Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Bolalar nutqini rivojlantirishda tevarak-atrofni bilishning ahamiyati



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə77/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126
4. ДАРСЛИК

2. Bolalar nutqini rivojlantirishda tevarak-atrofni bilishning ahamiyati. Bolalar bilan yoz, kuz, qish, bahor oylarida tarbiyachi sayru sayohatlarda bolalarning javob berishinigina talab qilmasdan, ularni savol berishga ham o’rgatishi zarur. Chunki savollar izchillikni saqlash, mantiqqa rioyaqilish, nutqni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bolalar nutqini rivojlantirishda tevarak-atrof haqidagi bilim birlamchi sanaladi. Chunki, bolalar faqatgina eshitibgina qolmasdan, balki o’sha jarayonni guvohi ham bo’ladilar.
Sayrlarda bolalar bilan birga didaktik o’yinlar o’ynash ularn ifikrlashga, tasavvurlarini kengaytirishga yo’llaydi.
Masalan, «Qaysi fasl qanday o’tadi?» savoliga bolalar:
- Qish sovuq, qor yog’adi.
- Yoz issiq, quyosh charaqlaydi, jazirama bo’ladi.
- Kuz salqin, yomg’ir yog’adi, Qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadilar.
- Bahor iliq, yomg’ir yog’adi, shamol esadi, issiq o’lkalarga ketgan qaldirg’och, bulbul, ko’k qarg’a kabi qushlar qaytib keladilar. Ariq va suv bo’ylarida qurbaqalar qurillaydi.
- Kuzda daraxtlarning barglari sarg’ayadi.
- Bahorda hamma yoq yam-yashil bo’ladi.
- Yozda ariqlarda cho’milamiz kabi javob berishlari mumkin.Yoki shunday savollar ham berish mumkin:
«Qanday mevalar sariq rangda bo’ladi?»
- Olma.
- Limon.
- O’rik.
- Sariq gilos.
«Yovvoyi hayvonlarning nomini ayting».
- Ayiq.
- SHer.
- Bo’ri.
- Tulki.
- Yo’lbars.
Tarbiyachi ikkita o’xshash so’z aytadi. Bolalar uchinchi o’xshash so’zni
topadilar. Uchinchisi nima?
- archa, tol, . . . terak;
- lola, binafsha, . . . chuchmoma;
- chumchuq, qarg’a, . . . kaptar.
Bu o’yinlar bolalarni hayvonlarni bir-biridan ajrata olishga,o’simliklarni farqlashga, tez va aniq so’zlashga o’rgatadi. Sayr-sayohatlardagi suhbatlardan maqsad, bir tomondan, bolalarni tevarak-atrof, o’simlik va hayvonot dunyosi bilan tanishtirish bo’lsa,ikkinchi tomondan, ularda mavsumiy o’zgarishlarning yuz berishi bilanbog’liq nutqini shakllantirish hamdir.Sayohatga tayyorgarlik jarayonida bolalarga mavsumiy kiyinish va aynipaytdagi faslga xos xususiyatlar haqida ma’lumot beriladi.Sayohat davomida tarbiyachi bolalarga dov-daraxtlardagi o’zgarishn ikuzatish vazifasini topshiradi. Buning uchun quyidagicha savollar bilan murojaat qilish mumkin:
- Bahorda va yozda (kuz va qishda) daraxtlarning bargi qanday rangda edi?
- Hozir daraxtlarning bargi qanday tus olibdi?
- O’t-o’lanlarning rangi-chi?
- Daraxtlardagi mevalar qaysi faslda pishadi?
- Kapalaklar bahordagidan, yozdagidan ko’pmi, ozmi?
- Kuz fasli nimasi bilan go’zal?
- Qish fasli-chi?
Bolalar bu savollarga javob berar ekan, olma, xurmo barglarini solishtiradilar. Olma bargi sariq, to’q sariq, qirmizi rangda rangintovlanishi, xurmo barglaridan hali yashillik ketmaganligi, o’t-o’lanlar hambirin-ketin sarg’aya boshlaganligini kuzatadilar va olmalardan keltirgan savatlariga, yelim xaltalarga solib oladilar. Xurmolar hali terib olinmagani, ammo to’q sariq rangda yal-yal tovlanishi, uni birdaniga daraxtdan uzib, yeb bo’lmasligi, 3-4 kun uyda saqlab, yumshay boshlagandan keyingina yeyish mumkinligi, o’shanda meva totli bo’lishi tushuntiriladi. Bu sayrda bolalar yeb ko’rgan, ammo daraxtini, unda mevalarning pishishini ko’rmagan xurmo haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. Bahor kelsa, bog’chalari hovlisiga ham xurmo ko’chati o’tqazishga kelishadilar.
Sayr oxirida bolalar qizil, sariq, qirmizi barglardan terib, gulchambar yasaydilar. Bunday sayrlar bolalarning dunyoqarashini shakllantirishga, lug’at boyligini oshirishga, nutqini boyitishga yordamberadi. Kuz faslida qushlarning uchib ketishi haqida ham maroqli suhbatuyushtirish mumkin. Suhbatdan maqsad – bolalarning kuzda qushlarning(qaldirg’och, chug’urchuq va boshqalar) uchib ketishi, qarg’alarning uchib kelishihaqidagi tasavvurlarini aniqlash va qushlar dunyosini kuzatishgaqiziqtirish bo’ladi.Suhbatga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi quyidagi savollarnibelgilab olishi mumkin:
- Yozda qanday qushlarni ko’rgansiz? Qaysi qushlarning ovozini eshitgansiz?
