3. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish usullari. Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog’lom, tabiiy muhit yaratish, ulaming to‘g’ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo'ladi. Buning uchun bolalar nutqining shaklan va tagti p ap mantiqiy birligiga erishish muhim bo'lib, ular quyidagilardan iboratdir:
- dastlab bola o‘z lug’at boyligiga ega bo‘lishi;
- bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniqshakllantirishga e’tibor berish;
- bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash;
- dialogik nutq, ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish;
- hikoya qilib berish;
- bolalami badiiy adabiyot bilan tanishtirish;
- bolalami savod o‘rgatishga tayyorlash va boshqalar.
Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.
Lekin ularning har birida bolalaming yosh xususiyati, shaxsiy tayyorgarlik darajasi, albatta, hisobga olinadi.
Bolalaming tevarak-atrofni kuzatib bonshi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi; tovushlami to 'g ’ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik tomondan gapni to'g’ri tuza boshlaydilar, lug’at boyligi ham ortadi. Bolalaming o‘:zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalami erkin bayon qila oladilar. Ularda kattalar bilan muloqotga kirishish, o‘z fikrini erkin bayon etish kabi xislatlar paydo bo‘la boshlaydi. Shunga ko‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi so‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, o‘z fikrini grammatik jihatdan to‘g’ri va aniqifodalay olish ko‘nikmalarini paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi.
Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tushunish, his etish, hikoyalar tuzish, o‘z fikrini bayon qila olish, ifodali o‘qish faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi.
Ma’lumki, bog’lanishli nutqda bolalaming atrofdagilar bilan voqea-hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin.
Nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalaming og’zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mavjud bo'lganligini hisobga olib, ularda bog’lanishli nutqni shakllantirishda, awalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, awalo, ona-Vatan haqida dastlabki tasawurlami shakllantirishdan boshlanadi. Bunda «Bolalar bog’chalari uchun dastur»da bolalarda mustaqil 0‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalami kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo'lish, «Mustaqillik kuni» (1991 yil 1 sentyabr), O‘zbekiston ramzlari: gerbi, bayrog’i, madhiyasi bilan tanishtirish, 0 ‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalaming o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; 0 ‘zbekistonning tabiati, yer-osti va usti boyliklari, tog’lari, cho‘l va adirlari, tog’u soylari, o'rmonu-bog’lari, iqlimi; buyuk siymolari, sarkardalari, ulug’ mutafak-kirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalaming ota-onalari, aka-opalarining 0 ‘zbekiston xalqxo jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shulaming barchasi bolalaming tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlami aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog’lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Bunda, birinchi navbatda, bolalar so‘z boyligini kengaytirishda Respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid,, qurilish va qishloqxo'jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalaming o'ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va so‘zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalqog’zaki ijodi namunalarini o‘rganish; ona tilidagi antonim, sinonim, omonim so‘zlami tushunish va to‘g’ri qoilashga doir tushunchalar, so'zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalami narsalaming nomlarini to‘g’ri aytishga, ulaming o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarirti, jinsi va turiga oid yo'naltiruvchi lug’atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutqmadaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar bog’chalarida olib borgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ulaming bog’lanishli nutqi yoshiga ko‘ra orqada qolib, qator kamchiliklar mavjud. Shuning uchun biz ularning nutqini kuzatishda odatdagi hayotiy faoliyatidan chetga chiqmaslikka harakat qildik. Bujarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi:
1. Ona tili boyligidan unumli foydalanish.
2. Nutqni rivoj lantiravehi omillami to‘g’ri belgilash.
3. Nutqni rivojlantirish jarayoni.
4. Nutqni rivoj lantirish da uzviylik va uzluksizlik.
5. Nutqni rivojlantirish mazmuni.
6. Nutqni rivojlantirish shakllari.
7. Nutqda ijtimoiy-maishiy omillaming o‘zaro aloqasi.
8. Sayrlar, o‘yin va mehnat jarayoni - nutqni o‘stirishning muhim vositasi ekanligi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarining katta guruhlarida bolalaming nutqi qay darajada shakllanganliigini aniqlanib, maxsus topshiriqlar ro‘yxatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda olib boriladi.