kidlaydi. Rus pedagoglari o‘yinchoq bolalarga atrofdagi mavjud voqelikni o‘rganishga yordam beradigan, ranglar, buyumlar ko‘lamini ulaming materiallarini farqlash malakasini rivojlantiruvchi vosita deb ta’kidlab, bola dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyatini ko‘rsatib berdilar. Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlarning butun bir tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
O‘yinchoqlar bolalarning nutqiy faolligini uyg‘otadi, lug‘at boyligini oshiradi, ularda tahlil qilish, yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash, tavsiflash, diqqatni jamlash kabi qobiliyatlami rivojlantiradi. O‘yinchoq bolalarda - ma’naviy-axloqiy tuyg‘ularni (mehribonlik, avaylash, e’tiborlilik) shakllantiradi, atrof-muhitga ijobiy munosabatni uyg‘otadi. O‘yinchoqlar tanlashda bolaning yosh va individual xususiyatlari, qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maqsadga qaratilgan bunday yondashuv - o‘yinchoq tanlashga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. Asosan, pedagogik, gigienik, badiiy talab orqali o‘yinchoq tanlanadi.
Pedagogik talab. 0‘yinchoq obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi; jamiyatimiz g‘oyasi nuqtayi nazariga mos kelishi, g‘oyaviy jihatdan qimmatli bo‘lishi pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. O‘yinchoq bolada olijanob tuyg‘ularni uyg‘otishi, boshqa millat bolalari bilan do‘stona munosabatlarni tarbiyalash, voqeylikka nisbatan olijanob tuyg‘ular uyg‘otishi, ijobiy, axloqiy tajriba to‘plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka bo‘lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg‘otishi kerak. Obrazli o‘yinchoq real haqiqatni ifoda etadi,buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi.
O‘yinchoqning dinamiklik xususiyati undan ko‘p marotaba rejali tarzda foydalanish imkonini yaratadi. Bu xususiyatidan kelib chiqib, o‘yinchoqqa quyidagi talablar qo:‘yiladi:
Gigiyenik talablar. O‘yinchoq qanday materialdan va rarlgdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.
Badiiy talablar. Shakl, bo‘yoq va bezaklarning har tomonlama uyg‘unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to‘ldirib, ta’kidlab, o‘yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. O‘yinchoqlaming tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish xususiyatlariga to‘la mos kelmog‘i lozim.
To‘g‘ri tanlangan o‘yinchoq - bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o‘yinchoqlaming butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xususiyatlariga, qurilishiga bo‘lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushunchalari boyib boradi.
O‘yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o‘ynash tuyg‘usini uyg‘otadi va ijobiy his-tuyg‘ulami tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg‘ulami shakllantirishda qo‘g‘irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy qo‘g‘irchoq bolalami boshqa millatga mansub bo‘lgan tengdoshlariga bo‘lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San’atni birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo‘lgan o‘yinchoq estetik hislar va kechinmalami uyg‘otadi, estetik tarbiyani to‘plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o‘rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo‘lgan xalq o‘yinchoqlarining ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim.
2.Turli yosh guruhlarda bolalarni o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari. O‘yinchoq bolalarni turli rang- barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlaming aniqligi va muvofiqlashtirishini rivojlantiradi.
Ilk yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan ko‘p o‘yinchoqlar (shaqildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq.) bolada ko‘rish va eshitish diqqatini rivoj lantiradi, ushlash harakatlan va buyumli harakatlarni o‘stirishga yordam beradi.
O‘yinchoqlarni turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi:
syujetli-obrazli;
texnika o‘yinchoqlari;
qurish-yasash, qurilish materiallari o‘yinchoqlari;
didaktik o‘yinchoq va o‘yinlar;
sport va harakatli o‘yinlar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlar;
yig‘ma-bo‘linma o‘yinchoqlar;
teatr va dekorativ o‘yinchoqlar (soya va qo‘g‘irchoq teatrla- rining personajlari, dramalashtirilgan o‘yinlar uchun kiyimlar, archa o‘yinchoqlari);
o‘yinchoq-ermaklar;
ohang chiqamvchi musiqaviy o‘yinchoqlar;
qo‘lbola o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari, turli-tuman o‘yin jihozlari.
Syujetti-obrazli o‘yinchoqlardan syujetli-rolli o‘yin uchun foydalaniladi. U bolalarda ijobiy xarakter qirralarini, muloyimlik, g‘amxo‘rlik, yordam berishga ehtiyoj, shuningdek, kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o‘ynay olish malakalarini tarbiyalaydi.
Texnika o ‘yinchoqlaribolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo‘lgan qiziqish uyg‘otib, ularni o‘z o‘yinlarida qo‘llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko‘rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o‘yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash o‘yinchoqlari sodda, boshqarish va foydalanish jihatdan qulay va osondir. Bu o‘yinchoqlarni o‘ynash buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim. (avtomobilda g‘ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). Qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlarning asosiy 2 tori mavjud:
a) kublar, prizmalar, konuslar, piramida, slindrlar, plastinkalar, geometrik shakllar to‘plami. b) turl blok - devor, froniton, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektara- qurilish materiallari. Mayda (stol o‘yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada) o‘ynashga mo‘ljallangan bu qurilish materiallarining rangi har xil bo‘lishi mumkin.
Didaktik o‘yinchoqlarningasosini xalq o‘yinchoqlari tashkil qiladi. Ularni o‘ynashda bola o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlanti radi. Ulardagi o‘yin vazifasi naqshlar, rasmlari tanlash va joylashtirishdan iborat.
Harakatli o‘yinlarga mo‘ljallangan o‘yinchoqlar: suv, qum bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, koptoklar, arg‘amchilar, chambaraklar va boshqalar. Ulaming asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
Musiqali va teatrlashtirilgan o ‘yinchoqlar bolalarning musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi. Katta yoshdagi bolalar ertaklarni sahnalashtiradilar.