Sahnalashtirilgan o‘yinlar. Sahnalashtirilgan o‘yinlar ijodiy o‘yinlar sirasiga kiradi. Unga ijodiy o‘yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan vaziyatning va boshqa elementlarning uyg‘unligi, bolalaming mustaqillik va o‘z-o‘zini uyushtira olish jihatlari xos. Sahnalashtirilgan o‘yin badiiy asar asosida ko‘riladi: o‘yin syujeti, rollar, qahramonlaming xatti-harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko‘ra belgilanadi.
Sahnalashtirilgan o‘yin bolalaming eshitgan asar yoki ertagidan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini beradi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom, o‘z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so‘zlashga o‘rgatish usullaridan biridir. Ba’zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so‘zlab berishga xohish ham qiziqish ham bo‘lmaydi, ammo unga o‘yin usuli kiritilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o‘sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi.
Bunday o‘yinda bola o‘zini o‘sha asardagi qahramon o‘rnida his etib, uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so‘zlab berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida mavjud bo‘lgan ijobiy sifatlarni egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan o‘yinda badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalar biror ertak yoki hikoya syujeti asosida ma’lum bir rolni bajarishiga, o‘yin jarayonidagi personajlarning aytadigan so‘zlarining yod olinishiga asoslangan boiib, bolalarda iroda, intizom, o‘z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlami tarbiyalashda samarali vosita sanaladi. Sahnalashtirilgan o‘yinlarni tashkil etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
bosqich. Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlash. Badiiy asarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 1) ertak yoki hikoyada qatnashuvchilar soni ko‘p bo‘lishi kerak; 2) asarning nafaqat mazmuni, balki unda harakatlarning ham turfa xil bo‘lish ga e’tibor qaratish lozim; 3) asar ifodali o‘qishga mos bo‘lishi kerak, 4) asar mazmuni qiziqarli va emotsional bo‘lishi zarur; 5) asar bolalarning yoshiga mos kelishi lozim.
bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyanmg mazmunini o‘qib berish.
bosqich. Asami bolalar tomonidan eslab qolinishiga erish , qayta o‘qib berish, har bir bolaning aytadigan gaplari ustida individual ish olib borish, rasmlar namoyish etish.
bosqich.O‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun o‘yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni to‘g‘ri amalga oshirish.