6.Savollar berish usuli. Bu usul hikoya qilishga o'rgatishda ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Savollar, asosan, hikoya aytib berilgandan keyin aniqlik kiritish va to'ldirish maqsadida beriladi.
7.Aytib turish usuli. Hikoya qilish jarayonida bola qandaydir xatoga yo'l qo'yishi yoki ayrim joyini esdan chiqarganda so'z yoki gapni aytib turishdan foydalanish o'rinli. Bolaning xatosini to'g'rilash yoki hikoyaning esdan chiqargan joyini aytib turish yetarlicha baland ovozda, samimiy bo'lishi kerak. Bola tarbiyachining tuzatishini takrorlashi shart emas, aks holda u o'z hikoyasining davomini yo'qotib qo'yadi. Bolalar hikoya qilib berayotganlarida ular nutqidagi xatolarni e'tiborsiz qoldirish kerak emas — xatoni hikoya jarayonida to'g'rilash mumkin, agar ko'pchilik bolalarda xato uchraydigan bo'lsa, tarbiyachi ular bilan lug'at ustida ishlash yoki grammatik to'g'ri nutqni, nutqning tovush madaniyatini shakllantirish uchun tashkil etiladigan mashg'ulotlarda shug'ul-lanadi.
8. Baholash usuli. Bu usuldan foydalanishning asosiy maqsadi shundaki, baho faqat hikoyasi baholanayotgan bolagagina ta'sir etib qolmasdan, balki hikoya tuzishi lozim bo'lgan boshqa bolalarga ham ta'sir qilsin. Shuning uchun bu usuldan mashg'ulot davomida foydalaniladi. Mashg'ulot oxirida berilgan baho, o'z mohiyati bilan foydasizdir, bund an tashqari, barcha tinglangan hikoya-larning sifati qanday bo'lganligini bola esda saqlashda qiynaladi, mashg'ulotning oxirida ular toqatsizlanadilar va buning natijasida tarbiyachining ko'rsatmalarini idrok eta olmaydilar. Har bir hikoyani batafsil baholash shart emas, biroq ayrim hikoyalardagi biror ahamiyatli tomonni, izchillikni, yangilikni yoki kamchi-liklarni (lug'ati, ovoz kuchi, qomatini noto'g'ri tutish va hokazo) aytib o'tish kerak.
Masalan, ikkita o'yinchoqni stol bo'ylab yurgizib, harakat-larini aniq aytib, hikoya qilib berish topshirig'i berilgan.
Tarbiyachi hikoya qilib bergan bolaning hikoyasini shunday baholaydi: „Yasha, Salim. Sen birinchi bo'lib hikoya qilib bersang-da, o'rdakchalar qanday harakat qilishlarini aytishni esingdan chiqarmading. Sening hikoyangni qiziqib tingladik".
Ba'zan o'rtoqlarining hikoyasini muhokama qilishga bola-larning o'zini ham jalb qilish mumkin. Bu usul katta guruhlarda qo'llaniladi. Chunki 6 yoshli bolalar hikoyaning sifatini (to'liq-ligini, qiziqarliligini, ifodaliligini va boshqalarni) ayta oladilar.
Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan hamma usullarni juda yaxshi bilishi va bu usullardan sharoitga qarab, mashg'ulot uchun yetakchi usulni tanlashi kerak.
Bolalarning eng sevimli va qiziqarli mashg'ulotlaridan biri bu o'yinchoqlarni ko'rib chiqish va tasvirlashdir. O'yinchoqlarga qarab hikoya tuzishning ma'nosi juda keng. U bolalarda axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi, birgalikda hikoya qilish malakalarini rivojlantiradi, xotira, diqqat va irodani mashq qildiradi. Hayotda hosil qilgan tajribalarini, idroklarini mustahkamlaydi; kam gapiradigan bolalarning nutqiy muloqotga kirishib ketishiga ta'sir etadi, ularning hayotlarini sermazmun va quvnoq qiladi; lug'atini faollashtiradi, bog'langan nutqning rivojlanishiga yordam beradi.
Katta guruhlarda taxminan quyidagi o'yinchoqlarni tanlash mumkin (tarbiyachi oldindan o'yinchoqlar to'plami ro'yxatini tuzib qo'yadi):
Sentabr. Qog'ozdan yasalgan to'q sariq, zarg'aldoqrang bayroqcha; matodan yasalgan yashil rangdagi bayroqcha; yog'ochdan yasalgan qo'ziqorin; plastmassadan va metalldan qilingan chelakchalar; har xil kattalikdagi qo'g'irchoqlar to'plami; qayiqchalar (o'yinchoqlar nimadan yasalganligini, nomini, rangini bildiruvchi so'zlarni mustahkamlash uchun),
Noyabr. Soatlar, pochta qutisi, telefon, paroxod, avto-mobillar, samolyotlar (shakl va fazoni bildiruvchi, oldinda, yuqorida, orqada kabi so'zlarni mustahkamlash va tushuntiravchi hikoyalar tuzish uchun).
Yanvar. Juft o'yinchoqlar to'plami: past va baland ikkita piramida; ikki xil avtomobil; mushuk va kuchuk; har xil rangdagi ikkita otcha; ikkita har xil qo'g'irchoq (o'ngda, chapda, yonda, ketma-ket so'zlarini mustahkamlash hamda taqqoslovchi hikoya tuzish uchun).