- Qushlarni tanib, bilib olishda sizga kim yordam bergan?
- Qushlar kuz oxirida nima uchun issiq o’lkalarga uchib ketadi?
- Qishda nima uchun pashsha, chivin, kapalak va qo’ng’izlar ko’rinmayqoladi?
- Hovlingizda musicha va maynalar bormi? Ular nega uchib ketmaydi?Mazkur savollarga javoblar, albatta, tarbiyachi tomonidan to’ldirilib,tuzatib boriladi. Bolalar uchun talay yangiliklar ham ma’lum bo’lib, buyangiliklarni zukkolik bilan o’zlashtirib olganliklari ularning nutqlaridaham namoyon bo’ladi.Ma’lumki, hozirgi davrda deyarli ko’pchilik xonadonlarda to’tilarparvarish qilinadi.SHuning uchun, to’tilar hayoti bilan bog’liq savollar asosidagi suhbat bolalarning qiziqishini yanada oshiradi hamda bog’lanishli nutqni rivojlantirishga yordam beradi. Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, bolalarning tevarak-atrof bilan muloqoti qancha ko’p bo’lsa, ularning bog’lanishli nutqi shunchalik samaralirivojlana boradi. Tevarak-atrofdagi rangin dunyo ular tasavvuri va dunyoqarashini shakllantirishga, so’z zahirasini boyitishga, nutqini o’stirishga rag’bat uyg’otadi.Ayniqsa, qish fasli bilan bog’liq mashg’ulotlar bolalarning qiziqishiga yanada mos tushadi. Masalan, bog’cha hovlisida qor yog’ishini kuzatish jarayonida quyidagi savollar asosida suhbat uyushtirish mumkin:
- Qor uchquni nimaga o’xshaydi?
- Nima uchun qor uchquni kapalakka o’xshatiladi?
- Qor uchqunlari nima uchun har xil bo’ladi?
- Qorda yurganida odam nima uchun sovqotadi-yu, qorbo’ron o’ynaganidaisib ketadi?
- Qor odam qachon erib ketadi?
- U nima uchun erib ketadi?
- Sirpanchiq o’ynash uchun nima qilish kerak?
Savol-javob jarayonida tarbiyachi bolalarni kundalik hayot bilan tanishtira boradi, tabiatdagi o’zgarishlarni kuzatish vositasida bilimini boyitadi, nutqini rivojlantiradi. Savol-javob orqali bolalar qor uchqunlarining har xil shaklda bo’lishi, uning turli tezlikda yog’ishi sabablarini bilib oladilar, havo harorati bilan bog’liq o’zgarishlarni tushunib yetadilar, qish mavsumidagi qiziqarli mehnat jarayoni bilan tanishadilar; qor kurash, supurish, qor bosgan joylarda qushlarga dontashlash uchun joylar tayyorlash kabi ishlarni zavq-shavq bilan, hamkorlikdabajaradilar va tarbiyachi, tengdoshlari bilan faol muloqotda bo’ladilar. So’zlashuv jarayonida ishlatiladigan «qor uchqunlari», «kapalak qor», «lo’ppi-lo’ppi qor uchquni», «qor kurash», «muz yo’lak», «don xo’rak», «qor odam», «muz tepa» kabi so’z va so’z birikmalari dialogik nutqnis hakllantirishga yo’l ochadi.Nutq o’stirishga oid mashg’ulotlar samaradorligini ta’minlashda mavzularning qiziqarliligi alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, «Boychechakning ochilishi» mavzusidagi ertalik o’tkazish fikrimiz dalilidir. Bolalar bog’chasining katta guruhida ertalikka tayyorlanishda bolalar rollarga bo’linib, boychechak haqidagi she’rlar va qo’shiqlar tarqatiladi. Guruh xonasi ertalikkacha qog’ozdan ishlangan boychechak, binafsha, lolakabi gullar bilan bezatiladi.Ertalik «Boychechak» qo’shig’i bilan boshlanadi. Ikki bola «Boychechak»qo’shig’ini galma-gal ijro etadi.Jarchi bola boychechak tergani hammani dalaga chorlaydi. Bolalar «Dala»da boychechaklar - qog’ozdan yasalgan gullarni tera boshlaydilar va qo’shiq kuylaydilar, raqs ijro etadilar. Qo’shiq ijrosi va raqslarda guruhning barcha a’zolari ishtirok etadilar.«Boychechakning ochilishi» bilan bir qatorda «Gullar bayrami» ham bolalar sevib o’tkazadigan ertaliklardandir. Uni o’tkazishdan oldinguruhdagi barcha bolalarga gullar haqida she’r, topishmoq, raqslar bo’libberiladi, bolalar «Gulchi qiz», «Boychechak», «Binafsha», «Lola», «Atirgul», «Rayhon», «Chuchmoma», «Bo’tako’z», «Gulsafsar», «Nomozshomgul», «Gulbeor», «Gulxayri» va boshqa gullar timsolida she’rlar yodlaydilar. Bu xildagi ertaliklar bolalarda ham estetik didni tarbiyalash, hamnutqni rivojlantirish usullari, vositalari sifatida katta yordam beradi.Savol-javoblar asosida suhbatlar o’tkazish orqali bolalarda nutqqaoid muayyan darajada malaka hosil qilgach, hikoya tuzishga o’rgatgan ma’qul.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin