Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə64/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126
4. ДАРСЛИК

O'rta guruhda bolalar sekin-astalik bilan mustaqil ravishda o'yinchoqlar bo'yicha tasviriy hikoya tuza boshlaydilar. O'rgatishning eng natijali usullaridan biri bu har doimgi mashg'ulotda namuna-hikoyadan foydalanishdir. Namuna-hikoyani mashg'ulotning qaysi qismida (mashg'ulotning boshida, oxirida) berishni bolalarning hikoya qilib bera olish darajasi belgilaydi. Ushbu guruh bolalari yilning ikkinchi yarmidan boshlab tarbiyachining rejasi asosida hikoya tuza boshlaydilar. Dastlab uncha katta bo'lmagan reja asosidagi ikki-uchta savol o'yinchoqlarning nomini, ularning asosiy sifatlarini va u bilan qilinadigan harakatlarni birlashtiruvchi uncha katta bo'lmagan hikoya tuzishni nazarda tutadi. („O'yinchoqning nomi, rangi, hajmi, u bilan qanday o'ynash mumkinligini gapirib bering".) Sekin-astalik bilan rejani murakkablashtirish, ya'ni savollarni har xil berish mumkin . (Bu o'yinchoq qanday materialdan qilingan? U senga yoqadimi?)
O'yinchoqlar bilan o'tkaziladigan ta'limiy o'yinlardan keng foydalaniladi: „O'yinchoqlar do'koni" , „Pochtachi sovg'a olib keldi". Bunday mashg'ulotlarni emotsional tarzda o'tkazish bog'lanishli nutqqa o'rgatish uchun qulay sharoit yaratadi. Ayniqsa, o'yinchoqlar haqidagi topishmoqlardan foydalanib o'tkaziladigan mashg'ulot juda qiziqarli o'tadi.
Bolalar tasviriy hikoya tuzishga yaxshi o'rganib olganlaridan so'ng, o'yinchoqlar to'plami bo'yicha voqeaband hikoyalar tuzishni taklif etish mumkin. Bu mashg'ulot uchun o'yin-choqlarni shunday tanlash kerakki, oddiy voqea chizig'ini belgilash qiyin bo'lmasin (qizcha, qo'ziqorin, savatcha, archa, tipratikan). Tarbiyachining savollari bolalarga hikoya voqealarini izchil yoritishga yordam beradi. Chunonchi: „O'rmonda qizcha bilan qanday voqea sodir bo'lishi mumkin? Qizcha o'rmonda nimani uchratib qolishi mumkin? Nimani topib olishi mumkin? U o'rmondan savatchasida nima olib keldi?" Hikoya tuzishda tarbiyachining hikoya-namunasidan ham foydalaniladi. Bolalar bu hikoya namunasining aynan o'zini takrorlaydilar, shuning uchun namunani har bir mashg'ulotda berish maqsadga muvofiqdir.
Namuna bolalarni voqeaviy hikoya tuzishga o'rgatib qolmasdan, balki nutqiy qurilmalarni ham berishi kerak. Shuning uchun hikoyaga ko'chirma gapni, tasvirli (obrazli) ifodalarni, uncha katta bo'lmagan tasvirlashlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, tarbiyachining namuna-hikoyasi: „Gavhar ismli qizcha yozda qishloqdagi buvisinikiga dam olgani bordi. Kunlardan bir kuni u savatchasini olib o'rmonga sayr qilgani chiqdi. Qarasa, yo'lning chekkasida tipratikan yugurib ketyapti. Gavhar uni ushlab, savatchasiga solib, uyiga olib ketmoqchi bo'ldi, biroq bu fikridan tez qaytdi. „Mayli, tipratikan o'rmonda yashay qolsin, bu yerda unga juda ham yaxshi" deb o'yladi-da, gullar, qo'ziqorinlar tera boshladi".
O'yinchoqlar to'plami bo'yicha voqeaband hikoya tuzish mashg'uloti ikki qismdan iborat bo'ladi: 1) o'yinchoqlarni ko'rib chiqish; 2) o'yinchoqlar bo'yicha hikoya tuzish. Birinchi qismning maqsadi — bolalarni o'yinchoqlar bilan tanishtirish, har biriga qisqacha ta'rif berish. Bu qism vazifa berish, hikoyaning qisqacha rejasi yoki namuna-hikoya tuzish bilan tugallanadi. (Bu o'yinchoqlar haqida hikoya tuzishga o'rganamiz.)

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin