Turli yosh guruhlarida o'yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o'rgatish. Kichik guruh. Ushbu guruhda o'yinchoqlarni tasvirlash bo'yicha mashg'ulotlar emotsional shaklda, odatdagi oddiy ta'-limiy o'yin ko'rinishida („Ajoyib xaltacha", „Bu kim?", „Sen nimani topding?") olib boriladi.
O'yinchoqlarni tasvirlash bo'yicha mashg'ulotlar ularni ko'rib chiqishdan boshlanadi. Tarbiyachi bolalar diqqatini o'yin-choqlarning tashqi ko'rinishidagi xarakterli xususiyatlarga qaratadi (rangi, shakli, materiali), ularning belgilarini bildiruvchi so'z-larning to'g'ri aytilishini nazorat qiladi. Tasvirlash tarbiyachining savollari yordamida olib boriladi. Kichkintoylarga tugallangan hikoya berilmay, balki alohida jumlalar aytiladi, shuning uchun savollar yordamida uzuq so'zlar, jumlalar, luqma tashlashlar birlashtiriladi. Tarbiyachi bolalarning javoblaridan keyin ularni umumlashtiradi, o'yinchoqlar haqidagi namuna-hikoyani taklif etadi. Masalan, kuchukcha o'yinchog'ini olib (tarbiyachining stoli ustida ikki xil rangdagi kuchukcha, bin katta, oq baxmaldan qilingan, qulog'i pastga tushgan; ikkinchisi, kichkina, qora rangda, quloqlari tik) shunday deydi: „Men hozir bu o'yinchoq kuchukcha haqida gapirib beraman. Sizlar esa diqqat bilan tinglab o'tiringlar, keyin sizlar ham kuchukcha haqida xuddi mendek gapirib berasizlar: Bu o'yinchoq — kuchukcha. U katta, rangi oppoq, baxmaldan yasalgan. Kuchukchaning boshida ikkita uzun quloqlari bor. Uning bitta qulog'i tik, yuqoriga qaragan, ikkinchi qulog'i esa pastga osilib tushgan. Kuchukchaning bo'ynida yashil rangli lentasi bor. Uning uzun dumi, oldingi va orqa oyoqlari ham bor. U „vov-vov" deb vovullaydi. Bu o'yinchoqni biz juda sevib o'ynaymiz, o'zimiz bilan sayrga olib boramiz. O'ynab bo'lgach, uni o'yinchoqlar burchagiga qo'yib qo'yamiz". Bolalar, endi kuchukcha haqida sizlar gapirib berasizlar. Men kimni chaqirsam, shu bola o'yinchoqni olib, uning nomini, rangini, qanday materialdan yasalganligini, uning nimalari borligini aytib beradi. Bolalar shu tariqa sekin-astalik bilan namuna-hikoya asosida tasviriy hikoya tuza boshlaydilar.