Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonini tashkil etish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə76/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126
4. ДАРСЛИК

1.Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonini tashkil etish. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda, uning xulqida, tevarak-atrofga bo‘lgan munosabatida, ayniqsa, jamoa ishlarida qatnashishida namoyon bo‘ladi. bola o‘z ona tili atrofii o‘rab olgan muhitning ta’sirida o‘rganib olishi mumkin. Ammo o‘qish va yozishni maxsus ta’lim orqali o‘rganadi. Maktabgacha tarbiya davri uchun muhim bo‘lgan o‘sish faoliyatiga bolalar tarbiyachining rahbarligi asosida narsa va buyumlar to‘g‘risidagi bilimlar ularning sifat va xususiyatlarini bilib oladilar. Birgalikda bajariladigan harakatli o‘yinlar orqali bolalar kishilar hayotidagi, ular o‘rtasidagi munosabatlarni, kelishib harakat qilishni bilib oladilar. Shu orqali bolalarda tevarak-atrof haqidagi tasavvurlari kengayib boradi. Demak, bolani tarbiyalashda va uning rivojlanishida faoliyat yetakchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun ta’limtarbiya muassasalarida va oilada bolaning hayotini turli-tuman faoliyatlar bilan shug‘ullana oladigan qilib, tashkil etish muhim sanaladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqgay tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg‘otish, aqliy malaka va ko‘nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak-atrof to‘g‘risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo‘ladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to‘laqonli aqliy rivojlanish ro‘y beradi, shuning uchun o‘qituvchi va tarbiyachilarning asosiy vazifasi — bolaga muayyan maqsadni ko‘zlab tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun kerakli sharoit yaratishdir. Bola har doim buyumlar hamda hodisalar orasida bo‘ladi. Bola doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab ko‘radi, hidlaydi, tortib ko‘radi, nimagadir quloq soladi. Shu tariqa asta-sekin dunyoni bilib boradi. Tevarak-atrofdagi buyumlar, tabiat bolaning sezgi organlari-analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil qiladi. Sezgi bolalarga buyumlarning ayrim xossalarini: sovuq-issiq, gadir-budur, silliq-yaltiroq, xushbo‘y va h.k.ni bilib olishda yordam beradi. Sezgi atrofdagi muhitni bilishning dastlabki bosqichi sanaladi. Bola sezgi tufayligina tevarak-atrofdagi narsalar to‘g‘risida bilim, tajriba to‘plab boradi. Bolada nutq paydo bo‘lishidan ancha oldin (bola bir yoshga to‘la boshlaganda birinchi bor gapira bosh laydi) u tevarak-atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini katta yosh dagi kishilar yordamida bilib oladi. Bolalar nutqini rivojlantirish uchun ma’lum bir tizimdaish olib borish maqsadga muvofiq. Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalardabog’lanishli nutqni o’stirish dasturini takomillashtirish va uni bir butun,yaxlit jarayon sifatida tarbiya tizimiga kiritish hamda mazmunini belgilash zarur.
Bolalarning so’z zahirasi bevosita ko’rgan-kuzatganlari asosida orta boradi degan xulosaga keldik. Masalan, Toshkent shaxri bo’ylab sayohat natijasida bolalarning lug’at boyligiga birdaniga bir necha mavzu bo’yicha so’zlar, birikmalar qo’shiladi. Masalan, Amir Temur maydoni,Amir Temur haykali, Amir Temur – buyuk sarkarda, Toshkent mehmonhonasi,«O’zbekiston» mehmonhonasi, O’zbekiston tarixi muzeyi, San’at saroyi, Milliy teatr, Markaziy univermag, CHorsu bozori, Hayvonot bog’i kabilarshular jumlasidandir. Bular 6-7 yoshli bolalarning kundalik turmushda haliishlatilmasa-da, ularning xotirasi kuchli bo’lgani bois so’z vabirikmalarni yaxshi o’zlashtirib oladilar. Bolalarning bog’lanishlinutqini rivojlantirishda, ayniqsa, lug’at boyligini faollashtirish muhim va zarurdir.
Biz hozirgi davr talabi darajasida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning bir butun tizimi, mazmuni, o’ziga xos xususiyatlarini aniqlab chiqdik hamda eng yangi talablar darajasida uni amalga oshirish metodlari, shakllari va vositalari texnologiyasini ishlab chiqdik.Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan so’zlashishdir. So’zlashish og’zaki nutqning eng oddiy shakli bo’lib, unda bola o’zini tutishi, ko’z qarashi, xatti-harakati, ovozining past-balandligi,tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So’zlashish – dialogik nutq,asosan kattalar yordamida amalga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofnibilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida,ko’pchilik o’rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi.
Bunda bir-birining nutqini to’ldirib borish, tuzatishlar kiritish,so’rash, so’rab bilib olish dialogik nutqqa o’rgatishning usullari sanaladi.Maxsus tayyorlanadigan muloqotlar esa dastur asosida muayyan mavzularbo’yicha uyushtiriladi. Masalan, maxsus tayyorlangan suhbatlar quyidagicha tuziladi: dastlab mavzu belgilanadi, uning maqsadi, vositalari aniqlanadi,savollar tuziladi. Lekin bularning har biri nimaga? nima uchun? nimadan?qanday qilib? kabi izlanuvchi va muammoli savollar tarzida bo’lishi zarur. Shu bilan birga, savollar, umumlashtiruvchi xarakter kasb etishi ham mumkin. Bunda muloqot mashg’uloti suhbat, muqaddima, asosiy qism va xulosadaniborat bo’ladi.
Bunday o’yin-mashg’ulotlar, rolli o’yin-suhbatlar bolalarda, bir tomondan, nutq madaniyatini tarbiyalaydi, ikkinchi tomondan, so’z zahirasini boyitadi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin