Katta guruhda o'yinchoqlar bo'yicha bog'langan hikoya tuzishning xilma-xil mashg'ulot turlaridan foydalaniladi, chunonchi: 1) o'yinchoqlarni tasvirlash; 2) o'yinchoqlar to'plami bo'yicha voqeaband hikoya tuzish; 3) bitta o'yinchoq bo'yicha voqeaband hikoya tuzish. Mashg’ulot ikkinchi yarim yillikdan boshlab tashkil etiladi. Mashg’ulot muvaffaqiyatli o’tishi uchun uni jihozlashni va tashkil etishni oldindan o’ylab qo'yish kerak. Guruhda bolalar diqqatini chalg’itmaslik uchun o’yinchoqlarni yashirin holda (qutichada, sandiqchada va hokazo) olib kirgan ma'qul. Dastlab mashg’ulotga 6 — 8 yirik o’yinchoq olib kiriladi. Mashg’ulotni boshlashda tarbiyachi bolalarga o’yinchoqlarni ko'rib chiqqanliklarini, ular har xil rangda va har xil material dan yasalgan bo'lishini bilishlarini eslatib o’tadi. Yana ularga o’yinchoq olib kelganligini ma'lum qiladi. Tarbiyachi bolalarga bugungi mashg’ulotda o’yinchoqlarni ko'zdan kechiribgina qolmasdan, balki ular haqida hikoya tuzishlarini ma'lum qiladi. Bolalarga shunday deydi: „Awal o’yinchoqni diqqat bilan ko'zdan kechirish kerak, so'ngra u nima deb aytilishini, qanday rangda ekanligini, nimadan yasalganini gapirib berish kerak". Tarbiyachi dastlabki mashg’ulotda hikoyaning namunasi yoki rejasini (Bu qanday buyum? Uning qanday qismlari bor? Ular nima uchun kerak? Bu buyumdan qanday foydalanishni tushuntir va ko'rsat) beradi. Ushbu guruhda mustaqillikka va ijodiylikka undovchi mashg’ulotlardan keng foydalaniladi: „o’yinchoqlar bo'yicha topishmoqlar aytish o’ynaymiz". (Stol ustiga echki, it, xo'roz, ot, toshbaqa, mushuk, qo'y o'yin-choqlari qo'yiladi. Ularga oid topishmoqlar oldindan tanlab qo'yiladi: „Boshida tayog’i bor, sakkizta tuyog’i bor", „Emaklagan toshni ko'rdik, toshdan chiqqan boshni ko'rdik", „To’rtdir uning oyog’i, temir mixli tuyog’i, manzilga yetishtirar, toshdan qattiq tuyog’i", „Ketaveradi, ketaveradi, savatday yerni egal-laydi", „Erta turadi, jar chaqiradi", „Kichkina qumg’on, o’tirib ko'zini yumgan". Tarbiyachi bitta o'yinchoq bo'yicha topishmoqni aytadi, bolalar topadilar. So'ngra bolalarning o'ziga topishmoqlar aytish taklif etiladi) „Cevimli o’yinchoqlarimiz haqida gapiramiz". o’yinchoqlarni ta'riflashda bolalar nutqiga katta talablar qo'yiladi. Bolalarga berilgan „Qanday o’yinchoq?" degan savolga o'yinchoqning har bir qismini diqqat bilan ko'rib chiqib uni tasvirlashni (shaklini, uzunligini, rangini, nimadan qilinganligini va hokazolarni) talab etadi. Bolalar uni darrov to'liq tasvirlab bera olmaydilar. Tarbiyachi bolalarga hikoyani to'ldirishni taklif etadi yoki o'zi hikoya namunasini beradi.
Bolalar o'yinchoqlar to'plami ichidan o’zlari istagan o'yinchoqni tanlab, ular bo'yicha qiziqarli hikoyalar o’ylab topishadi, biroq ba'zan mazmundan chetga chiqib ketish hollari ham bo'ladi. Bunday hollarda tarbiyachi o'zining savollari, esga tushirishi, aniqlik kiritishi, to'ldirishi bilan mantiqli, tasvirli hikoya tuzishga yordam beradi.
Katta va maktabga tayyorlov gurahida o'yinchoqlar yordamida inssenirovka ko'rinishidan iborat bo'lgan hikoya tuzishga ham o'rgatib boriladi. Tarbiyachi bunday hikoyaning namunasini beradi. Masalan, qizcha va kuchukcha to'g'risida hikoya: „Bir qizcha yashar edi va uning oppoqqina, yaxshigina kuchukchasi bor edi. Qizcha uni boqar, sayrga olib chiqar edi. U kuchukchasining bo'yniga qizil tasma bog'lab qo'ygan edi. Kunlardan bir kun qizcha maktabga o'qishga ketdi. Uyga kimdir keldi-yu, eshikni ocbiq qoldirdi, kuchukcha esa ko'chaga yugurib chiqdi. Qizcha maktabdan kelsa, kuchukcha yo'q. Qidirib topa olmadi. U ko'chaga yugurib chiqdi. Qarasa, qo'shni uyning darvozasi oldida o'tiribdi. U juda kir bo'lib, titrab yig'lar edi. Qizcha uni ko'tardi-da, uyga olib keldi". Hikoya o'yinchoqlarni harakatlantirish bilan aytiladi.
Bog'lanishli nutqni jonli va ravshan bo'lishi uchun o'yinchoqlar bilan tashkil etiladigan spektakllar katta ahamiyatga ega. Bu spektakllarni katta gurah bolalari kichkintoylarga qo'yib berishadi. Spektakl boshlanishidan awal tarbiyachi gurah bolalari bilan kichkinagina suhbat o'tkazadi, bolalarga o'yinchoqlar uchun „voqealar" o'ylab topishni va uni o'rtoqlariga gapirib berishni taklif etadi. Mavzular hayotiy yoki xayoliy bo'lishi mumkin. Masalan, „Hayvonot bog'ida ayiq hayotida qanday voqea sodir bo'ladi?", „Tulkining tug'ilgan kuni", „O'yinchoqlar do'koni", „Yangi yil kechasi" va boshqalar.