Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Kesma harflar bilan ishlash



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə86/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126
4. ДАРСЛИК

Kesma harflar bilan ishlash. Bolalarga kesma harflardan bo‘g’in tuzdiriladi va o‘qitiladi. Tuzilgan bo‘g’inlardan yoki bo‘g’inli kartochkalardan bir nechta so‘z tuzdirilib, o‘qitiladi, ulardan birining bo‘g’in-tovush tahlili o‘tkaziladi: don, do‘l, do-ri, da-la, O-dil, du-tor.
Mashg’ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
- «D» qanday tovush ekan?
- Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?»
- «D» tovushi qaysi harf bilan yoziladi?
- «D» harfining shakli qanaqa ekan?
- «D» harfining necha xil shakli bor ekan? (bosh va kichik, bosma shakli)
- Bosh D harfi qaysi so‘zlarda yozilar ekan?
- Bo‘g’inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining asosiy yo‘nalishlaridan biri nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlikdan iboratdir –“Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik” quyidagi maxsus vazifalardan iborat: -nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, -lug‘atini boyitish, - mustahkamlash va faollashtirish, - nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish, -og‘zaki nutqni shakllantirish, -ravon nutqni rivojlantirish, -savodga tayyorlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining tayyorlov guruhdagi “ Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik” yo‘nalishining asosiy vazifalari: Bolaning til to‘g‘risidagi tasavvurlari va bilimlarga ega (antonim va sinonimlarni topa oladi ), o‘qish va yozish malakalarini shakllantirishdan iborat. Bola o‘z ona tilining fonetik gramatik tuzilishini biladi, so‘zlardagi birinchi tovushlarni biladi, bo‘g‘inlab o‘qiydi, alifbeni biladi deb belgilangan. Bu vazifalarni bajarish uchun tayyorlov guruhida yildavomida jami 72 tamashg‘ulot o‘tkaziladi. Shulardan 36 tasi bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha, 36 tasi savodga tayyorlash bo‘yicha bo‘ladi. Mashg‘ulotlarning davomiyligi 25 -30 daqiqa.
1 -Savodga o‘rgatishning tayyorgarlik davri vazifalari sentyabr, oktyabr oylarida rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish
2. Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish. Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish
3. Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish:
a/ Gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish;
b/ ma’lum tovushlarni o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida);
v/ so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash;
g/ tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish; d/ tovushlarni eshitishda farqlashga o‘rgatish;
jarangli va jarangsiz undoshlar B-lab portlovchi jarangli undosh tovush. So’zning oxirida, boshida va o’rtasida keladi. B…, …B, Bog’, …b…. , ……. b P-lab portlovchi jarangsiz undosh tovush. P…, …. P, Paxta, …p…, ………p, kelib-kelip,
Tayyorlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayyorlash yo‘nalishining savodga o‘rgatish bo‘limining asosiy davrida (oktyabr- may) quyidagi ishlar olib boriladi: 2 - 1. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish 2. Kesma harflar yordamida tovush-harf tahlil va sintezi bo‘yicha mashqlarni bajarishga o‘rgatib borish; 4. Bo‘g‘in o‘qish; 5. Kesma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘zlarni tuzish va ularni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.



Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin